17.7-rasm. O`rnini bosish samarasi va daromad samarasi, 0t0,
0t1, 0t2 lar bo`sh vaqt, t0N, t1N va t1N lar ish vaqti
Agar biz M1 N budjet chizig`iga parallel bo`lgan va U1 befarqlik
chizig`i bilan kesishadigan AB byudjet chizig`ini o`tkazsak, daromad va o`rnini bosish samarasini aniqlashimiz mumkin.
296
O`rnini bosish samarasi bo`sh vaqtni qisqarishi va ish vaqtining ortishi natijasida daromadning o`sishi bilan ifodalanadi, ya′ni, ma`lum
miqdordagi bo`sh vaqt ish vaqti bilan almashtiriladi. 17.7-rasmda bu t2
dan t0 ga
|
siljishini ifodalaydi, ya′ni, ish vaqti T1 24 t2 dan
|
T2 24 t0
|
gacha oshadi. Lekin, daromadning ortishi bilan birga dam
|
olishning - shaxsning ma`naviy o`sishi uchun kerak bo`ladigan bo`sh vaqtning ham qimmati oshadi. Daromad samarasi (bo`sh vaqtning ortishi)
teskari yo`nalishda bo`lib, u t0 t1 oraliq bilan ifodalanadi t0 t1 .
Natijaviy o`zgarish t1t2 oraliqqa teng.
Ish haqining bunday o`sishida o`rnini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori bo`ladi. Bundan shu kelib chiqadiki, birinchidan, ish haqining o`sishi, ish vaqtini ortishiga olib keladi; ikkinchidan, individual shaxsning mehnat taklifi musbat yotiqlikka ega (17.8-rasm).
W, so’m/soat
W2 SL
W1
-
24-t2
|
24-t1
|
Bir kundagi
|
|
|
soatlar
|
17.8-rasm. Ish haqining o`sishi natijasida ish vaqtining o`sishi
Daromadning yanada oshib borishi barcha shaxslarni ham dam olish vaqtini qisqartirib, ish vaqtini oshirishga undayvermaydi. Dam olish vaqtining qisqarib borishi, uni shaxs uchun bo`lgan qimmatini oshiradi. Yuqorida eslatib o`tganimizdek, sutkasiga 24 soat ishlash ma′noga ega emas. Bo`sh vaqtni qimmatini oshib borishi shunga olib keladiki, daromad samarasi, o`rnini bosish samarasidan oshib ketadi (17.9-rasm). Natijada ish
vaqti T2 24 t2 dan T1 24 t1 gacha qisqaradi.
297
Daromad,
so’m
M1
-
A
|
|
|
|
|
M
|
|
|
|
|
R1
|
E0
|
E1
|
|
|
R0
|
|
|
|
R2
|
|
E2
|
U2
|
U1
|
|
|
|
|
0
|
|
B
|
|
Umumiy vaqt,
|
t0
|
t2 t1
|
N
|
soat/kun
|
17.9-rasm. Daromad samarasi o`rnini bosish samarasidan ortiq bo`lgan hol, 0t0, 0t1, 0t2 lar bo`sh vaqt, t0N, t2N va t1N lar ish vaqti
Shaxsning bo`sh vaqti esa 0t2 dan 0t1 ga o`sadi. Bo`sh vaqt qimmatini ortishi, ish haqi oshganda individual shaxsning mehnat taklifi chizig`i manfiy yotiqlikka ega bo`ladi (17.10-rasm).
W, so’m/soat
W
W
SL
-
T1
|
T2
|
Bir kundagi ish
|
|
|
soatlari
|
17.10-rasm. Ish haqi oshganda ish kunini qisqarish taklif chizig`i yotiqligi
Ish haqi o`sishining dam olish vaqti bilan ishlash vaqti o`rtasidagi nisbatga ta′siri. Odatda ish haqi oshganda, ko`pchilik ko`proq ishlab, ko`proq daromad olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan
298
sari bo`sh vaqtning ham qimmati oshib boradi. Inson ma`naviy o`sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o`sishi o`z chegarasiga ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko`proq zavq olish uchun, dam olishga sarflaydilar.
Ish vaqti ma`lum vaqtgacha o`sgandan keyingi ish haqining o`sishi, ish vaqtini qisqarishiga olib keladi. Ish haqi oshganda o`rnini bosish samarasi hamda daromad samarasi mavjud bo`ladi. O`rnini bosish samarasida yuqoriroq ish haqi, ishchining real daromadini oshiradi. Ishchi ko`p daromad olganda, u ko`proq ne`matlarni sotib oladi, ushbu ne`matlardan biri, yaxshi dam olishdir.
Agar ishchi dam olishga ko`proq mablag` sarflasa, daromad samarasi (daromadning oshishi), uni kamroq ishlashga undaydi. Daromad samarasi juda ham katta bo`lganda, ishchi ish vaqtini qisqartiradi va mehnat taklifi chizig`i pastga yotiq bo`ladi. Quyidagi rasmda (17.11-rasm) ish haqi o`sishining uch bosqichi ko`rsatilgan.
Ish xaqi ,
so’m/soat
W4
W3
W2
W1
|
0
|
t1
|
t4
|
t2,t3
|
Bir kundagi
|
|
|
|
|
|
|
ish soatlari
|
|
|
17.11-rasm. Individual shaxsning mehnati taklifi chizig`i
|
|
Ish haqining birinchi bosqichida W1 dan W2
|
ga o`sishi, ish vaqtini t1
|
dan
|
t2 soatga oshiradi.
|
Bu
|
yerda o`rnini
|
bosish samarasi
|
daromad
|
samarasidan yuqori bo`ladi. Ish haqining ikkinchi bosqichidagi
|
W2 dan
|
W3
|
ga o`sishi, ish vaqtiga ta′sir qilmaydi, ishchi
|
t2 soat ishlaydi, o`rnini
|
bosish samarasi daromad samarasiga teng.
|
|
|
|
|
|
|
299
|
|
|
|
Uchinchi bosqichdagi ish haqining W3 dan W4 ga o`sishi, ish vaqtini
t2 dan t4 ga qisqartiradi, o`rnini bosish samarasi daromad samarasidan kam bo`ladi. Ko`rinib turibdiki, daromadning o`sishi dam olishga bo`lgan talabni oshiradi.
Ushbu hol ish vaqtini qisqarishi va dam olish vaqtini oshishida o`z ifodasini topgan. Ish haqining oshishi bilan birga dam olishning narxi ham oshadi. Odatda, rivojlangan mamlakatlarda aholining o`rtacha daromadi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining o`rtacha daromadidan ancha yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq dam olishga harakat qiladi (Daromad samarasi, o`rnini bosish samarasidan yuqori). Rivojlanayotgan davlatlarda ish haqi past bo`lgani uchun, ish haqining o`sishi, ishchilarni ko`proq vaqt ishlab, ko`proq daromad qilishga undaydi (o`rnini bosish samarasi, daromad samarasidan yuqori bo`ladi).
17.3. Mehnat bozorida monopsoniya bo`lgan hol
Bunday hol ko`proq kichik shaharlarda uchraydi. Shaharda yagona ishlab chiqarish korxonasi bo`lib, u shahar aholisining asosiy qismini ish bilan ta`minlaydi.
Shaharda boshqa ish joylari kam bo`lgani uchun, ushbu vaziyat monopsonik bozor vaziyatiga yaqin bo`ladi. Monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchini sotib oluvchi yagona korxona bo`lgani uchun ham u ish haqiga ta′sir qila oladi. Korxona ishga yollaydigan ishchilar sonini qisqartirsa, ishga kiruvchilar o`rtasida raqobat kuchayadi va bu ish haqini muvozanat darajasidan pastga tushiradi (17.12-rasm).
Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat holat E nuqtada o`rnatiladi. E nuqtada talab va taklif chiziqlari kesishadi. Muvozanat holatida Le ishchi We miqdordagi ish haqi bilan ta`minlanadi. Monopsonist har bir birlik mehnat uchun bir xil ish haqi to`lagani uchun taklif chizig`i o`rtacha xarajat ATC chizig`idan iborat bo`ladi.
Chekli mehnat xarajatlari chizig`i MRCL o`rtacha xarajat chizig`idan
yuqorida yotadi. MRCL va MRPL chiziqlarini kesishgan nuqtasi monopsonik holatda qancha ishchi bilan band bo`lishini aniqlaydi. Bu yerda MRPL MRCL monopsonik muvozanat holati sharti.
300
-
Do'stlaringiz bilan baham: |