Lingvistik tahlil metodlari



Download 125,96 Kb.
bet13/61
Sana17.07.2022
Hajmi125,96 Kb.
#812733
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
Bog'liq
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

til sistemasining ikkinchi til sistemasiga salbiy ta’sir etishidir. Ya’ni, bunda asosan ona tili sistemasining o‘rganilayotgan til sistemasiga salbiy ta’siri e’tirof etiladi. Interferentsiya turli nuqtai nazardan o‘rganilishi mumkin: lingvistika, lingvopsixologiya, metodika va tipologiya. Interferentsiyaning tillararo va bir til sistemasidagi turlari farqlanadi. Til sathlariga ko‘ra, fonetika, leksika va grammatikada interferentsiya hodisalari kuzatilishi mumkin (Bo‘ronov, 1973, b. 259).
J.B.Bo‘ronovning ta’kidlashicha, xorijiy til ona tili bilan qiyoslab o‘rgatilganda ona tili sistemasi o‘rganilayotgan til sistemasini o‘zlashtirishda ijobiy va salbiy ta’sir qilishi mumkin: hodisaning ijobiy tomoni “o‘quvchilarning ona-tili sohasidagi bilim va malakalari to‘g‘ri analogiyaga asoslanishi, o‘quvchilar analogiyadan foydalanib so‘z formalari, konstruktsiya va gaplar tuzishlari, talaffuzni o‘rganishda artikulyatsiya holatini qiyoslashlari mumkinligi, ona tilidagi struktural modellar chet tilida ham xuddi shunday modellar yasashga imkon berishi” bilan izohlansa, uning salbiy ta’siri “chet tili o‘qitish jarayonida, shu til sistemasiga ona tili sistemasining salbiy ta’sir etishi” bilan belgilanadi (Bo‘ronov, 1973, b. 259). Ilmiy adabiyotlarda xorijiy til o‘qitish va o‘rganish jarayonida ona tili sistemasining chet tili sistemasiga ijobiy ta’sir etishi transpozitsiya (fasilitatsiya) va salbiy ta’sir etishi interferentsiya deb atalishi qayd etiladi.
J.B. Bo‘ronovning fikricha, metodika ma’lum grammatik kategoriyani o‘qitishda qiyosiy tipologiyaning xulosalaridan foydalanadi. Xususan, qiyoslangan tillarda aniqlangan izomorfik va allomorfik xususiyatlar til o‘qitish metodikasi uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bunda professor J.B. Bo‘ronovning e’tiroficha, ingliz tilida perfekt, aniqlik va noaniqlik kategoriyalari mustaqil kategoriya hisoblansa, turkiy tillarda ushbu kategoriyalarni ifodalovchi maxsus morfologik shakllar mavjud emasligi allomorfik xususiyat bo‘lib, til o‘qitish jarayonida ma’lum qiyinchilikni keltirib chiqarishi mumkin (Bo‘ronov, 1983, b. 156). Endi e’tiborimizni aynan ushbu kategoriyalarni o‘qitishda metodika fanining qiyosiy tipologiya xulosalaridan qay holda foydalanishiga qaratamiz. Tipologik tahlil natijalariga ko‘ra, turkiy tillarda ushbu kategoriyalarni ifodalovchi maxsus morfologik shakllar bo‘lmasa-da, ular boshqa turli xil konstruktsiyalar, strukturalar yoki til vositalari orqali ifodalanishi aniqlangan. Mazkur lingvistik vositalar orqali yuqoridagi kategoriyalar ifodalanishi til o‘qitish jarayonida tushuntiriladi.

  1. Chog‘ishtirma metodning tavsifi va qo‘llanilish tamoyillari.



Qiyosiy-tipologik metod (chog‘ishtirma metod). Ushbu metod genetik va struktural xususiyatlaridan qati nazar tillarni bir-biriga qiyoslashda qo‘llaniladi. Qiyoslanayotgan tillarning soni chegaralangan bo‘ladi. Qiyosiy-tipologik metod tilning barcha sathlarida tipologik tadbir olib boradi. Ya’ni u o‘rganilayotgan til elementi yoki til hodisasini tahlil qilishda sathlararo yondashuvga asoslanadi. Ushbu tahlil metodining asosiy tamoyili uning binarlik xususiyatidir. Ya’ni, genetik va struktural jihatdan ikki turli xil tillar o‘sha genetik va struktural turning vakili sifatida qiyoslanadi. Keyinchalik qiyoslanayotgan tillar soni ortib borishi mumkin.
Metodning qo‘llanish bosqichlari. Dastlab o‘rganilayotgan til elementi yoki hodisasining sathlararo va sinflararo ifodalanish shakllari yoki usullari har bir tilda alohida ko‘rib chiqiladi. Tipologik operatsiyaning ikkinchi bosqichida tillararo ekvivalentlari va sathlararo korrespondentsiyalari aniqlanadi va izomorfik va allomorfik xususiyatlari yoritiladi (Rasulova, Shukurova, 2017, b. 14).
U.Q. Yusupov ta’kidlashicha, chog‘ishtirma tilshunoslik qiyoslash ob’ekti sifatida tilning fonologik, leksik va grammatik birliklarini tanlaydi. Stilistika tilning alohida birligi bo‘lmasa-da, qiyoslash ob’ekti sifatida tadqiqotga tortilishi mumkin, ammo u tilning fonologik, leksik va grammatik birliklarining stilistik bo‘yoqdorligini o‘rganishda qiyoslash ob’ekti bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, stilistik vositalar (troplar) ham alohida ob’ekt sifatida qiyoslanishi mumkin (Yusupov, 2013, b. 9).

Download 125,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish