6.1. Iste′molchi tanlovi va naflilik tushunchasi
Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab yotadi, ya′ni alohida iste′molchining talabi, har bir shaxs o`zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan, qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma′lum miqdorda mablag`i bo`lishi kerak. Iste′molchining mablag`i cheklangan. Iste′molchi har doim tanlov oldida turadi va tanlov chog`ida quyidagi uchta savolga javob izlaydi:
Nimani xarid qilish?
Xarid qilinadigan ne′matning narxi qancha?
Ne′matni harid qilish uchun mablag` yetarlimi?
Birinchi savolga javob berish uchun ne′matning iste′molchi uchun naflilik darajasini aniqlash, ikkinchi savolga javob berish uchun - ne′matning narxini va uchinchi savolga javob berish uchun iste′molchining daromadini o`rganish lozim bo`ladi. Mana shu uchta element - naflilik, narx va daromad - iste′molchi tanlovining asosini tashkil etadi (6.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |