Ligi fаrg‘оnа dаvlат univеrsiтетi jahon tarixi kafedrasi


XV asr oxiri-XVI asr boshlarida dehqonlar harakati. Germaniyaning siyosiy tarqoqligi va imperator hokimiyati



Download 346 Kb.
bet3/6
Sana28.05.2022
Hajmi346 Kb.
#612904
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
J.Tarixi.Kurs ishi. Dilmurod.XVI-XVIIasrlarda Germaniya.

1.2 XV asr oxiri-XVI asr boshlarida dehqonlar harakati. Germaniyaning siyosiy tarqoqligi va imperator hokimiyati

1476-yilda Sharqiy Frankoniyada yepiskop Vyursburgskiy mulkida birinchi dehqonlar qо‘zg‘oloni boshlanib, bunga Niklasgauzen qishlog‘idan chiqqan Gans Begaym degan podachi boshchilik qildi. U dehqonlarga hamma obroklar, barshchina¬lar, soliqlar va pomeshchiklarga tо‘lanadigan boshqa tо‘lovlar bekor qilinishi kerak, hamma ishlamog‘i va hech kim boshqalardan ortiq narsaga ega bо‘lmasligi kerak, deb tushuntirdi. Gans Begaymga kо‘plab dehqonlar ergashgan. Yepiskop Vyursburgskiy о‘z xizmatchilariga podachini ushlab qamashni buyurgan, shundan keyin dehqonlar о‘rtasidagi harakat tо‘xtab qolgan. Hokimiyat daydi dehqonlar haqida qonunlar qabul qildi, shahar kо‘chalarida sadaqa sо‘rash ta’qiqlandi, uni buzganlar ayovsiz jazolandi. Germaniyaning Kyoln shahrida uch marta “qonunsiz” sadaqa sо‘rashda qо‘lga tushgan daydi dehqonlar osib о‘ldirishga hukm qilinardi. Bunday shafqatsiz qonunlar va dehqonlar ommasining og‘ir ahvoli natijasida Germaniyada turli xil tashkilotlar tuzila boshlagan. Ana shunday tashkilotlardan biri 1493-yilda Elzasda «Boshmoq ittifoqi» tuzildi. (Boshmoq-dvoryanlar, ritsarlar poyafzali-etikka qarama-qarshi о‘laroq, dehqonlar boshmog‘i (yog‘och poshnali bо‘lardi) nazarda tutilgan edi. U bostirilgandan keyin bu harakat Reynning о‘ng qirg‘og‘iga-Baden va Shvabiyaga о‘tgan. 1502 yilda «Boshmoq»ning yangi qо‘zg‘oloni tо‘g‘risidagi rejasi tuziladi. Bunga Ioss Frid degan dehqon rahbarlik qilgan. «Boshmoq»ning xurujlari 1513 va 1517 yillardagi fitnalar bо‘ldi. Bu fitnalar ham fosh bо‘lgandan sо‘ng, uning tashkilotchilari Shveysariyaga qochib ketdilar, ba’zilari esa 1525 yilgacha yashab, dehqonlar urushida ishtirok etdilar. «Boshmoq» tarafdorlari tarqatgan varaqalarda dvoryanlarni dehqonlar ustidan hukmronlik qilishdan mahrum etish, jamoa ixtiyoridagi yorlardan foydalanish uchun dehqonlarga erkinlik berish, sudxо‘rlar oladigan foizlarni bekor qilish, cherkov mulkini isloh qilib, bu yerlarni xalqqa berish haqidagi talablar bor edi3.


1503-yilda Vyurtemburgda dehqonlarning «Qashshoq Konrad» degan inqilobiy tashkiloti tuzildi. 1514-yilda «Qashshoq Konrad»ning fitnasi Vyurtemburg gertsogiga qarshi ochiqdan-ochiq qо‘zg‘olonga aylanib ketdi. Bu harakatda shaharliklar ham ishtirok etdi. Gersog avvaliga yon berdi, ammo keyinchalik bu yon berishlardan voz kechib, Vyurtemburgning qо‘zg‘olon kо‘targan qishloqlarini tor-mor qildi, bu tashkilotning rahbarlarining bir qismi qо‘lga olindi, bir qismi esa Shveysariyaga qochib ketdi. Bu tashkilotlar yashirin tarzda faoliyat olib borardi, ya’ni fitna uyushtirardi. XV asrning oxiri — XVI asrning boshlarida Germaniya hali siyosiy jihatdan tarqoq mamlakat edi. Bu vaqtga kelib markazlashgan Angliya va Fransiyaga qarama-qarshi о‘laroq, Germaniya hali ham ayrim feodal knyazliklar va erkin shahar federatsiyasi bor edi. Bularning mahalliy boshqaruvi bor edi. Imperiyaning eng yirik knyazlari avstriyalik Gabsburglar edi. (Gabsburglar sulolasi 1273-1918 yillarda Germaniyada, Avstriyada, Chexiyada, Vengriyada, Italiyaning ba’zi joylarida, Ispaniyada, Niderlandiyada hukmronlik qilishgan). Ularga XVI asrda Yuqori va Quyi Avstriya, Tirol, Janubi-g‘arbiy Germaniyaninig bir qator hududlari, Shtiriya, Karintiya va Krayna kabi slavyan yerlari qarashli edi. Shu davrdayoq Chexiya va Vengriyaning bir qismi qо‘shib olinib, kо‘p millatli Avstriya monarxiyasiga asos solindi4.
Fridrix III (1440-1493) hukmronligidan keyin imperator hokimiyatining ahvoli о‘zgardi. Imperator Maksimilian I (1493— 1519) Gabsburglarning meros yerlarini ancha kengaytirdi. Gabsburglar Avstriya, Shtiriya, Karintiya va Kraynadan tashqari yana Tirolni, Shvabiyadagi yerlarni hamda Maksimilian I Mariya Burgundskayaga uylanganda «sep» tariqasida Niderlandiyaga ham ega bо‘ldi.
Ritsarlik va shaharlardan tuzilgan Shvabiya ittifoqi (1488 yil) Frankoniya va Reyn viloyatlarini ham о‘z ta’siriga oldi; bu ittifoq imperatorning homiyligida edi. Maksimilian butun Germaniya ustidan markaziy hokimiyatni kuchaytirmoqchi bо‘ldi, u Germaniyada ham markaziy muassasalar tuzib, yirik feodallarni ham о‘z hokimiyati ostiga olishga urindi.
1495 yilda reyxstag umumimperiya sudini tuzishni lozim topdi, sud tarkibida knyazlar ham kо‘pchilikni tashkil qilishi kerak edi, ya’ni umumimperiya qо‘shini reforma natijasida knyazlarga tobe bо‘lib qolishi kerak edi5.
Yangi imperator, Maksimilian I ning nabirasi Karl V (1519—1555) imperiyada о‘z о‘rni bor edi. U ona tomondan Ferdinand va Izabellaning nabirasi sifatida Ispaniyaning ham qiroli edi, u Yevropadagi eng qudratli imperatorlardan biri edi, chunki u Ispaniya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya qiroli ham edi, shuning uchun ham u Germaniyada markazlashgan siyosiy hokimiyat о‘rnatishi qiyin edi. Karl V jahon davlati tuzish rejasi bor edi va Fransiya qiroli Fransisk I ga qarshi kurashish bilan band bо‘lganligi uchun Germaniyaning ichki ishlariga kо‘p e’tibor bermas edi, bu ishi uning obrо‘sini pasaytirdi.Uni Ispaniyada Karl I deb atashar edi. Katolik cherkovi boshqa Yevropa xalqlari kabi nemis xalqiga ham katta jabr-zulm yetkazdi. Mamlakatda cherkovga qarashli yerlar kо‘p edi. Reyn daryosi sohillaridagi eng gо‘zal va unumdor yerlar, ularda joylashgan о‘nlabshahar va qishloqlar xristian cherkoviga qarardi. Mamlakatda bir nechta arxiyepiskoplar (xristian cherkovidagi ruhoniylik unvoni, yepiskoplar ustidan nazorat qilish huquqiga ega bо‘lgan kishilar) mustaqil knyaz edilar. Germaniya imperatorini saylab qо‘yadigan yettita knyazning 3 tasi (Kyoln, Mayns, Trir) arxiyepiskopi edi.
Rim papasi (papa. yunon.ota-katolik cherkovi boshlig‘i, 1389 yildan boshlab kardinallar orasidan saylangan) esa Germaniyada ushur sifatida juda katta daromad olardi. Qirol hokimiyati kuchli mamlakatlarda cherkovning Rimga yuboradigan tо‘lovlari cheklab qoyilgandi. Imperator zaif, mayda knyazliklardan iborat Germaniyada katolik cherkovi xalqni talar edi. XVI asr boshlarida ham Germaniyada katolik cherkovi qudratli edi. Germaniyada oddiy dehqondan tortib, to knyazlargacha о‘z daromadlarining 10/1 qismini cherkovga tortiq qilinardi. XVI asr boshlarida Germaniya aholisining barcha toifalari katolik cherkovidan norozi edilar6.

Download 346 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish