4
Qoraqalpog‘iston Respublikasi XTV, Toshkent shahar va viloyatlar XTB
metodik xizmat bo‘limi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari umumta’lim
fan metodistlarining uzluksiz kasbiy rivojlanтирish kursi o‘quv rejasidagi
modullarning mazmuni
1. Ta’limdagi yangi yondashuv va strategiyalar
Ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlar: Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv
dasturi. Milliy o‘quv dasturi,
tajriba-sinov ishlari, Milliy o‘quv dasturi
komponentlari, fanlar bo‘yicha konsepsiyalar, tayanch o‘quv rejasi, o‘quv
dasturlari, o‘qitish metodikasi,
baholash metodologiyasi, ta’limdagi ilg‘or xorijiy
yondashuvlar. Janubiy Koreya, Singapur,
Finlyandiya, Buyuk Britaniya,
Germaniya tajribalari, Milliy o‘quv dasturini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy
etish.
Metodik xizmatni olib borish. O‘quv jarayoni mazmuni va uni tashkil
etilishining xususiyatlari. Ta’limda “standart” va “standartlashtirish” tushunchalari.
DTSning zaruriyligi,
maqsadlari, vazifalari, mohiyati, tuzilishining asosiy
tamoyillari.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS,
STEAM va boshqalar). PISA ta’lim sifatini
baholash xalqaro tadqiqoti
va 2022-yilda o‘tkaziladigan ushbu tadqiqotga umumta’lim muassasalarining,
o‘qituvchi va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini oshirish masalalari.
Baholashning yangi usul va vositalari. Bilim va ko‘nikmalarni baholashning
alternativ
yondashuvlari.
Hayotiy
ko‘nikmalarning
tavsiflari.
Bilim
va ko‘nikmalarni baholashdagi farqlar. Ko‘nikmalarni baholashning maqsadlari.
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni baholash metodologiyasi. Bilim
va ko‘nikmalarni baholashga tayyorgarlik ko‘rish.
Formativ va summativ
baholash. O‘quvchilarning o‘quv tajribasi va ehtiyojlarini baholash.
O‘quvchilarning o‘z-o‘zini hamda boshqalarni baholash usul va vositalari.
Baholash vositalaridagi mezonlarni ishlab chiqish. Baholash mezonlarini DTSlari
talablari va fan mazmuni bilan mosligini ta’minlash. Baholashni amalga oshirishda
o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini korrektirovka qilish. O‘quvchilarning bilim va
ko‘nikmalarini baholash mezonlari, usul va vositalari. Baholash usullari. STesting
dasturlari va test topshiriqlari va ularni tayyorlash.
Ta’limda monitoring va uning ta’lim-tarbiya sifatini boshqarishdagi roli.
Monitoring yo‘nalishlari. Davlat ta’lim standarti asosida o‘quvchilar natijalarini
monitoring qilish. Monitoring maqsadlari. Maktabda monitoring turlari.
Monitoringni rejalashtirish, tayyorgarlik va o‘tkazish bosqichlari.
O‘quv va metodik materiallar tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish. O‘quv-
metodik majmua - darslik,
mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma,
5
multimedia mahsulotlari, elektron platformalar orqali o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi
kontentlar (videodars, virtual laboratoriyalar, elektron dasturlar va boshqa).
Iqtidorli yoshlarni aniqlash bo‘yicha fan olimpiadalari va turli tanlovlarni
tashkil etish. O‘quvchilarni respublika va xalqaro olimpiadalarga tayyorlash,
rag‘batlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning
uzluksiz tizimini tashkil
etish.
Do'stlaringiz bilan baham: