Ishlab chiqarish
|
|
Ishlab chiqarish
|
|
Ishlab chiqarish
|
|
|
Mahsulot tan-
|
|
|
|
jarayonidagi
|
|
resurslarining
|
|
hajmini o`zga-
|
|
|
narxiga olib
|
|
|
|
ishtirokiga ko`ra
|
|
manbaiga ko`ra
|
|
rishiga nisbatan
|
|
|
borilishiga ko`ra
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ishlab
|
|
|
|
Ichki
|
|
|
|
O`zgaruvchan
|
|
|
|
Bevosita
|
|
|
|
chiqarish
|
|
|
|
xarajatlar
|
|
|
|
xarajatlar
|
|
|
|
xarajatlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
xarajatlari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Noishlab
|
|
|
|
Tashqi
|
|
|
O`zgarmas
|
|
|
|
Bilvosita
|
|
|
|
chiqarish
|
|
|
|
xarajatlar
|
|
|
xarajatlar
|
|
|
|
xarajatlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
xarajatlari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Xo`jalik-moliyaviy faoliyati natijasida yuzaga keladigan
Mahsulot tannar-xiga kiritiladigan xarajatlar
Davr xarajatlari
Moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar
Favqulodda zararlar
11.1-chizma. Firma хarajatlarining turkumlanishi
193
Ikkinchi bir хarajat turlari bir nеcha хil mahsulot yetishtirish jarayonida ishtirok etishi tufayli (masalan, o`simlikchilikda yer haydash traktorlarining amortizatsiyasi), ularga kеtgan хarajatlarni shu mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi ishtirokiga mutanosib taqsimlashga to`g`ri kеladi. Bunday хarajatlar bilvosita ishlab chiqarish хarajatlari dеb yuritiladi.
Xarajatlar yo`nalishiga ko`ra tashqi va ichki xarajatlarga bo`linadi. Tashqi xarajatlarga tashqi to`lovlar, tashqi mol etkazib beruvchilarga (xom-ashyo, materiallar, elektr energiyasi, gaz) to`lovlar kiradi. Umumiy daromaddan tashqi xarajatlarni ayirib tashlasak, buxgalteriya foydasini olamiz. Buxgalteriya foydasi ichki (yashirin) xarajatlarni hisobga olmaydi.
Ichki xarajatlar sifatida quyidagilar qaraladi:
tadbirkorning o`ziga tegishli resurslarga bo`lgan xarajati;
tadbirkorlik qobiliyatiga to`g`ri keladigan va tadbirkorga tegishli bo`lgan normal foyda. Buxgalteriya foydasidan ichki xarajatlarni ayirib tashlasak iqtisodiy foydani olamiz.
Tashqi va ichki xarajatlarning yig`indisi alternativ yoki iqtisodiy xarajatlarni tashkil qiladi. Alternativ xarajatlar, firmaning resurslaridan eng yaxshi variantda foydalanishi bilan bog`liq yo`qotilgan imkoniyatlardir.
Iqtisodiy xarajatlar firma faoliyatini buxgalter va iqtisodchi tomonidan baholanishni farq qilishga imkon beradi. Buxgalterni birinchi navbatda, firmaning ma′lum muddat davomidagi (hisobot davrida) faoliyati natijalari qiziqtiradi. Iqtisodchini esa firmaning kelajagi, uning kelajakdagi faoliyati qiziqtiradi. Shu sababli firma mavjud resurslardan eng yaxshi alternativ foydalanish variantlarini topishga e′tibor beradi.
Qaytarilmaydigan xarajatlar. Qaytarilmaydigan xarajatlar oldin qilingan xarajatlar bo`lib, ularni qaytadan tiklash mumkin emas. Bu xarajatlar qaytarilmasligi uchun ham firmaning qaror qabul qilishiga ta′sir qilmaydi. Masalan, firma 100 mln. so`mga maxsus uskuna sotib oldi, lekin bu uskuna umuman kerak bo`lmay qoldi. Undan alternativ foydalanish varianti mavjud emas. Firma ushbu uskunani 60 mln. so`mga sotib, 40 mln. so`m zarar ko`rdi. Bunda 40 mln. so`m qaytarilmaydigan xarajat
hisoblanadi va firmaning harakatiga ta`sir qilmaydi.
194
11.3. O`zgarmas, o`zgaruvchan, o`rtacha va chekli xarajatlar
O`zgarmas xarajatlar (TFC - fixed costs) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan xarajatlardir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o`zgarmaydigan xarajatlar). O`zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish bilan bog`liq xarajatlar, ijara haqi, kapital ta′mirlash, ma′muriy xarajatlar kiradi. O`zgarmas xarajatlar (TFC) chizig`i grafikda quyidagicha tasvirlanadi (11.2-rasm).
TFC
TFC
Q
11.2-rasm. O`zgarmas (TFC) xarajatlar chizig`i grafigi
O`zgaruvchan xarajatlar (TVC - Variable Costs) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lgan xarajatlar, ya′ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o`zgaradigan xarajatlar. O`zgaruvchan xarajatlar Q ga bog`liq funksiya bo`lib, TVC(Q) ko`rinishida yozilishi mumkin. O`zgaruvchan xarajatlar (TVC) chizig`i grafikda quyidagicha tasvirlanadi (11.3-rasm).
TVC
TVC
Q1 Q
Optimal ishlab chiqarish hajmi
11.3-rasm. O`zgaruvchan (TVC) xarajatlar chiziqlari grafigi
195
O`zgaruvchan xarajatlarga xomashyoga, elektr energiyasiga, gazga, yordamchi materiallarga bo`lgan xarajatlar hamda ish haqi kiradi.
Umumiy xarajatlar (TC - Total Costs) - qisqa muddatli orliqda ma′lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlarning yig`indisiga teng: TC TFC TVC(Q) .
Bu yerda: TFC- o`zgarmas xarajatlar, TVC(Q) - o`zgaruvchan xarajatlar.
Umumiy xarajatlar ba′zi hollarda TC o`rniga C bilan ham belgilanadi. Grafik ko`rinishda umumiy xarajat chizig`i o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlar chiziqlarini qo`shish bilan hosil qilinadi (11.4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |