Limfa va uning harakati.
Reja:
Limfa va uning harakati.
Limfa sistemasi
Limfatik tizim nima
Limfa sistemasi (lotincha: systema lymphaticum)- odam va umurtqali hayvonlarda toʻqima va aʼzolardan limfa olib ketib, venoz sistemasiga quyadigan kapillyarlar va boshqa tomirlar, tuzilmalar. Odamning limfa sistemasi — limfa kapillyarlari turi, limfa tomirlari chitali, limfa tugunlari hamda ikkita limfa yoʻlidan tashkil topgan. Limfa sistemasi toʻqimalararo suyuqlikning ortiqchasini chiqarish va uni venoz oqimga qayta oʻtkizishda, toʻqimalardan kapillyar qon tomirlarga soʻrilmagan oqsil moddalar, kolloid eritmalarning oʻzlashtirilishida qatnashadi. Limfa sistemasi yuraktomir sistemasiga kiradi. Limfa kapillyarlari bosh qismi berk sirtmoq va boʻrtmalar hosil qiluvchi turli shakldagi naychalardan iborat. Ular bosh va orqa miya, taloq, togʻay, koʻz oqi hamda gavhari va platsentadan tashqari barcha aʼzolarda mavjud. Limfa kapillyarlarining diametri qon tomir kapillyarlarnikidan bir necha marta ortiq. Ular devori yuqori oʻtkazuvchanlikka ega. Limfa kapillyarlari toʻridan limfa tomirlari shakllanib, ularda limfa oqimini yoʻnaltirib turadigan klapanlar (qopqoqchalar) boʻladi. Limfa tomirlari qovuzloqli chigallar hosil qiladi. Bu chigallardan aʼzolar ichidagi limfa tomirlari shakllanib, ular aʼzodan chiqadigan limfa tomirlariga aylanadi. Har bir ichki aʼzoda yuza va chuqur joy-lashgan limfa tomirlari farq qilinadi. Odam tanasida ham teridan, teri osti yog qatlami va fassiyalardan boshlanuvchi yuza limfa kapillyarlari bor. Chuqur limfa tomirlari suyak, suyak ust pardasi, boʻgʻimlar, muskullar, nervlar va qon tomirlardan kapillyarlar bilan boshlanadi. Limfa tomirlari tegishli joylarda yoʻgʻonlashib, limfa tugunlarini hosil qiladi.
Toʻqima suyuqligining bosimi, limfatik yigilishi hamda gavda muskullarining qis-qarishi tufayli limfa sistemasi boʻylab harakatlanadi. Aʼzodan tashqaridagi limfa tomirlari yaqinda joylashgan limfa tugunlariga quyiladi.Bosh va bo’yin soxalariga aorta ravog’ining qabariq yuzasidan boshlanuvchi yirik tarmoqlar: chelka-bosh stvoli, chap tomondagi umumiy uyqu arteriyasi va chap tomondagi o’mrov osti arteriyasidan arteriya qoni keladi. Elka-bosh stvoli kalta tomir bo’lib (uzunligi 3-4 sm), aortadan chiqqach yuqoriga, o’ngga va orqaga qarab yo’naladi. O’ng to’sh-o’mrov bo’g’imining ro’parasida elka-bosh stvoli o’ng tomondagi umumiy uyqu arteriyasi va o’ng tomondagi o’mrov osti arteriyasiga bo’linadi.
Chap tomondagi umumiy uyqu arteriyasi aorta ravokidai mustakil boshlanadi. Umumiy uyqu arteriyalari yuqoriga ko’tarilib, traxeya va qizilo’ngachdan yon tomonda yotadi. Bu erda umumiy uyqu arteriyalari bo’yindagi Tomir-nerv tutamining tarkibiga kiradi. Bu tutam umumiy uyqu arteriyasi, ichki bo’yinturuq venasini hosil qiladi. Qalqonsimon og’ayning yuqori chekkasi ro’parasida umumiy-uyqu arteriyalari tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo’linadi.Tashqi uyqu arteriyasi umumiy uyqu arteriyasining yo’nalishini davom ettirib, yuqoriga ko’tariladi, qo’loq oldi so’lak bezidan o’tadi. Tashqi uyqu arteriyasi qalqonsimon bez, qo’loq oldi, jag’ va til ostidagi bezlari, til, xalqum, yuz bilan ensa terisi va muskullarini hamda bo’yin muskullarini qon bilan ta’minlaydi. Tashqi uyqu arteriyasining asosiy tarmoqlari: qalqonsimon bezning yuqori arteriyasi, til arteriyasi, yuz arteriyasi, ensa arteriyasi, xalqumning ko’tariluvchi arteriyasi, jag’ arteriyasi, chakkaning yuza arteriyasi va shu kabilar. Ichki uyqu arteriyasi yuqoriga ko’tariladi va chakka suyagining uyqu kanali orqali bo’shlig’iga kiradi. Bosh miyani, orqa va ko’z soqqasini qon bilan ta’minlaydi. Chap tomondagi o’mrov osti arteriyasi aorta ravog’idan mustaqil boshlanadi. Ikkala o’mrov osti arteriyasi qabariq tomoni yuqoriga qaragan ravoq hosil qiladi, bu ravoq plevra gumbazini aylanib o’tadi. So’ngra narvon muskullari orasidagi kamgaklardan o’tib, shu kamgaklar doirasida 1-qovurg’aning yuqori yuzasidagi shu nomli ettida yotadi. So’ngra o’mrov osti arteriyalari qo’ltiq chuqurchasida davom etib, qo’ltiq arteriyalariga aylanadi. Umrov osti arteriyalarining tarmoqlari: a) umurtqa pog’onasining arteriyasi; b) qalqonsimon bo’yin stvoli, 4-shoxli qalqonsimon bez, xiqildoq, bo’yin va ko’krak muskudlarini qon bilan ta’minlaydi; v) ko’krakning ichki arteriyasi ko’krak muskullarini, sut bezini, ayrisimon bez, diafragmani va kindikni qon bilan ta’minlaydi.
O’mrov osti arteriyasinini davomi bo’lgan qo’ltiq arteriyasidan chiqadigan tarmoqlar elka kanalining muskullarini va terisini, ko’krakning katta va kichik muskullarini, oldingi tishli muskulni va orqaning eng serbar muskulini qon bilan ta’minlaydi. Qo’ltiq arteriyasining eng yirik tarmog’i kurak osti arteriyasidir. Bu arteriyaning tarmoqlaridan biri umrov osti arteriyasidan bog’lanuvchi kurak usti arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. Elka arteriyasining yirik tarmog’i-elkaning chuqur arteriyasi, elka muskullarining orqadagi gruppasini va elka terisini qon bilan ta’minlaydi. Elka arteriyasi tirsak chuqurchasida bilak arteriyasi va tirsak arteriyasiga bo’linadi. Bu arteriyalarning muskul va teri-muskul tarmoqlari sohasini qon bilan ta’minlaydi. Bilak va tirsak arteriyalari qo’l panjasiga o’tadi: har bir arteriyasidan chuqur va yuza tarmoqlar chiqadi, bu tarmoqlar bir-biri bilan anastomoz hosil qiladi.
Aortaning tushuvchi qismi 4-ko’krak umurtqasi tanasining ro’parasidan boshlanib, 4-bel umurtqasining ro’parasida tugaydi. Ko’krak va qorin bo’shliqlaridan o’tadi va ko’xrak ; aortasi bilan qorin aortasiga ajratiladi. Ko’krak aortasining tarmoqlari ko’krak bo’shlig’ining devorlari va organlarini qon bilan ta’minlaydi. Boshlang’ich bo’limi qizilo’ngachdan chapda va orqada, pastki bo’limi qizilo’ngachdan o’ngda va orqada bo’ladi. Uning parietad tarmoqlar ko’krak bo’shlig’ining devorlarini qon bilan ta’minlaydi. Vistseral tarmoqlar ko’krak bo’shlig’ida joylashgan organlarga qon etkazib beradi. Ko’krak aortasining parietal tarmoqlariga 10 juft qovurg’a aro arteriyalar kiradi. Qorin aortasi bel umurtqalarining tanalaridan oldinda, o’rta chiziqdan chap tomonda yotadi. 4-bel umurtqasining ro’parasida qorin aortasi umumiy yonbosh arteriyalari dumg’aza-yonbosh; bo’g’imining ruparasida tashqi yonbosh arteriyasi bilan ichki yonbosh arteriyasiga bo’linadi.
Tashqi yonbosh arteriyasi tomirlar sonning oldingi yuzasiga o’tib, son, arteriyasiga aylanadi. Ichki yonbosh arteriyasi kichik chanoq bo’shlig’iga kiradi. Qorin bo’shlig’ining devorlarini qorin aortasining parietal tarmoqlari (diafragma arteriyalar, to’rt juft bel arteriyalari, Qorin ustining yuqori arteriyasi), o’mrov osti arteriyasi sistemasidan ko’krakning ichki arteriyasi, tashqi va ichki yonbosh arteriyalarining parietal tarmoqlari qon bilan ta’minlaydi. Qorin aortasining vistseral varaqlaridan va ichki yonbosh arteriyasidan qon oladi. Qorin aortasining vistseral tarmoqlari juft toq tarmoqlarga bo’linadi.
Qorin aortasining juft tarmoqlariga buyrak usti va buyrak arteriyalariga bo’linadi. Qorin aortasining toq tarmoqlariga qorin stvoli 12-ko’krak umurtqasi ro’parasida uch tarmoqqa bo’linadi: a) me’daning chap arteriyasi; b) taloq arteriyasi; v) jigarning umumiy arteriyasiga bo’linadi qorin stvoli jigar, o’t pufagi, taloq, me’da osti bezi va me’dani qon bila ta’minlaydi. Ichak tutqichning yuqori va pastki arteriyalari mavjud. Son arteriyasining eng yirik tarmog’i sonning chuqur arteriyasidir. By arteri son muskullari va terisiga (sonni o’rab turuvchi o’ng va chap arteriyalar teshib o’tuvchi uchta arteriyasi tarmoqlari) qon etkazib beradi. Son arteriyasi, son-taqim kanalidan chiqib, taqim arteriyasiga aylanadi, arteriya taqim bo’g’imiga tarmoq beradi va boldir-taqim kanalidan o’tib katta boldirning oldingi va orqa arteriyalariga bo’linadi.
Qo’l venalariga: tirsakni o’rta venasi qo’ltiq venasi, umrov osti venasi ko’krak bo’shlig’i venalari kiradi. Pastki kavak vena eng yo’g’on vena bo’lib chap umumiy yonbosh venalari, diafragma, buyrak, jigar venalari quyiladi. Oyoq venalarga: son, umumiy yonbosh venalari kiradi. Darvoza vena sistemasiga; jigar arteriyasi bilan jigarga kiradi. Taloq venasi ichak tutqich ustki va pastki venalar qonni yig’adi.
Limfa sistemasi.
Tomirlar sistemasining bir qismi bo’lib, vena tomirlari sistemasining qo’shimchasi hisoblanadi. Limfa sistemasida limfa organ to’qimalardan vena sistemasiga oqib ketadi. Limfa sut rangli suyuqlik bo’lib, plazma va har xil hujayra elementlaridan iborat.
Limfaning hujayra elementlari limfotsitlar, monotsitlar va bir ozgina donali leykotsitlardan iborat. Limfa sistemasining organlarida qonning limfoid elementlari hosil bo’ladi va barer funktsiyasini o’taydi, ya’ni organizmga kirib qolgan yot jism va bakteriyalarni zararsizlantiradi. Rak o’smalari limfa yo’llari orqali tarqaladi (metastaz beradi). Limfa sistemasm limfa kapillyarlari, organ ichidagi va organ sirtidagi olib ketuvchi limfa tomirlari, limfa tugunlari va ikkita asssiy limfa stvoli: o’ng va chap ko’krak limfa yo’llaridan iborat.
Ko’krak limfa yo’li gavdaning uch choragidan: ikkala oyoqdan, qorin bo’shlig’idan, ko’krak bo’shlikining chap yarmidan, bo’yin bilan boshning chap yarmidan va chap ko’ldan limfa yig’adi. Ko’krak limfa yo’li qorin bo’shlig’ining orqadagi devori sohasida II-ko’krak umurtqasi bilan 2-bel umurtqasining ro’parasida joylashgan. Uchta limfa stvoli:.ikkala oyoqdan limfa to’plovchi o’ng va chap bel stvoli, hamda qorin bo’shlig’ining organlaridan limfa yig’uvchi ichak stvolining qo’shilishidan vujudga keladi. O’ng va chap bel stvoli ichak stvoli qo’shiladigan, joyda tsisternadan boshlanib, yuqoriga ko’tariladi va diafragmaning aorta teshigi orqali ko’krak bo’shlig’iga kiradi. Ko’krak limfa yo’li aorta ravog’iga etgach chapga burilib, chap venoz burchakka quyiladi. Ko’krak limfa yo’lining quyiladigan joyiga chap bronxomediastinal limfa stvoli (ko’krak bo’shlig’ining chap yarmidan limfa yig’adi) chap umrov osti stvoli (chap qo’ldan limfa yig’adi) va bo’yinturuq limfa stvoli (bosh bilan bo’yinning chap yarmidan limfa yig’adi) kelib qo’shiladi. O’ng limfa yo’li bosh bilan bo’yinning o’ng yarmidan, o’ng qo’ldan va ko’krakdan (ung yarmidan limfa suyuqligini) yig’adi. Bu yo’l o’ng bo’yinturuk limfa stvoli o’ng o’mrov osti limfa stvoli, o’ng brokxomediastinal limfa qo’shilishidan vujudga keladi.
Tarkib
Tanadagi limfa tizimi to'qimalarni va hujayralarni begona vositalardan (begona jismlardan) tozalash va toksik moddalardan himoya qilish funktsiyalarini bajaradi. U qon aylanish tizimining bir qismidir, lekin undan tuzilishi bilan farq qiladi va o'z tomirlari va organlari tarmog'iga ega bo'lgan mustaqil strukturaviy va funktsional birlik sifatida qaraladi. Limfa tizimining asosiy xususiyati uning ochiq tuzilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |