Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


II BOB. XORDALILAR (CHORDATA) TIPINING UMUMIY TAVSIFI



Download 30,53 Mb.
bet6/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

II BOB. XORDALILAR (CHORDATA) TIPINING UMUMIY TAVSIFI
VA SISTEMATIKASI. TUBAN XORDALILAR


Umumiy tavsifi. Xordalilar tipiga tashqi ko`rinishi, yashash sharoiti va hayot tarzi har xil bo`lgan hayvonlar kiradi. Xordalilar, asosan barcha muhitlarda, ya`ni suvda, tuproq qatlamlarida, yer ustida va hatto havoda ham uchraydi. Geografik nuqtai nazardan ular yer sharining deyarli hamma qit`alarida tarqalgan. Xordalilarning o`lchamlari ham xilma-xil, ya`ni ularning uzunligi 0,5-3 mm dan 30-33 m gacha va og’irligi 150 t gacha boradi.
Xordalilar tipiga mansub bo`lgan hayvonlar nihoyatda xilma-xil bo`lishiga qaramasdan, ular uchun umumiy bo`lgan quyidagi xususiyatlar mavjud:
1. O`q skeleti vazifasini umrbod yoki rivojlanishining ilk davrida xorda yoki orqa tori bajaradi. Xorda elastik egiluvchan o`zaklardan hamda vakuola hujayralaridan tashkil topgan. Xorda orqa tomonidan gavdasining bir uchidan ikkinchi uchigacha cho`ziladi. Xorda, asosan ichak nayining ustki devoridan ajralib chiqadi, ya`ni entoderma hisobidan taraqqiy etadi. Tuban xordalilarda (astsidiyalar va salplardan tashqari) xorda umrbod saqlanadi, yuksak xordalilarda esa xorda faqat embrional rivojlanish davrida bo`ladi va keyinchalik xorda va nerv nayini o`rab turadigan biriktiruvchi to`qimalardan tog’ay yoki suyak umurtqalar hosil bo`ladi.
2. Markaziy nerv sistemasi (bosh miya va orqa miya) xordaning ustida tana bo`ylab joylashgan bo`lib, shaklan nayga o`xshaydi, uning ichki bo`shlig’i nevrotsel deyiladi. Yuksak xordalilarda nerv nayining oldingi qismida murakkab o`zgarishlar va yo`g’onlashuv tufayli bosh miya shakllanadi, nerv nayining qolgan qismlari esa orqa miyani hosil qiladi. Embrional rivojlanish davrida nerv nayi embrionning orqa tomonida uzunasiga ketgan botiq shaklida hosil bo`ladi, ya`ni ektodermadan yuzaga keladi.
3. Halqum devorining ikki yonida qator o`rnashgan va halqum bo`shlig’ini tashqi muhit bilan tutashtirib turadigan jabra yoriqlari bo`ladi. Tuban xordalilarda jabra yoriqlari bir umrga saqlanadi. Quruqlikda yashaydigan va ikkilamchi marta suv muhitiga o`tgan umurtqali hayvonlarda jabra yoriqlari faqat embrion davrida bo`lib, tezda bitib ketadi. Natijada halqumning keyingi qorin qismidan juft bo`rtma, ya`ni atmosfera havosi bilan nafas oluvchi organ - o`pka rivojlanadi. Hazm qilish organlari xorda yoki umurqalarning ostida joylashgan.
Qon aylanish sistemasini boshqarib turuvchi organ - yurak xordalilar gavdasiing qorin tomonida, xorda va hazm qilish nayining ostida joylashadi.
Yuqorida aytilgan belgilar bilan bir qatorda xordalilar uchun tubandagi belgilar ham xarakterlidir, lekin bu belgilar boshqa ba`zi bir umurtqasiz hayvonlar tiplarida ham uchraydi:
1. Xordalilar, ninaterililar, chala xordalilar, pogonoforalar va qiljag’li chuvalchanglar ikkilamchi og’izlilar (Deuterostomia)ga kiritiladi va birlamchi og’izlilar (Prostomia) guruhiga qarshi qo`yiladi. Ikkilamchi og’iz gastrulaning gastropor teshigiga qarama-qarshi tomon devorining yorilishidan hosil bo`ladi. Bitayotgan gastropor o`rnida esa anal teshigi hosil bo`ladi. Birlamchi og’izlilarda esa gastropor o`rnida og’iz teshigi hosil bo`ladi, orqa chiqaruv teshigi esa gastrula devorining o`pirilishi natijasida hosil bo`ladi.
2. Embrion taraqqiyot jarayonida ikkilamchi tana bo`shlig’i – selom hosil bo`ladi, bu belgi xordalilardan tashqari ninaterililar, qiljag’lilar, yelkaoyoqlilar, bo`g’imoyoqlilar va halqali chuvalchanglar uchun ham xosdir.
3. Yuksak xordalilarning embrionlarida, tuban xordalilarda, bo`g’imoyoqlilarda va ko`pchilik chuvalchanglarda asosiy organlar sistemasining periferik nerv sistemasi, muskullar, skelet, ayirish sistemasining metamer (segmentli) ravishda joylashuvi xarakterlidir. Yuksak xordalilarda metameriya deyarli bilinmaydi.
4. Xordalilar va ko`pchilik umurtqasiz hayvonlarning (g’ovaktanlilar va bo`shliqichlilardan tashqari) gavdasi ikki tomonlama – bilaterial simmetriyali tuzilgan, ya`ni gavdasini chap va o`ng bo`laklarga ajratadigan faqat bitta yuza o`tkazish mumkin.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish