Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet4/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

L.N. Formozov
(1899-1973)
L.S. Berg
(1876-1950)

Nihoyat, akademik I.I.Shmalgauzen (1884-1963) va shogirdi akademik A.N.Severtsovning (1866-1936) qiyosiy anatomiya va fiziologiya sohasidagi ishlarini keltirib o`tish lozim. Ularning umumbiologik g’oyalari hozirgi vaqtda ham keng ko`lamdagi ilmiy tadqiqot ishlarda rivojlantirilmoqda.


O`zbekistonning turli mintaqalarida tarqalgan umurtqali hayvonlar to`g’risidagi ilk ma`lumotlar miloddan avvalgi ming yillikning birinchi yarmida yaratilgan zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da uchraydi. «Avesto» O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekistonda boshqa tarmoqlar qatori chorvachilik, tibbiyot va boshqa sohalardagi faoliyatini, tabiiy hodisalarni tasvirlovchi qadimgi muqaddas kitob hisoblanadi. U miloddan avvalgi 3000 yilning oxiri 2000 yilning boshlarida yaratilgan. Unda O`rta Osiyo va qo`shni mamlakatlarning tabiiy resurslari, hayvonot va o`simliklar dunyosi haqida qimmatli ma`lumotlar keltirilgan.
Miloddan keyin Yevropada xristian dinining vujudga kelishi bilan tabiiy fanlar inqirozga uchragan bir davrda, O`rta Osiyoda u anchagina rivojlangan. O`rta Osiyo olimlari tabiiyot fanlari va ayniqsa, zoologiyaning rivojlanishiga juda katta hissa qo`shganlar. Chunonchi, Abu Nasr Forobiy (873–950) zoologiya va boshqa tabiiy fanlar to`g’risida fikr yuritgan. U hayvonlarni fikrlovchi va fikrlamaydigan guruhlarga bo`ladi. Olim «Inson dastavval hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan. Shu sababli odamda hayvonlar bilan ba`zi bir o`xshashliklar saqlanib qolgan», - deydi.
XI asrda sharqning buyuk mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy (973-1043) o`zining tibbiyot sohasidagi asarlarida 101 tur umurtqali hayvonlar va ulardan tayyorlanadigan dori-darmonlar to`g’risida yozib qoldirgan. Olim o`zining «Hindiston» (1030) asarida karkidon, fil, kiyik, del’fin kabi Hindistonda uchraydigan hayvonlar to`g’risida qiziqarli ma`lumotlar keltiradi. Ayniqsa, delfinlarning tuzilishi, ularning tovush orqali o`zaro munosabatlari, karkidonlarning tuzilishi va tarqalishi to`g’risidagi ma`lumotlari katta e`tiborga loyiqdir.
Hayvonot dunyosi, shu jumladan, umurtqali hayvonlar to`g’risidagi ilmiy ma`lumotlar Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) shoh asari «Boburnoma»da ham keltirilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat arbobi, shoir va tadbirkor podsho bo`libgina qolmay, balki o`z davrining o`ta ma`lumotli, bilimdon olimi ham bo`lgan. Bobur O`rta Osiyo, Afg’oniston va Hindistonning geografik joylashuvi, o`simliklar va hayvonot dunyosiga juda qiziqqan hamda boy va qimmatli ma`lumotlar qoldirgan. U Farg’ona vodiysida ohu, kiyik, arxar, tovushqon, qirg’ovul va boshqa ko`plab sutemizuvchilar hamda qushlarning tarqalganligini ko`rsatib o`tgan. Samarqand atrofida Buxoro kiyigi, tog’ echkisi, ohu, kaklik ko`pligini, Toshkent atrofida esa qirg’ovullarning ko`pligini ta`kidlagan. Afg’onistonda oq kiyik, qulon, o`rdak, turna, qarqara, qo`ton kabi hayvonlarning uchrashligi to`g’risida ham ma`lumotlar keltirgan. Boburnoma asarida Bobur o`zi hukmronlik qilgan Hindistonda 60 dan ortiq umurtqali hayvonlar to`g’risida qiziqarli ma`lumotlarni yozib qoldirgan. U Hindistondagi ko`pgina umurtqali hayvonlarning endemik ekanligini ta`kidlagan. Bobur Hindistonda uchraydigan hayvonlardan, ayniqsa, to`ti, tovuq, laylak, o`rdak, fil, maymun, delfin, timsoh, kiyik va boshqa hayvonlarning tashqi qiyofasini, hayot kechirish tarzini to`liq tasvirlagan. Bobur hayvonlarni yashash muhitining xususiyatlariga ko`ra ularni 4 ta guruhga, ya`ni quruqlik hayvonlari, parrandalar, suv va suv yaqinida yashaydigan qushlar hamda suv hayvonlari guruhlariga ajratgan.
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, hozirgi O`rta Osiyoda, shu jumladan, O`zbekistonda hayvonot dunyosini o`rganishga uzoq davr mobaynida juda kam e`tibor berilgan.
O`rta Osiyo, xususan, O`zbekiston hududida umurtqali hayvonlarni o`rganish sohasidagi ayrim ma`lumotlar XIX asrning birinchi yarmida paydo bo`lgan. XIX asrning ikkinchi yarmida E.A.Eversman, N.A.Severtsov, A.P.Fedchenko va A.S.Berg kabi olimlarning Respublikamizda umurtqali hayvonlarni o`rganish bo`yicha hissalari katta. 1820 yilda rus olimi E.A.Eversman zoolog sifatida birinchi bo`lib Qizilqumda tarqalgan umurtqali hayvonlar to`g’risida ma`lumotlar to`plagan. Rus olimi N.A.Severtsov o`z sayohatlarida Orol dengizi, Ustyurt, Qizilqum, Sirdaryo, Pomir va Tyanshan tog’lari umurtqali hayvonlarini o`rgangan va u O`rta Osiyoda 20 yil davomida olib borgan tadqiqot ishlari natijasini chuqur tahlil qilib, 1872 yilda «Turkiston hayvonlarining vertikal va gorizontal tarqalishi» nomli kitobini yozgan. N.M.Prjevalskiy 1870 yildan 1888 yilgacha Markaziy Osiyo bo`ylab (Mo`g’uliston, Tibet, Xitoy va Turkiston) to`rt marta sayohat qilgan va ikki o`rkachli tuya hamda Prjevalskiy oti turlarini aniqlagan. 1884 yilda O`rta Osiyoga tabiatshunos olim N.A.Zarudniy keladi va Kaspiyorti o`lkalari bo`ylab 5 marta maxsus ekspeditsiyalar uyushtiradi hamda 200 ga yaqin qushlar turini o`rganadi.
1918 yil 21 aprelda Turkiston xalq universiteti, uning tarkibida Munavvar Qori Abdurashidxonov tashabbusi bilan 1918 yil 12 mayda Musulmon xalq dorilfununi tashkil etiladi (bu sana hozirgi O`zbekiston milliy universitetining tashkil etilgan sanasi hisoblanadi). Turkiston xalq universiteti 1920 yildan Turkiston davlat universiteti deb nomlangan.
1920 yilda Toshkentda Turkiston davlat universiteti ochilishi munosabati bilan Toshkentga prof. D.N.Kashkarov keladi. D.N.Kashkarov (1878-1941) O`rta Osiyoda, shu jumladan, O`zbekistonda ekologik tadqiqotlarni boshlab bergan olimlardan biri hisoblanadi. D.N.Kashkarov rahbarligida O`rta Osiyoning umurtqali hayvonlari faunasi va ekologiyasini V.A.Selavin (sutemizuvchilar va qushlar), I.I.Kolesnikov (kemiruvchilar), R.N.Meklenburtsev (qushlar), G.P.Bulgakov (baliqlar) va T.Z.Zohidov (sudralib yuruvchilar)lar o`rganadilar.





Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish