AGROSANOAT MAJMUASI:
Agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi soha: Qishloq xo’jaligi mashinasozligi, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, omuxta em ishlab chiqarish sanoati, mikrobiologiya sanoati va boshqalar.
Qishloq xo’jaligi: Qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, baliqchilik, pillachilik, asalarichilik
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib beruvchi soha: Paxta sanoati, yog’-moy, go’sht, sut sanoati, konserva sanoati, un tortish va yorma sanoati, tamakichilik sanoati, engil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligidan olingan mahsulotlarni iste’molchilarga etqazib beruvchi (ulgurji va chakana savdo) tarmoqlar.
2013-yilda 2000-yilga nisbatan g’alla etishtirish 2-marta, kartoshka-3,1 marta, sabzavot-3,2 marta, uzum-2 marta, go’sht va sut-2,1 marta, tuxum-3,4 marta oshdi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tarkibi va hissasini foizda quyidagicha ko’rishimiz mumkin: dehqon xo’jaliklari-jun ishlab chiqarishda-82, tuxumda-58, sutda-98, go’shtda-96, boshoqli donda-18, sabzavotda-64, kartoshkada-84.
2-asosiy savol bayoni: Qishloq xo’jaligi ASMning muhim bog’lovchi bo’g’ini hisoblanadi. U nafaqat agrosanoat majmuasida, balki milliy iqtisodiyotda alohida o’rin tetadi. Darhaqiqat, qishloq xo’jaligi O’zbekiston iqtisodiyotining etakchi tarmog’i hisoblanib, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 60 foizdan ortig’i qishloq joylarida istiqomat qiladi, YaIMning 16,8 foizi to’g’ri keladi, 2000-yilda 30,1 foizni tashkil etgan. Bu mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishidagi ijobiy o’zgarishlarning, ya’ni agrar respublikadan izchil ravishda sanoati rivojlangan industrial davlatga aylanayotgani alomati deya faxrlanmog’imiz lozim. 2013 yil qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2000-yilga nisbatan 2,3 barobar ko’paydi. 2013 yil qishloq xo’jalik mahsulotlar ishlab chiqarish 6,8%ga, jumladan dehqonchilik-6,4%ga, chorvachilik-7,4foizga o’sdi. G’alla etishtirish 2000 yilga nisbatan 2 barobar, kartoshka-3,1 marta, sabzavot-3,2 barobar, uzum-2 marta, go’sht va sut-2,1 karra, tuxum-3,4 barobar oshdi. 7,8 mln tonna g’alla, 8,4 mln tonna sabzavot, 3 mln 360 ming tonna paxta etishtirildi. Hozirda ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklar soni 18 mingdan ziyod. 2008 yildan boshlab 1 mln 500 ming gektar sug’oriladigan erlarni meliorativ holati yaxshilandi, er osti suvlari yuqori bo’lgan maydonlar 415 ming gektarga yoki salkam 10 foizga qisqardi, kuchli sho’rlangan maydonlar 113 ming gektarga kamaydi.
Agrar sohada iqtisodiy o’sish sur’atlari 2000-2004 yillarda yiliga o’rtacha 6,2 %, jumladan, dehqonchilikda 7,2 % va chorvachilikda 5,0 foizdan iborat bo’lgan. Demak, agrar sohada iqtisodiy o’sishga dehqonchilik salmoqli ta’sir ko’rsatgan. Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz oziq-ovqat mustaqilligini mustahkamlashga yanada qulayroq shart-sharoitlar yaratmoqda. 2005 yilda oldingi yilga nisbatan paxta xom ashyosi etishtirish 126,1, meva va sabzavot etishtirish-110,5, uzum-143,9, Go’sht ishlab chiqarish-106,4, sut ishlab chiqarish-106,2, tuxum ishlab chiqarish-113,9, jun tayyorlash-106,8 foizga ko’paydi.
Ma’lumki, er va suv resurslari agrar sektorning asosiy ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. O’zbekistonda erlarning 72 foizi qishloq xo’jaligida turli yo’nalishda foydalaniladi hamda respublika suv limitining 86 foizi agrar sektorda ishlatiladi. Vatanimiz er yuzasidagi sug’orma dehqonchilik hamda chorvachilikning eng qadimiy mintaqalaridan biri. Uning qulay tabiiy sharoitiga muvofiq tarzda xalqimizning mehnat ko’nikmasi tufayli O’zbekiston paxta, pilla, qorako’l terisi, mayiz, qovun va boshqa mahsulotlar etishtirish bilan jahonga dong taratgan.
Yaqin o’tmishda mamlakat qishloq xo’jaligi bir tomonlama rivojlantirilgan, "O’zbekiston-mamlakatning asosiy paxta bazasi" shiori amalda edi. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yilidanoq, paxta yakka- hoqimligini bartaraf etishga kirishildi va "g’alla mustaqilligi"ni taminlash maqsadida dastur ishlab chiqildi. Paxta yakkahoqimligiga barham berilib, don va boshqa ozuqa ekinlari maydonlari kengaytirildi. 2005 yilda 1,5 mln. ga maydonga boshoqli don ekinlari ekildi. 6,4 mln. t. boshoqli don, jumladan, 5,9 mln. tonnadan ko’proq bug’doy hosili yig’ib olindi. 2012 yil qishloq xo’jalik ekin maydonlari tarkibi quyidagicha: don ekinlari-44,9%, texnik ekinlar-37,8%, sabzavot-poliz ekinlari va kartoshka-8,6%, em-xashak ekinlari-8,7%. Ekinlar tarkibi o’zgardi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda-fermer xo’jaliklari-25,1 %, dehqon xo’jaliklari-72,8 %, qishloq xo’jalik korxonalari-2,1 %. Etishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarida-53,9 foizi dehqonchilikka, 46,1 foizi chorvachilikka to’g’ri keladi (2012 yil).
3-asosiy savol bayoni: O’zbekistonda mustaqillik yillarida agrar sertorni isloh qilish sohasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Tarmoqda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga va xususiylashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1997 yillar) 1006 ta davlat xo’jaliklari tugatilib, ular negizida jamoa xo’jaliklari tashkil etildi. Chorvachilik fermalari, bog’ va tokzorlar, kichik er maydonlari hamda issiqxonalar xususiylashtirildi.
Agrar islohotlarning 1998 yildan boshlangan ikkinchi bosqichida Oliy Majlisning IX sessiyasida (1998 yil 28-30 aprel) O’zbekiston Respublikasining “Er kodeksi to’g’risida”gi, “Qishloq xo’jaligi kooperativlari (shirkat xo’jaliklari) to’g’risida”gi, “Fermer xo’jaliklari to’g’risida”gi, “Dehqon xo’jaliklari to’g’risida”gi, Qonunlar qabul qilindi. Bunday huquqiy bazaning yaratilishi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga zamin yaratdi.
Islohotlarning uchinchi bosqichi 2000 yildan boshlandi. Bu bosqichda birinchi navbatda past pentabelli va zarar ko’kib ishlayotgan korxonalarni fermer xo’jaliklariga aylantirish asosida qayta tashki etish mexanizmining joriy etilishi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko’rsatuvchi zamonaviy infratuzilma tizimining barpo etilishi bilan tavsiflanadi. Faqat 2000-2003 yillarda 336 ta, shu jumladan 11 ta tumanda shirkat xo’jaliklari to’liq tugatilib, ular negizida 20 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari tashkil etildi.
Ushbu chora-tadbirlarning natijasi o’laroq, 2004 yilda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan fermer xo’jaliklari soni 104 mingga yaqinlashdi (2003 yilda 87,5 ming edi), ularga biriktirilgan er maydoni 2935,3 ming gektarni tashkil etib (2003 yilda 2148,1 ming ga), bir fermerga to’g’ri keladigan er maydoni 28,2 gektarga etdi. Ayni vaqtda dehqon xo’jaliklarining umumiy soni 4,5 mln. taga, ularga biriktirilgan er maydoni esa 682,5 ming gektarga etdi. Bugungi kunda yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotining 59,7 foizi dehqon xo’jaliklari, 20,4 foizi fermer xo’jaliklari, 19,9 foizi qishloq xo’jaligi korxonalari hissasiga to’g’ri kelmoqda.
Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi texnika, o’g’it, yoqilg’i va moylash materiallari etqazib berishni yaxshilash bo’yicha davlat dasturi ishlab chiqilgan va u bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, chet ellardan (AQSh, Germaniya) yuqori mehnat unumdorligiga ega bo’lgan paxta teradigan, g’alla o’radigan (Keys) kombaynlari keltirildi. Ularning ayrim turlari va ehtiyot qismlarini o’zimizda ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
O’tqazilayotgan iqtisodiy islohotlardan ko’zda tutilgan bosh maqsad qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini, er va mahsulotning haqiqiy egalarini shakllantirishdir. Qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali qishloq xo’jalik korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish asosiy masalalardan hisoblanadi.
Ilg’or mamlakatlar tajribasiga ko’ra, qishloq xo’jaligining yuqori darajada rivojlanishi avvalo sanoat rivoji bilan bog’liqdir. Ma’lumki, AQSh hamda Evropaning bir qator rivojlangan mamlakatlarida aholining 4-5 foizini tashkil etadigan, zamonaviy texnika va texnologiyaga ega bo’lgan fermer xo’jaliklari o’z xalqini qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’liq taminlab qolmasdan ularning bir qismini eksportga ham chiqaradilar. Hozirgi vaqtda respublikamiz xalq xo’jaligida ish bilan band bo’lgan 3,8 mln. aholining salkam yarmi hamon qishloq xo’jaligi sohasida mehnat qilmoqda. Kelajakda ana shu ortiqcha mehnat resurslarini sanoatga, xizmat ko’rsatish sohalariga jalb etish iqtisodiy siyosatning muhim yo’nalishi bo’lib qolishi lozim.
Qishloq xo’jalik yuritishning-yangi tashkiliy shakllari:
-qishloq xo’jalik korxonalari-tasarrufida xo’jalik maqsadlarida foydalana oladigan eri bo’lgan, ziroatchilik, chorvachilik huquqiga ega bo’lgan korxona;
-Fermer xo’jaligi-uzoq muddat (30-50 yil) ga ijaraga olingan erda qishloq xo’jalik xomashyosi ishlab chiqaruvchi yuridik huquqqa ega tovar xo’jaligi;
-dehqon xo’jaligi-nasldan-naslga o’tuvchi shaxsiy hovli joyida qishloq xo’jalik mahsuloti etishtirish va sotish huquqiga ega oilaviy mehnatga asoslangan xo’jalik.
Do'stlaringiz bilan baham: |