korpus lingvistikasi esa kompyuter qurilmalaridan faqatgina vosita sifatida foydalanadi, bunda matnlarni yig‘ish va saralash amaliyotlarini bevosita ular yordamida amalga oshiradi.
Har qanday yuksalayotgan fan o‘z amaliyotida kompyuterlar taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanadi, lekin ushbu fanlar (korpus lingvistikasi, kompyuter lingvistikasi, kompyuter matematikasi, kompyuter fizikasi) kompyutershunoslikning bir qismi sifatida qabul qilinishi joiz emas. Mazkur fanlar tahlil ob’ektini tadqiq etishda kompyuterdan vosita sifatida foydalanadi, xolos.
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, korpus lingvistikasi kompyuter lingvistikasining alohida bir qismi yoki bo‘limi emas. Ular yo‘nalish hamda tadqiqot ob’ekti, maqsad va muammolari turlicha bo‘lgan mustaqil fanlardir.
2. Korpus lingvistikasining ob’ekt va predmeti.
Korpus lingvistikasi kompyuter texnologiyalari ѐrdamida lingvistik korpus (matnli korpus)ning qurilishi va undan foydalanishning umumiy tamoyillarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Lingvistik korpus ѐki matnli korpus ostida o‘ziga xos til muammolarini hal qilish uchun yaratilgan katta hajmdagi mashinada o‘qiladigan, birlashtirilgan, ѐrliqlangan, formatlangan filologik jihatdan barkamol til ma’lumotlari to‘plami tushuniladi.
Korpus tilshunosligi atamasi birinchi marta 1977 yilda ishlatilgan, bu esa korpus tilshunosligini juda ѐsh ilmiy yo‘nalish deb atashga imkon beradi. Ammo shu qisqa vaqt ichida korpus tilshunosligi hisoblash tilshunosligining ѐndashuvlaridan biri sifatida zamonaviy tilshunoslikning etakchi yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Rossiyada bu atama ingliz tilining halqaro korpusi asoschilaridan biri Sidney Grinbaumning ma’ruzalari tufayli faqat 1996 yilga kelib ma’lum bo‘ldi.
asrning 60 yillarida paydo bo‘lgan korpus tilshunosligi, nutq amaliѐti uchun yangi metodologik asosni, tadqiqotning ustuvor yo‘nalishlarini yaratdi. Korpus lingvistikasi metalingvistik vosita sifatida til metodologiyasini qurish, undan foydalanish va nutq naqshlarining lingvistik talqini – kompyuter vositalari ѐrdamida “eski” va “yangi” til muammolarini hal qilishda imkon yaratadi [2].
Jahon tilshunosligida kompyuter va korpus lingvistikasi muammolarini o‘rganish XX asrning 40 yillarida boshlanib, bu sohada dastlabki ilmiy farazlar aytildi. Xususan, o‘tgan asrning 60 yillarida mazkur jaraѐn jadallashdi, XXI asr boshlarida o‘zida millionlab so‘zlarni aks ettiruvchi yuzlab til korpuslari paydo bo‘ldi. Korpus tilshunosligi zamonaviy amaliy tilshunoslikning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Korpus tilshunosligi zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda lingvistik ma’lumotlar korpuslari (matn korpuslari) qurishning umumiy tamoyillarini belgilaydi, ѐzma va og‘zaki matnlarning haqiqiy lingvistik hodisalarini tiplash metodologiyasini, shuningdek, ularni saqlash va tahlil qilish usullarini ishlab chiqadi. Matnli korpuslar bilan ishlash tadqiqotchini sub’ektivligidan ma’lum darajada mavhumlashtirishga va tilni ob’ektiv o‘rganishga imkon beradi [13].
Bugungi kunda korpus tilshunosligi ko‘pincha tilshunoslikda kompyuter va elektron korpusdan foydalangan holda “real haѐtda” tildan foydalanishni o‘rganishga nisbatan yangi ѐndashuv sifatida tushuniladi. Korpus tilshunosligi mustaqil intizom pozitsiyasini da’vo qilish uchun
kamida ikkita xususiyatga ega:
ishlatilgan og‘zaki materialning tabiati;
Do'stlaringiz bilan baham: |