Monnopoliyaning o`lik yuki yoki jamiyatning sof yo`qotishi - monopolist bo`lmagandagi mahsulot ishlab chiqarish hajmidan monopolist ishlab chiqargan mahsulotni ayirmasiga teng.
Monopoliya - bu shunday bozorki, unda faqat bitta mahsulot ishlab chiqaruvchi firma faoliyat olib boradi va mahsulot ishlab chiqarishni, sotishni to`liq nazorat qiladi.
Muvozanat narx - talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx. Muvozanat narxga to`g`ri keladigan tovar miqdoriga muvozanat mahsulot miqdori deyiladi.
Mukammal raqobatlashgan bozor- agar bozor quyidagi xususiyatlarga ega bo`lsa: bozor sub`еktlar tovar narxiga tasir qila olmaydi; firmalarni bozorga kirish va chiqishi erkinligi; sotuvchilar birgalikda xarakat qilmaydi; bozor tugrisidagi barcha axborotlar bilan bozor sub`еktlari tanish.
Narx - bir birlik tovarni sotib olish uchun to`lanadigan pul miqdori. Narx diskrеminatsiyasi (price discremination) - bunda firma
bir xil tovarni xar xil narxda sotib olish imkoniyati xar xil bo`lgan xaridorlarga sotadi.
Naflik - iqtisodiy nе`matlarni, shaxs ehtiyojini qondirish darajasi. Nе`mat inson ehtiyojini qancha to`laroq qondirsa, uning nafligi shuncha yuqori bo`ladi.