21-jadval. Transport turlari bo’yicha yuk tashish hajmi tarkibi va dinamikasi.
Transport turlari
|
hajmi
|
O’tgan yilga nisbatan foizda
|
2003
|
2004
|
2003
|
2004
|
Yuk tashish hajmi, mln tonna
|
703,2
|
714,9
|
95,8
|
101,0
|
Temir yo’l transporti
|
45,1
|
45,4
|
102,5
|
101,0
|
Avtomobil transporti
|
592,8
|
601,8
|
94,4
|
100,9
|
Quvur yo’llari orqali
|
65,3
|
67,7
|
105,6
|
102,1
|
Havo transportida, ming tonna
|
5,9
|
5,6
|
62,6
|
94,3
|
Yuk aylanmasi, mlrd. t-km
|
63,3
|
64,5
|
105,8
|
103,7
|
Temir yo’l transporti
|
19,1
|
18,0
|
103,5
|
100,0
|
Avtomobil transporti
|
9,6
|
11,0
|
107,2
|
114,3
|
Quvur yo’llari orqali
|
34,6
|
35,4
|
106,8
|
102,6
|
Havo transportida, ming tonna
|
95,3
|
117,3
|
75,3
|
123,1
|
1952-1955 yillarda Chorjo’y-Qo’ng’irot temir yo’li ishga tushdi. Mazkur yo’l Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni ni respublikaning boshqa hududlari bilan bog’ladi. 1962 yilda Navoiy-Uchquduq temir yo’lining qurilishi Markaziy Qizilqumdagi boy mineral resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratdi. 1972 yilda ishga tushgan 410 km li Qo’ng’irot-Beynov temir yo’li O’rta Osiyo iqtisodiy rayoni dan Qozog’istonga, Rossiyaning markaziy, janubiy va Ural mintaqalariga hamda Kavkaz hududlariga chiqish imkonini berdi. Shuningdek, ushbu yo’lning qurilishi Ustyurtdagi tabiiy resurslarini o’zlashtirishga va mazkur mintaqaning ijtimoiy iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga imkon yaratdi. Shu bilan birga mazkur yo’lda ko’plab xorijiy davlatlarning tranzit yuklari ham tashiladi. Xullas, respublikamiz temir yo’llarining uzunligi XX asrning 20- yillari boshida 1589 km ni tashkil etgan bo’lsa, hozirga kelib u 6700 km ga etdi.
O’zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishuvi barcha sohalar qatori temir yo’l sohasida ham o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Ayniqsa, temir yo’l mustaqilligini ta’minlash eng asosiy vazifa qilib qo’yildi. Shu bois, sohada qator yangi temir yo’l qurilishlari boshlandi. Ana shularning samarasi o’laroq, 2001 yilda uzunligi 500 km dan ortiq bo’lgan Uchquduq-Sultonuvays-Nukus temir yo’li ishga tushurildi. 2007 yilda temir yo’l tarmog’ida yana bir muhim voqea yuz berdi. Mustaqilligimizning 16 yilligi shodyonalari arafasida G’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on (233 km) temir yo’li ishga tushdi. Ushbu yo’lning qurilishi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ijobiy yutuqlarga olib kelishi shak-shubhasizdir.
Respublikaning xorijga jumladan, Janubiy va Janubi-G’arbiy Osiyo davlatlariga chikishida Mashhad-Seraxs-Tajan temir yo’lining qurilishi muhim voqea bo’ldi. 1996 yil 13 may Mashhad shahrida 295 kmli mazkur yo’lning ochilish marosimi bo’ldi. Bu yo’l eng qisqa masofa orqali Markaziy Osiyo mamlakatlarini Fors qo’ltig’i mamlakatlari bilan va ular orqali Janubiy va Janubi-G’arbiy Osiyo boshqa davlatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga keng imkoniyatlar ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |