18-mavzu: Mirzacho’l iqtisodiy rayoni
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1.Mirzacho’l iqtisodiy rayoni iqtisodiy geografik o’rni.
2. Jizzax viloyati to’g’risida tushuncha.
3. Sirdaryo viloyati to’g’risida tushuncha.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy-geografik o’rin, aholi, mehnat resurslari, xo’jalik, ixtisoslashuv, tashqi aloqalar, ma’muriy birliklar.
1-asosiy savol bayoni:O’zbekistonning Mirzacho’l iqtisodiy rayoni o’z tarkibiga Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini oladi. Uning maydoni 25,6 ming km2 bo’lib, Respublika hududining 5,7 foizini tashkil qiladi. Yalpi paxta hosilining 1g’4 qismi rayon hissasiga to’g’ri keladi. Jami ekin maydonining 45% paxta, deyarli shuncha maydoni donli ekinlarga to’g’ri keladi. Maydonining kattaligi jihatidan Janubiy mintaqadan keyin to’rtinchi o’rinda turadi.
Yangi erlarni o’zlashtirish, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida vujudga kelgan iqtisodiy rayon Respublika markazida joylashgan bo’lib, g’arbiy qismi Samaqand, Navoiy viloyatlari, janubi qo’shni Tojikiston Respublikasi, sharq tomondan Toshkent viloyati, shimolda Qozog’iston Respublikasi bilan qo’shniligi iqtisodiy jihatdan xar tomonlama qulaydir. Mirzacho’l iqtisodiy rayonining rivojlangan iqtisodiy rayonlar oralig’ada joylashuvi mamlakat hududiy mehnat taqsimotida turli hamkorlik aloqalarini o’rnatishga imkon beradi.
Mintaqada rayon tekislik, tog’ yonbag’ri va tog’li erlarning qo’shilib ketganligi, tabiiy sharoitning xilma-xilligi turli xil xo’jalik tarmoqlarini rivojlantirishga sharoit yaratgan. Jumladan, Jizzax viloyatining Baxmal, G’allaorol rayonlari Turkiston, Molgo’zar, Gubdin, Quytosh va Qaroqchi tog’lari botig’ida joylashgan bo’lsa, Sirdaryo viloyatining aksariyat hududi tekislik mintaqasiga to’g’ri keladi.
Rayonning iqtisodiy geografik o’rni turli iqtisodiy aloqalar qilish uchun ham qulay. Respublikaning taraqqiy etgan viloyat va shaxarlarini, kolaversa, qo’shni respublikalar bilan bog’lovchi temir yo’l, avtomobil, quvur yo’llarining o’tganligi hamda shu yo’llar orqali xom ashyo, turli xil mahsulotlar ayirboshlashdagi xizmatini ko’rsatib o’tish lozim.
Mamlakat mehnat taqsimotida rayon ko’p issiq va uzoq vegetatsiya davrini talab etuvchi ekinlarni (paxta, pilla, g’alla, poliz) etishtirishga hamda bog’dorchilik, chorvachilik, uzumchilik, sanoatda elektroenergetika, qurilish materiallari, engil, oziq-ovqat tarmoqlariga ixtisoslashgan. Oxirgi yillarda bu erda tog’-kon, kimyo, to’qimachilik sanoatlari ham rivojlanib bormoqda.
Iqtisodiy rayonni tashkil etuvchi, hududiy tuzilishiga ko’ra bir-biriga deyarli o’xshamaydigan Sirdaryo va Jizzax viloyatlari tabiiy sharoiti va foydali qazilmalariga ko’ra qisman o’zaro farq qiladi. Darxaqiqat, Sirdaryo viloyatida deyarli birorta foydali qazilma konlari uchramasada, Jizzax viloyati bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |