Uzoq muddatli oraliq - bu oraliqda firma ishlab chiqarishda foydalanayotgan barcha ishlab chiqarish omillari hajmini (ishlab chiqarish quvvatini ham) o`zgartiradi. Uzoq muddatli oraliqda barcha ishlab chiqarish resurslari o`zgaradi va bunday resurslarga o`zgaruvchan resurslar deyiladi.
Qisqa muddatli oraliqda firma ishlab chiqarish quvvatini o`zgartira olmaydi, lekin undan foydalanishni intensivlashtirishi mumkin.
Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish quvvati ham o`zgaradi. Albatta uzoq va qisqa muddatli oraliqlar har-xil mahsulotlar uchun turlicha bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |