Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet174/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

133-rasm. Cho`l agamasi.
udralib yuruvchilarning ichki tuzilishi ham murakkablashgan, ularda halqum bilan nafas olish o`rniga, ko`krak qafasining harakati orqali nafas olish qaror topdi. Sudralib yuruvchilar, qutblardan tashqari yer yuzining barcha faunistik viloyatlarida tarqalib, juda turli-tuman hayot shakllarini hosil qiladi. Ular orasida quruqlikda,
yer ostida, suvda va daraxtda yashovchilari bor. Qazilma reptiliyalarning qanoti bo`lib, ular havoda ham uchgan. Qadimgi ajdodlaridan meros bo`lib qolgan gavda harorati atrofidagi muhit haroratiga bog’liqligi o`ziga xos xususiyatlardan hisoblanadi. Biroq sudralib yuruvchilarning vakillari nam tropiklardagina emas, balki harorati ancha yuqori bo`lgan sahrolarda ham tarqalgan. Masalan: ilonlar +100C da kam harakatchan, +60 +80C da harakat qilmay qo`yadi. -2-30C da karaxt bo`ladi va gavda harorati -4-60C ga tushsa halok bo`ladi.
Sudralib yuruvchilar tropik min-taqalarda keng tarqalgan bo`lib, qutbga yaqinlashgan sari ularning turi kamayib boradi. Masalan: Indoneziya orollarida sudralib yuruvchilarning 150-200 turi yashasa, O`rta Osiyoda 50 dan ortiq turi, Kavkazda 68 ta turi, G’arbiy Yevropada 12 ta turi va Shimoliy qutb doirasida bor yo`g’i 2 ta turi uchraydi, ya`ni odatdagi qora ilon va tiriktug’ar kaltakesak.
Reptiliyalar uchun juda yuqori harorat ham yomon ta`sir qiladi. Masalan: qum yumaloqbosh kaltakesaklari, O`rta Osiyo cho`llarida 46-480C issiqda o`zini yomon sezadi, nafasi qisilib, pastroq haroratni izlashi kuzatilgan. D.N.Kashkarov qum yuma-loqbosh kaltakesakni 550C li issiq qumda 4 minutgacha chidaganligini va keyin nobud bo`lganligini tajribalar asosida kuzatgan.
Yozda ko`pchilik tangachalilar qumli cho`llarda isib ketishdan qochib, uyalariga yashirinadi yoki daraxt shoxlariga chiqib oladi (133-rasm). D.N.Kashkarovning ku-zatishlariga qaraganda, O`rta Osiyoning qumli cho`llarida yozda harorat yerdan 2 m balandlikda (daraxt shoxlarida) yerda soya joydagiga nisbatan 100C past, quyosh nuri tushib turgan joydagiga nisbatan esa 280C past bo`lishi aniqlangan. Shuningdek, sudralib yuruvchilar toqqa ko`tarilgan sari, ularning soni sezilarli darajada kamayib borishi ham kuzatilgan. O`rta Osiyoda sudralib yuruvchilarning eng baland tarqalishi chegarasi dengiz sathidan 5000 m balandlik hisoblanadi.
Tuproq namligi va undagi tuz miqdori sudralib yuruvchilarning hayotiga unchalik ta`sir qilmaydi. Sahrodagi o`simliklar qurib qolishi natijasida cho`l toshbaqalari uyquga ketadi.
Sudralib yuruvchilar yashash sharoiti va tarqalishiga qarab quyidagi ekologik guruhlarga bo`linadi. Quruqlikda yashovchilar, yer ostida yashovchilar, suvda yashovchilar va daraxtda yashovchilar. Hozirgi yashab turgan sudralib yuruvchilar orasida havoda uchib yuradigan turlari yo`q.
Reptiliyalarning ko`pchiligi, asosan quruqlikda yashaydi. Quruqlikda har xil yashash sharoitlari mavjud. Shuning uchun ular qumda, tuproqda, toshli sahrolarda, o`rmonda, botqoqliklarda uchraydi. Ko`pchiligi esa quyosh nuri ko`p tushadigan va o`simlik qoplami siyrak bo`lgan ochiq joylarda yashaydi.
Sudralib yuruvchilarning harakati ham har xil bo`lib, ba`zilari yerda sudralib harakat qilib sudralib yuruvchilar degan nomini to`la oq-laydi. Timsohlar, echkemarlar va ko`pgina kaltakesaklar tanasini biroz yerdan ko`tarib yuguradi. Ularning shunday turlari borki, uzoq masofaga faqat orqa oyoqlari yordami bilan yuguradi (agamalar, iguanalar, Avstraliyada yashaydigan plashli kaltakesaklar). Sahrodagi kaltakesaklar esa tanasini yuqori ko`tarib, og’irligini orqa oyog’iga tushirib harakatlanadi. Chunki sharoit shuni taqozo etadi, ya`ni ular tanasiga issiq qum tegmasligi uchun shunday qiladi. Ko`chma qumli sahrolarda yashaydigan sudralib yuruvchilarning esa shoxli tishchalari, ya`ni o`tkir tirnoqlari bo`ladi (gekkonlar, ayrim agamalar, kaltakesaklar va iguanalar). Gekkonlarning 1 ta turida (Palmatogecko rangi) barmoqlari orasida teri suzgich pardasi bo`ladi. U Sharqiy Afrikaning qumli sohillarida yashaydi. Qumli sahrolarda yashaydigan ayrim tur reptiliyalarning tanasi yapaloqlashgan bo`ladi (Meksikada yashovchi iguanalarning tanasi diskka o`xshaydi). O`rta Osiyo yumaloqbosh kaltakesagi ham qumli sahroga moslashib harakat qiladi. Reptiliyalar o`simlik ko`p bo`lgan o`rmonlarda, chakalakzorlarda ham yashab, shu sharoitga moslashib harakatlanadi. Bo`g’ma ilon (Boa) va ko`r ilonlarning (Typhlopidae) orqa oyoqlarida rudimenti bor. Ba`zi kaltakesaklar esa oyoqsiz bo`ladi. Bularga urchuqchalar va sariq ilonlar kiradi.
Sudralib yuruvchilarning ayrim turlari yer ostida hayot kechiradi. Ular yerni kavlab o`zlariga uya yasaydi yoki yer yoriqlariga kirib yashaydi. Bularga ko`r ilonlar, cho`l toshbaqalari va ayrim tur to`garakboshlar kiradi. Masalan: cho`l toshbaqasi ikki oyog’i bilan yer qaziydi va in yasaydi. Bu esa ularni issiqdan saqlaydi. Ba`zi sudralib yuruvchilar esa boshi yordamida tuproqni suradi. Ilonlarda jag’lar orasida uzun bo`rtib chiqqan bo`rtmasi bo`ladi. Bizda uchraydigan qum bo`g’ma ilonchasi tezlikda qum ichiga kirib ketadi. Yer ostida yashovchi reptiliyalarning gavdasi cho`zinchoq, ilonsimon, qisman yoki butunlay oyoqlari rudimentlashib ketgan bo`ladi. Tangachalari silliq yoki tangachalari bo`lmaydi. Ko`zi ham yaxshi rivojlanmagan, yoki reduktsiyaga uchragan (ko`r ilonlar, amfisbenlar). Yumaloqbosh kaltakesak qumni boshqacha harakatlanib qaziydi. Ularning yon tomonida yapaloqlashgan tanasida teri ipchalari bo`lib, tangachalariga tegib turadi. Dushmandan qochganda, yerga qattiq yopishib olib tanasini dam o`nga va dam chapga buradi. Natijada tezlikda qum ichiga kirib ketadi.
Daraxtda yashovchi sudralib yuruvchilarning ko`pchiligi daraxt shoxlariga va baland toshlar ustiga o`rmalab chiqadi (xameleonlar, ayrim tur kaltakesaklar, agamalar va ilonlar). Ularning ko`pchiligida barmoqlarining tagida bargsimon do`mboqchalari bo`ladi, ba`zilarida bu do`mboqchalar dumida va hatto yon tomonida ham bo`ladi. Ba`zi kaltakesaklarning barmoqlari uzun va qayrilgan tirnoqlari bor, shu barmoqlari yordamida daraxt shoxlarida turib aylana oladi (xameleonlar). Xameleonlarning barmoqlari qarama-qarshi joylashgan. Agamalar va ayrim tur ilonlar ham daraxt shoxlariga chiqa oladi. Daraxtlarda yashovchi sudralib yuruvchilarning ayrim turlari uchishga moslashgan (Zond orolidagi kurak dumli gekkon (Ptychozoon). Kurakdumli gekkon boshining yon tomonida, tana, dum va barmoqlari orasida pardalari bo`lib, ular yordamida parashyutga o`xshab uchadi. Uchuvchi ajdar (Draco draco) Malay arxipelagi o`rmonlarida yashaydi. Uning bir daraxtdan ikkinchi daraxtga sakrab uchishi 20-60 m ga etadi. Uchuvchi ajdarlar uchib yurgan hasharotlarni tutib yeydi.
Suvda yashovchi sudralib yuruvchilarning ko`pchilik turlari suvda hayot kechirishga moslashgan. Bularga dengiz toshbaqalari, dengiz ilonlari va timsohlar kiradi. Ularning ham harakat mexanizmlari har xil. Timsohlar ikki yon tomonidan qisilgan dumi yordamida suzadi. Suzishda qisman oyoqlari ham qatnashadi. Galapagos orollarida yashovchi dengiz iguanasi (Amblyrhynchus) faqat dumi yordamida suzadi, oyoqlari tanasiga mahkam yopishgan bo`ladi. Dengiz ilonlari dumini egib-egib suzadi. Suvdagi toshbaqalar boshqacha harakat bilan moslashgan, ya`ni ularda suzish organi vazifasini kuraksimon oyoqlari bajaradi. Haqiqiy toshbaqalarda kosasi reduktsiyalanib, nafas olishi o`zgaradi. Dengiz toshbaqalari va suv ilonlarida halqumida ichki jabralari bo`ladi, ba`zilarida orqa ichagida anal pufakchalari bo`lib, ular qonni suvda oksidlashga yordam beradi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish