Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo`lgan barcha natijalarning o`rtacha o`lchangan qiymatlari. Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi farq bo`lib, u tavakkalchilikdan (yo`qotishdan) darak beradi.
Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo`yicha uch turga bo`linadi: tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya′ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud:
diversifikatsiya, sug`urtalash, tavakkalchilikni birlashtirish, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash, fyuchers, opsion, xedjerlash va boshqalar.
144
Bozorda sotiladigan tovar to`g`risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to`g`risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro`i, tovar sifati va kafolati to`g`risidagi axborotlar bozor signallari bo`lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |