Toshtaroshlik (toshga sayqal berish) ham qurilish materiallari sanoatida alohida ahamiyat kasb etadi. Bir tomoni tog’lar bilan tutashib ketgan aksariyat viloyatlarimiz hududlarida toshtaroshlik yaxshi rivojlangan. Sanoatning mazkur turi, ayniqsa, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida rivojlangan. Tabiiy toshlar (marmar va granitdan) ishlangan qoplama materiallari va bloklar Markaziy Osiyo meO’morchiligida ko’p ishlatilgan. Qoplama toshlar zahiralari, xilma-xilligi va rangli bo’yicha O’zbekiston MDH mamlakatlari orasida etakchi o’rinda. Buni O’zbekiston Respublikasi prezindenti I.A.Karimovning ushbu so’zlari ham tasdiqlaydi: "Respublikada 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro koni borligi aniqlangan. Oq rangdan to qora ranggacha xilma-xil bezakbob toshlar olinadigan ko’plab konlar noyob tabiiy omborlar bo’lib, ular butun Evrosiyo zonasidagi eng yirik konlardir.
Qoplama toshlarning (bezakbop toshlarning) umumiy zaxirasi 85 mln. kubometrdan ortib ketadi. Ular toshni qayta ishlaydigan korxonalarni yuz yillar davomida xom ashyo bilan ta’minlaydi. 3
Respublikada 30 dan ortiq marmar, granit, travertin (g’ovak ohaktosh), tuf (g’ovak tog’ jinsi) va boshqa tog’ jinsi konlari topilgan. Mamlakatimiz tabiiy toshlari zavod va kombinatlarda sayqal berilishi bilan ishlab chiqarishga jo’natiladi. Ayniqsa, bu borada G’ozg’on marmarining dovrig’i juda mashhur. Respublikamizning ko’pgina shaharlarida, shuningdek, Moskva, Sankt-Peterburg, Kiyev, Novosibirsk, Boku, Bishkek va Dushanbe shaharlarida qurilgan arxitektura inshootlari hamda metro stantsiyalarida G’ozg’on marmaridan bezak sifatida foydalanilgan. Ayni paytda marmar G’ozg’ondan tashqari, Nurota, Zarband va Orkutsoydan, granit Langar, Sevasoy, Chorkesardan, travertin Chustdan qazib olinadi.
Tarmoqning yirik korxonalari sirasiga 1970 yilda ishga tushgan G’azalkent toshga ishlov berish kombinati (yillik quvvati 150 ming m² tosh plita), 1976-95 yilda tashkil etilgan Toshkent toshga ishlov berish kombinati (quvvati 88 ming m²), Nukus granit-marmar zavodi (70 ming m²), "Qashqadaryomarmar" (quvvati 25 ming m²) "Samarqandmarmar" (quvvati 22 ming m²) birlashmalari va Surxondaryoda "Konpurtepa" granit kombinati kabilar kiradi. Bu korxonada ishlab chiqrailgan mahsulotlar respublika ehtiyojlarini to’la qondirib, bir qismi eksportga ham chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |