Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


I BOB. ZOOLOGIYA (XORDALILAR) FANINING QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI



Download 30,53 Mb.
bet3/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

I BOB. ZOOLOGIYA (XORDALILAR) FANINING QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI

Zoologiya fanining rivojlanish tarixi oliy o`quv yurtlarining tabiiyot fanlari fakulteti biologiya yo`nalishi talabalariga umurtqasizlar zoologiyasi o`quv predmetidan dars o`tilganda alohida mavzu sifatida to`laqonli ma`lumotlar beriladi. Shuning uchun ushbu darslikda MDHda va shu jumladan, O`zbekistonda umurtqali hayvonlar haqida tadqiqot olib borgan yirik olimlarning ishlari to`g’risida qisqacha ma`lumotlar bayon etilgan.


XV-XVII asrlarda Rossiyada umurtqali hayvonlar bo`yicha ko`plab tadqiqot ishlari olib borilgan, jumladan, Buyuk Shimol ekspeditsiyasi (1733-1743) ishlaridan, shu ekspeditsiya a`zosi S.Krasheninnikovning «Kamchatka yerining tavsifi» (1755) kitobida ancha ilmiy asoslangan ma`lumotlarni topish mumkin. Bu kitobda fauna haqidagi ilmiy kuzatishlar berilgan.
Rossiyada umurtqali hayvonlar haqida ilmiy materiallar, asosan Rossiya Fanlar Akademiyasi ekspeditsiyalarining ishlari natijasida yig’ilgan. Akademik P.S.Pallas Volgabo`yi, Sibir, Qozog’iston va Ural faunasini o`rgangan. Ushbu yig’ilgan materiallar asosida P.S.Pallas 1811 yilda «Rus Osiyosi zoogeografiyasi» asarini yozgan. Bu kitobda o`sha davrda Rossiyada tarqalgan umurtqali hayvonlarning turlari, sistematikasi, geografik tarqalishi haqida qimmatli materiallar berilgan. Akademik A.F.Middendorfning (1815-1894) umurtqalilar ekologiyasi va zoogeografiyasi haqidagi materiallarga ega bo`lgan «Sibirning shimoliga va sharqiga sayohat» nomli fundamental ishi katta ahamiyatga ega bo`ldi. V.G.Steller Uzoq Sharqni, I.G.Gmelin Rossiyaning Yevropa qismi janubini, I.I.Lepexin Rossiyaning shimoliy va markaziy qismlarining umurtqali hayvonlarini o`rganganlar. Zoologiyada ekologik yo`nalishni rivojlantirishda Moskva universitetining professori K.F.Rule (1814-1858)ning xizmati katta. Uning shogirdi N.A.Severtsov (1827-1885) ustozi ishlarini Rossiyaning Yevropa qismidagi quruqlikda yashovchi umurtqalilar va Turkiston zoogeografiyasi sohasidagi ishlarida davom ettirdi.

.


N.A. Severtsov A.N. Severtsov
(1827-1885) (1866-1936)

Baliqlar (L.S.Berg, 1876-1950); amfibiyalar, reptiliyalar (P.V.Terentyev, 1903-1970; I.S.Darevskiy); qushlar (M.A.Menzbir, 1855-1935; P.P.Sushkin, 1868-1928); G.P.Dementyev, 1898-1969) va sutemizuvchilar (S.I.Ognev, 1886-1951; V.G.Geptner, 1901-1975) sistematikasini rivojlantirishda rus olimlarining xizmatlari katta bo`ldi.


Akademiklar S.S.Shvarts (1919-1976), V.E.Sokolov (1930-1998), I.A.Shilov (1912-2001) va professorlar D.N.Kashkarov (1878–1941), V.V.Stanchinskiy (1882–1942), N.P.Naumov (1902-1987), A.I.Ivanov (1902-1987), V.R.Dolnik, S.P.Naumov (1905-1982), A.V.Mixeyev (1907-1999)lar tomonidan hayvonlar, ayniqsa, umurtqali hayvonlar ekologiyasining umumiy masalalari muvaffaqiyatli hal etilgan. Ular tomonidan yirik monografiyalar, darsliklar va o`quv qo`llanmalar yaratilgan. Shu bilan bir qatorda Moskva universitetining professorlari B.M.Jitkov (1872-1943), A.N.Formozov (1899-1973) va G.V.Nikolskiy (1910-1977)larning baliqlar, qushlar va sutemizuvchilar ekologiyasi bo`yicha olib borgan keng ko`lamdagi tadqiqot ishlarini ham qayd qilib o`tish lozim. Bu olimlar epizootologik ahamiyatga ega bo`lgan ovlanadigan hayvonlar turiga ham alohida e`tibor berganlar.




Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish