Tilbelgi – semiotik tizim: tilning tuzilishipog‘onali,unda har bir belgimavjud strukturaning ichki munosabatidir
Tilningasosiybirliklari-fonemavamorfemalar,ularo‘rtasidagiparadigmatikvasintagmatik munosabatlar til birliklarining asosiy tuzilish shakllarihisoblanadi.
Tilbirligitarkibinilingvistiktavsifqilishdalingvistiktadqiqotlarbirinchio‘rindaturadi. Strukturalizmning quyidagi maktablari yuzaga keldi: Pragafunktsionallingvistikamaktabi;
Strukturalizmyo‘nalishiningumumiyxususiyatlarinimalardaniborat? ma’ruza. Tilshunoslikda deskriptiv, bevosita tashkil etuvchilar va transformatsion metodlarning yaratilishi va qo‘llanishi
Deskriptivtilshunosliktiltuzilishiniifodavama’nodantashkiltopganbutunlik,debtushunadiva ifoda tuzilishini tilning bosh komponenti, deb hisoblaydi. Mazmun tuzilishini esa ikkinchi muhim komponent sifatida baholaydi. Lekin mazmuniy tuzilishga munosabat Amerika tilshunosligida bir xil emas. Shuning uchun lingvistik ma’no va uning lingvistik tadqiqotlardagi o‘rni masalasi Amerika tilshunosligining fundamental muammosiga aylandi.
Blumfild tilning ifoda va ma’no tomonini e’tirof etgan va ma’noni konkret vaziyat bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatgan bo‘lsa, Yel maktabini tashkil etgan shogirdlari va izdoshlari (Dj Treyjer, Z.Xarris, B.Blok va boshq.) lingvistik tadqiqotlardan mazmuniy tomonni to‘la chiqarib tashlash talabi bilan chiqdilar.
Deskriptivchilarning ta’kidlashlaricha, segmentatsiya, substitutsiya, distributiv tahlil tilning har qanday aspektini tadqiq etishda qo‘llanilishi mumkin. Bevosita ishtirokchilarga ajratish asosidagi tahlil esa faqat morfologiya va sintaksis doirasida qo‘llaniladi.
Til tuzilishini ifoda va ma’no, ya’ni shakl va mazmun tuzilishi munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida e’tirof etuvchi deskriptivchilar ko‘proq shakliy tuzilish birliklarini o‘rganishga e’tibor qaratadilar.
Mazmuniy tuzilishdan farqli ravishda, shakliy tuzilish bevosita sezgi a’zolarimizga beriladi va uni oson o‘rganish mumkin. Shuning uchun akustik va artikulyatsion fonetikada tovushni o‘rganishda yuqori darajadagi aniqlikka erishildi.
Distributiv tahlilning birinchi bosqichi jumlani eng kichik qismlarga ajratib segmentlash va ularni daftarda simvollar bilan ifodalashdan boshlanadi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasini erkin ravishda quyidagi segmentlarga ajratishimiz mumkin: ki-tob-ni o‘-qi-moq. Tadqiqotchi informantdan (talaffuz qiluvchidan) bu birikmaning talaffuzini takrorlashni iltimos qiladi yoki shu birikma boshqa informant orqali talaffuz qildiriladi.
Ikkinchimarotabatalaffuzqilinganda,jumlatarkibidagitovushlaroldingisidanbirozfarqlanishi mumkin. Masalan, o birida cho‘ziqroq, ikkinchisida qisqaroq talaffuz qilinishi mumkin. Lekin informantlar har ikki holatda talaffuz qilingan tovushlarni bir xil deb qabul qiladi. Chunki o ning cho‘ziq-qisqa talaffuz qilinishi informantlar uchun muhim bo‘lmaydi, ma’no farqlamaydi.
So‘ngra bu jumladan ajratilgan segmentlarni boshqa jumla tarkibiga qo‘yib ko‘ramiz va informant uchun shunday qilish mumkin ekanligini tekshirib ko‘ramiz.
Ana shu asosda har bir tovush u yoki bu segmentning vakili ekanligini aniqlaymiz.
Bir tovushni turli o‘rinlarda qo‘llab, ularning qurshovi belgilanadi. Elementning qurshovi yuqoridagi yo‘l bilan aniqlangan elementlar qo‘shnichiligidir.
Jumlalarni segmentlash natijasida yuzlab ko‘rinishlarda talaffuz qilinuvchi fonlar ajratiladi. Bu segmentlarning nisbatan cheklangan miqdordagi sinflarga birlashtirilishi natijasida fonemalar aniqlanadi. Segmentlarni ana shunday guruhlarga - sinflarga birlashtirishda elementlar distributsiyasi (joylashish tartibi) xizmat qiladi.
Elementlar distrbutsiyasi atamasi ostida shu elementlarning barcha qurshovlari yig‘indisi tushuniladi.
Distributiv lingvistikada ikki tovush o‘rtasidagi uch xil munosabat ajratiladi. Bunday munosabat tiplari distributsiya modellari deyiladi. Demak, distributsiya modellarining quyidagi turlari belgilanadi:
kontrastdistributsiya;
qo‘shimchadistributsiya;
v)erkinalmashinish distributsiyasi;
Ikki element bir xil pozitsiyada (qurshovda) biri o‘rnida ikkinchisi kelib, ma’noni farqlash vazifasini bajarsa, bu elementlar kontrast distributsiya munosabatida bo‘lgan hisoblanadi. Masalan, tom, nom, jom so‘zlarining birinchi segmentlari t,n,j bir xil pozitsiyada kelib, ma’no farqlash vazifasini bajarib, o‘zaro kontrast distributsiya munosabatidadir.