Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet287/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Yo`ldosh yoki bola o`rni. Yo`ldosh, asosan sutemizuvchilar sinfining eng yuksak tuzilgan kenja sinfi yo`ldoshlilar uchun xos. Allantoisning tashqi devori bilan seroz qobiqning bir qismi qo`shilishi natijasida xorion hosil bo`ladi. Xorionning tashqi yuzasida vorsinkalar (o`siqlar) bachadon devoriga botib kiradi va haqiqiy yo`ldosh hosil bo`ladi. Bu yerda embrion qon tomirlari bilan tutashadi. Bu hol embrionning ona qoni hisobidan oziqlanishini ta`minlaydi.
Xoriondagi tuklarning qanday o`rnashganiga qarab yo`ldoshlar bir necha tipga bo`linadi:
1. Diffuzli yo`ldosh. Bunda vorsinkalar xorionga bir tekis tarqaladi. Bunday yo`ldosh kitsimonlar, chala maymunlar va tuyoqlilarga xos.
2. Bo`lakchali yo`ldosh. Bunda tuklari to`p-to`p bo`lib, butun xorion yuzasiga tarqalgan bo`ladi. Bunday yo`ldosh kavsh qaytaruvchilarga xos.
3. Halqasimon yoki zonal yo`ldosh. Xorion tuklari keng belbog’ shaklida bo`lib, embrionni ko`ndalangiga o`rab oladi. Buday yo`ldosh itlar, xartumlilar, kurakoyoqlilar va sirenlarga xos.
4. Diskoidal yo`ldosh. Tuklari bir joyda to`planib, disk hosil qiladi. Bunday yo`ldosh kemiruvchilar, hasharotxo`rlar va maymunlarga xos.
Shuningdek, yo`ldoshlilarning ayrim vakillarida yo`ldoshi tushadi, ayrimlarida esa tushmaydi. Tushadigan yo`ldosh va tushmaydigan yo`ldosh xorion tuklari yo`ldoshning ona qismiga nechog’li mahkam birikkanligiga qarab tafovut qilinadi. Birinchi holatda bola yo`ldoshi (xorion) va bola tashqariga chiqariladi, buning natijasida qon oqadi. Diskoidal yo`ldoshlarning ko`pchiligi tushadigan yo`ldoshlar tipiga kiradi. Tushmaydigan yo`ldoshda xorion vorsinkalari bachadon pardasi bilan bo`sh birikkan bo`lib, tug’ish davrida pardasidan chiqib ketadi. Diffuzli va bo`lakchali yo`ldoshlar tushmaydigan yo`ldoshlar tipiga kiradi. Allantois tashqi pardasi bilan seroz pardasi qo`shilishi natijasida xorion g’ovaksimon tuzilishni hosil qiladi. Xorionning vorsinkalari bo`lib, u bachadon epiteliysi bilan birikadi. Bu yerda ona organizmi bilan bog’liqlik vujudga keladi, natijada embrionni gaz almashinishi va oziqlanishi yuz beradi. Birteshiklilarda yo`ldosh bo`lmaydi, xaltalilarda esa yo`ldosh rudiment holida bo`ladi.



Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish