5.9-rasm. Talab elastik bo`lganda soliq yukining taqsimlanishi
93
Yuqoridagi rasmdan ma′lumki, ishlab chiqaruvchi to`laydigan soliqni ko`rsatuvchi P2MBP0 to`rtburchak yuzasi iste′molchi to`laydigan soliqni ifodalovchi P0BE1P1 to`rtburchak yuzidan katta. Chunki, talab elastikligi yuqori bo`lganda (ED>1) soliq kiritilishi tufayli narx oshganda, iste′molchilar bunga talabni qisqartirish bilan javob qaytaradilar. Buning natijasida sotuvchilar daromadi sezilarli darajada pasayib kertishi mumkin. Shu sababli sotuvchilar soliq yukining katta qismini o`z zimmalariga olish orqali talab qisqarishini kamaytirishga urinadilar.
Talab qancha noelastik bo`lsa (ED<1) uning chizig`i shuncha tik va soliqning ko`p qismi iste′molchilar zimmasiga tushadi (5.10-rasm).
-
Do'stlaringiz bilan baham: |