TA”LIM METODLARI
“Zinama–zina” metodi
Metodning tavsifi. Ushbu metod o’quvchilarni o’tilgan yoki o’tilishi kerak bo’lgan mavzu bo’yicha yakka va kichik jamoa bo’lib fikrlash hamda xotirlash, o’zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to’plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko’rinishida ifodalay olishga o’rgatadi. Bu metod o’quvchilar bilan yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o’tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Metodning maqsadi. O’quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rgatish.
Metodning qo’llanishi: ma’ruza (imkoniyat va sharoit bo’lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda o’tkazish hamda nazorat darslarida qo’llanilishi mumkin.
“ASALARI GALASI” STRATEGIYASI
“Asalari galasi” strategiyasi o`rganilayotgan mavzu bo`yicha tanlangan masalalarning auditoriyada umumiy yoki kichik guruhlarda alohida tahlil qilinishiga yordam beradi. Strategiyani qo`llashda kichik guruhlarga beriladigan topshiriqqlar bir xil yoki turlicha bo`lishi mumkin. Guruhlarga berilgan topshiriq muayyan muddat ichida muhokama qilinib, natija barchaga ma`lum qilinadi. Mashg`ulot yakunida masalaning eng maqbul yechimi tanlab olinadi.
Mashg`ulot jarayonida strategiyani qo`llashda quyidagicha yo`l tutiladi:
Sinkveyn” strategiyasi.
J.Still, K.Meredis, CH.Temil tomonidan ishlab chiqilgan “O‘qish va ѐzish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturi”da har bir talaba (talaba) va talaba (talaba)lar guruhlarining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun “Sinkveyn” strategiyasini qo‘llash samarali ekanligi aytiladi.
Sinkveyn (fr. “besh qator”) – ma’lumotlarni sintezlash (alohida ma’lumotlar asosida yaxlit g‘oyalarni shakllantirish)ga ѐrdam beradigan qofiyasiz she’r bo‘lib, u asosida o‘rganilaѐtgan mavzu (tushuncha, hodisa, voqea)larga oid ma’lumotlar to‘planadi; har bir talaba ushbu ma’lumotlar yig‘indisi (qofiyasiz she’r)ni o‘z so‘zlari bilan turli variant ѐki qarashlar orqali ifodalash imkoniyatiga ega .
Sinkveyn tuzish – murakkab g‘oya, sezgi va hissiѐtlarni bir necha so‘z orqali yaqqol, ѐrqin ifodalash malakasi bo‘lib, bu jaraѐn mavzuni puxtaroq o‘zlashtirish, ma’lumotlarni yaxshiroq anglashga ѐrdam beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |