4-mavzu
«AREAL LINGVISTIKA»NING METODOLOGIK VA METODIK
USULLARI XUSUSIDA
Reja:
Ushbu sohada sinxron yondashuv.
Lingvistik geografiya usuli bilan shevalarni o`rganish.
Qiyosiy va matematik statistika usuli bilan o`rganish.
Sohaga oid individual usullar.
Tayanch tushunchalar: a) sheva, lahja va tillarning hududiy tarqalishini, ekspeditsiya tashkil etish yo`llari va usuli; b) hududiy yaqin tillardagi o’zaro ta’sir doirasi mavjud o’tish zonalari, ya’ni vibratsion zonalarning hosil bo’lishi va lingvistik noto’g‘rilikning kelib chiqish sabablarini lingvistik jihatlardan tahlil qilish usuli; s) tarixiy, tasviriy, qiyosiy tadqiqotlar olib borish natijasida to’plangan ilmiy materiallarni hujjatlashtirish va xaritalashtirish metodikasini amalga oshirish usuli.
Ushbu sohada sinxron yondashuv. Areal lingvistika o’zbek shevalarini sinxron o’rganishga mo’ljallangan alohida sohadir. Chunki lingvistik atlaslar sinxron holatda to’g‘ri va aniq tuziladi. Bugungi kunning o’rganilayotgan shevalari haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Albatta, unda tarixiy yondashuv holati ham uchraydi.
Lingvistik geografiya usuli bilan shevalarni o’rganish. Lingvistik geografiya usuli uning ayni vaqtdagi mohiyatini anglatadi. Ushbu holat areal lingvistik tadqiq qilish taraqqiyotiga mosdir. Lingvistik geografiya usulida shevalar sinxron tarzda o’rganiladi. Ammo ajratilgan maxsus shevaviy hududni alohida o’rganish lozim bo’ladi. Chunki u sheva yoki lahjaning xususiyatlarining yoritilishiga ko’ra, yozilishiga ko’ra farq qilinishi o’rinli bo’ladi. Lingvistik geografiya usuli terminini o’zbek olimlaridan birinchi bo’lib f.f.n., dosent Y.G‘ulomov areallingvistika terminiga nisbatan ilgari surgan.
Qiyosiy va matematik statistika usuli bilan o’rganish. Qiyosiy va matematik statistika usullari sheva materiallarini boshqa shevalarga qiyoslab o’rganishda qo’llanadi. Agar Nigora Murodova o’zbek shevalarining ma’lum bir lingvistik geografiyaga xos xususiyatlarini o’rgangan bo’lsa, uning shogirdlari Navoiy viloyati o’zbek shevalarini hududiy guruhlarga bo’lib tadqiq etishmoqda.
Qiyosiy va matematik statistika usullari bilan o’zbek dialektologiyasi sohasida Fattoh Abdullaev, Xudoyberdi Doniyorov, Masharip Safarov singari olimlar tadqiqotlar olib borishgan.
F.f.n., dosent Kenja Usmonovning o’zbek shevalarida fe’l shakllarining berilishi va qo’llanishi mavzusidagi tadqiqotida ham shevalarning tuslovchi elementlarini qayd etib, ularning qo’llanishdagi miqdoriy holatni ma’lum bir miqdor bilan ko’rsatgan.
Qiyosiy va matematik statistika usullarida tadqiqotlar olib borganda yig‘ilgan dialektal matnlar boshqa shevalarning shunday materiallari bilan qiyoslanaib o’rganiladi. Shu bilan birga shevada qancha dialektalizm uchragan bo’lsa, shu miqdor keyingi shevadagi dialektizmlar miqdori bilan o’zaro qiyoslanadi.
Areal lingvistikaga oid tadqiq etishning individual usullari:
Ajratish (ajratib qo’yish orqali o’rganish). 2. Qiyoslash usuli (1-sheva 2-sheva materiallari bilan qiyoslanib o’rganiladi va ma’lum bir xulosalarga kelinadi). 3.Farqlash usuli 1-sheva materiallari 2-sheva materiallan bilan qiyoslanib va farqlanib boriladi. 4. Izohlash usuli sheva materiallari matndan ajratib olinib. Ular sheva vakillari bilan birga izohlab boriladi. Masalan, shevalardagi u unlisiga to’xtaladigan bo’lsak, avval uning ul, ular shakllari borligiga ishora qilinadi.
Sohaga oid individual usullar (sheva vakillari nutqidan dialektal matnlarni yozib olish usuli; axborotchilarni aniqlash usuli; axborotchilar bilan ishlash usuli; shevaga oid mavzular doirasida savol-javob usuli; dialektal matnlardan dialektal so’zlarni aniqlab, yozib olish usuli; to’plangan materiallarni transkripsiyada berish usuli; dialektal matn va dialektal so’zlardan lug‘at maqolalar tayyorlash usuli).
Sheva, lahja va tillarning hududiy tarqalishini ekspeditsiya tashkil etish yo’li bilan o’rganish.
Hududiy yaqin tillardagi o’zaro ta’sir doirasi mavjud o’tish zonalari, ya’ni vibratsion zonalarning hosil bo’lishi va lingvistik noto’g‘rilikning kelib chiqish sabablarini lingvistik jihatlardan tahlil qilish.
Tarixiy, tasviriy, qiyosiy tadqiqotlar olib borish natijasida to’plangan ilmiy materiallarni hujjatlashtirish va xaritalashtirish metodikasi.
Areal tilshunoslikda sheva, lahja va tilning hududiy tarqalishi. Izogloss (dialektologik xaritada ma’lum bir tilda so’zlashuvchi hududlar chegarasi), uning tarqalishi va tasnifi. Tilning paydo bo’lishi, uning hududiy tarqalishi, unga sabab bo’lgan iqtisodiy, siyosiy, etnografik va madaniy omillar. Hududiy yaqin bo’lgan tillar, sheva va dialektlarning o’zaro munosabati va ularning ta’siri tavsifi.
«Areal lingvistika» fanining nazariy va metodologik muammolarining xalq tarixi, til tarixi, xalq og‘zaki ijodiyoti, joy nomlari, antroponimlar, etnografiya va nomshunoslik sohalari masalalari bilan kesishuvi; matbuotda orfografiya, atamashunoslik masalalarining yuritilishi.
v_>
Do'stlaringiz bilan baham: |