2-jadval. Mamlakat geografik mintaqalarida agroiqlim ko’rsatkichlari:
Metstantsiyajoylashgan shahar
|
Qishki davr
|
O’simlik vegetatsiyasi davri
|
0 darajadan past bo’lgan kunlar
|
Havo harorati salbiy ko’rsatkichi yig’indisi
|
O’rtacha havo haroratidan o’tgan kunlar soni (yuqori)
|
O’rtacha havo harorati ijobiy ko’rsatkichining yig’indisi (yuqori)
|
Q 5 darajadan
|
Q 10 darajadan
|
Q 5 darajadan
|
Q 10 darajadan
|
Guliston
|
shimoli-sharqiy o’zbekiston
|
48
|
-72
|
259
|
218
|
4773
|
4460
|
Toshkent
|
38
|
-29
|
263
|
214
|
4749
|
4391
|
|
sharqiy o’zbekiston
|
Farg’ona
|
60
|
-123
|
256
|
213
|
4757
|
4445
|
Andijon
|
55
|
-123
|
262
|
218
|
4954
|
4617
|
|
markaziy o’zbekiston
|
Qorako’l
|
23
|
-11
|
271
|
222
|
5257
|
4905
|
Samarqand
|
0
|
-
|
269
|
212
|
4685
|
4275
|
|
janubiy o’zbekiston
|
G’uzor
|
0
|
-
|
304
|
239
|
5751
|
5269
|
Termiz
|
0
|
-
|
306
|
251
|
5950
|
5630
|
|
shimoli-g’arbiy o’zbekiston
|
Urganch
|
88
|
-270
|
235
|
199
|
4544
|
4269
|
Nukus
|
104
|
-439
|
228
|
191
|
4301
|
4035
|
O’zbekiston yog’in-sochin kam tushadigan qurg’oqchil mintaqalar qatoriga kiradi. Buning ustiga barcha hududlarda yog’in miqdori bir tekisda emas. Respublikaning ko’pchilik hududlarida yillik yog’in miqdori 200-300 mm ni tashkil etadi. Yog’ingarchilik eng kam bo’ladigan joylarga Quyi Amudaryo va Qizilqum kiradi (100 mm dan ham kam). Yog’in-sochin miqdori sharq va janubi-sharqqa borgan sari ortib boradi va u tog’li hududlarga yaqinlashgan joylarda 900-950 mm ga etadi. Qishloq xo’jalik ekinlariga suv eng zarur bo’lgan paytga kelib yog’ingarchilik ayniqsa kamayib ketadi va suv tanqisligi boshlanadi. Respublikada hukm surayotgan suv tanqisligi ayniqsa qishloq xo’jaligining rivojlanishida katta muammolar bo’lib turibdi.
2-asosiy savol bayoni: Mamlakatni asosiy suv boyliklari-daryo suvlaridir. O’zbekistonning suvga bo’lgan ehtiyojini qondirishda Amudaryo va Sirdaryo katta o’rin tetadi. Bundan tashqari Zarafshon, Norin, Qoradaryo, So’x, Chirchiq, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sheroboddaryo kabi daryolarning ham ahamiyati katta. Mamlakatning yirik suv arteriyalari hisoblangan Amudaryo va Sirdaryo hamda ularning yirik irmoqlari O’zbekiston hududidan tashqaridan boshlanadi. Shuning uchun ham Amudaryoning yillik o’rta oqim suv hajmi 79 km³ bo’lgani holda, uning 8 foizi Sirdaryoning yillik o’rta oqim suv miqdori 38 km³ bo’lgani holda uning faqat 10 foizi O’zbekiston hududida hosil bo’ladi. Daryolardagi yillik suvning 70-95 foizi 3-4 oy davomida bahor oylariga va yoz boshiga to’g’ri keladi. Daryo suvlari barpo etilgan suv omborlariga yig’ilib, yil davomida tejab sarfanadi.
Mamlakatning aksariyat daryolari bahor faslida to’lib-toshib oqadi. Yozda borgan sari daryolar suvi kamayib boradi. Daryolardagi bu xil rejim dehqonchilik ehtiyojlariga muvofiq emas. Shuning uchun dehqonchiligi asosan sug’orib eqishga tayangan mamlakatimizning barcha mintaqalarida o’nlab yirik suv omborlari, yuzlab magistral kanallar, minglab nasos stansiyalari barpo qilingan.
O’rta Osiyo va shu jumladan, O’zbekistondagi daryolarga suv beruvchi asosiy manba qor va muzliklardir. O’lkamizda suv tanqisligi ko’p yillar davomida sezilib kelinadi. Shu tufayli Respublikaning qator hududlarida bir nechta kanallar qurilgan. Ular sirasiga Narpay, Katta Farg’ona, Janubiy Farg’ona, Shimoliy Farg’ona, Eski Anhor, Amu-Buxoro, Katta Namangan, Janubiy Mirzacho’l kabilarni kiritish mumkin.
O’zbekiston hududida anchagina ko’llar mavjud. Ammo ularning ko’pchiligi kichik ko’llar hisoblanadi. Ular orasida eng yirigi Orol ko’lidir. Bu ko’l ancha maydonni egallaganligi tufayli u dengiz deb yuritiladi. Bir oz kattaroq ko’llar qatoriga Sudoche va Arnasoy kiradi.
Bir vaqtlar O’zbekistonning kemachilik va baliqchilik sohalarida muhim o’rin to’tib kelgan Orol dengizining mavqei hozirgi davrga kelib ancha pasaydi. Amu va Sirdaryoning Orolga olib keladigan suv miqdori ancha kamayib ketdi. Natijada uning suv sathi bir necha metrga pasaydi, qirg’qlari esa o’nlab metrga chekindi, Orol muammosi vujudga keldi.
Mamlakatda suv etishmasligi nazarda tutilib so’nggi yillarda qator suv omborlari barpo etildi. Hozir ularning soni taxminan 45 ta. Ular orasida Chorvoq, Ohangaron, Tollimarjon, Tuyabo’g’iz, Janubiy Surxon, Chimqo’rg’on va boshqa suv omdorlari bor. Qashqadaryo vohasining yirik suv inshootlari, jumladan jahonga tengi yo’q 6 ta nasos stantsiyalari Amudaryodan 1 soniyada 240 m³ suvni 132 m balandlikka – Tollimarjon suv omdoriga chiqarib turadi.
Respublikada bir necha mineral suv manbalari mavjud. Mamlakat hududidan shifobaxsh suvlarining 100 ga yaqin istiqbolli konlari o’rganilgan. Mutaxassislarning aniqlashicha, mamlakat er osti suvlarining o’rni qaytadan tiklanib turuvchi zahirasi sekundiga 1000 m³. Ayniqsa, tarkibida oltingugurt, vodorod, yod, radiy, radon kabi elementlar bo’lgan suvlar katta ahamiyat kasb etadi. Vodorod-sulfatli suv Chimyon, Polvontosh, Xo’jaobod, Sho’rsuv, Uchqizil, Ko’kayti, Jayronxona, Xo’jaipok, Omonxona va boshqa joylarda topilgan. Yodli suv Chortoqda, rodonli suv Arashonbuloqda, kam minerallashgan issiq suvlar Toshkent va Farg’ona viloyatlarida, sulfat-xloridli va natriyli suv Sitorai Moxi Xossa, Qorako’l, Gazlidan chiqadi. Mamlakatimizda ma’danli suv manbalaridan foydalanish maqsadida Chimyon, Chortoq, Yangiyo’l, Turon, Sitorai Moxi Xossa kabi sanatoriyalar tashkil qilingan.
Tuproq resurslari. Tuproqning tabiiy holati, ya’ni donadorligi, chirindi miqdori, madaniylashish darajasi dehqonchilikning hosildor (mahsuldor)ligiga ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimizning tekislik mintaqalarida oddiy bo’z tuproq, tog’ yonbag’irlarida asosan bo’z tuproq, tog’larda to’q tusli bo’z tuproq keng tarqalgan. Ularning chirindi miqdori qora yoki kashtan tuproqlarinikiga nisbatan 4-6 marta kam.
Davlat er fondi-qishloq xo’jaligiga yaroqli erlar, shudgor qilinadigan, daraxt yoki mevazor, yaylov, pichanzor, o’rmonzor hamda qo’riq va partov erlardan tashkil topgan.
Mamlakatimizning umumiy er maydoni 44890,0 ming gektarni (44,4 mln gektarni tashkil etadi) tashkil etdi Ana shundan 60 foizdan ko’prog’i qishloq xo’jaligiga tegishli maydonlardir. Qishloq xo’jaligi tasarrufidagi erlarning 3691,5 ming gektari, 10 foizga yaqini haydab ekin ekiladigan erlar, qolgan erlar pichanzor va yaylovlardan iborat (To’xliev va b. 2006). Yaylovlar 22,8 mln. gektarga teng. Bu cho’l yaylovlari sur-qo’ng’ir, qum va qumli tuproqlardan iborat. Bu erlarning taxminan yarmi sug’orilshga yaroqli erlardir. Respublikamizda qishloq xo’jaligiga ajratilgan er maydoni jami 20 473,5 ming gektar, shundan 15 590,7 ming gektari qishloq xo’jaligiga qarashli erlar, 616, 2 ming gektari dehqon va fermer xo’jaliklari erlari, 4 266,6 ming gektari boshqa erlar (qo’riqxonalar, o’rmon xo’jaliklari erlari).
Mamlakatda sug’oriladigan erlar 4,2 mln. ga bo’lib qishloq xo’jaligi mahsulotlari asosan shu erlarga etishtiriladi. Sug’oriladigan erlar mamlakat er boyliklarining 9,2 foizini tashkil etsada, qishloq xo’jaligida etishtiriladigan yalpi mahsulotning 98,5 foizi shu erlarda etishtiriladi. Sug’oriladigan erlarning 1,6 mln. ga cho’l iqtisodiy rayonida, qolgan qismi tog’, vodiylardagi och tusli va asosiy bo’z tuproqli mintaqada joylashgan. Hozirda sug’orma dehqonchilik qilinadigan erlarning yarmidan ortig’i sho’rlangan. Shuning uchun ham ularning sho’rini muntazam yuvib turish hamda meliorativ holatini yaxshilab borish va bu borada ilmiy asoslangan tadbirlar ishlab chiqish mamlakat Qishloq va suv xo’jaligining asosiy vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |