LG Nortel LDP 7024D raqamli telefon quyidagi qismlardan iborat:
Telefon korpusi
So’zlashuv trubkasi
Ko’p funksiyali tugmali raqam tergich
LSD display
Asosiy elektron plata
Tugmali raqam tergich elektron platasi
Akustika qurilmalari dinamik va mikrofon
RJ11 konnektorli so’zlashuv trubkasi kabeli
LG Nortel LDP 7024D raqamli telefon ko’p funksiyali bo’lib undagi tugmalar quyidagi vazifalarni bajaradi:
Speed tugmasi- Qisqa raqam terish uchun ishlatiladi
DND / FWD- Kiruvchi qo'ng'iroqlarni bloklash uchun ishlatiladi
Speaker- baland tovushli suhbat rejimini faollashtiradi
Hold/Save- Qo'ng'iroqni kutish jejimiga o’tkazish yoki dasturlash paytida ma'lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi
3 ta Boshqarish tugmasi- Ushbu tugmalar displeyda ko'rsatilgan funksiyalarni tanlash uchun foydalaniladi.
Trans/ProGraM- Qo'ng'iroqlarni uzatish yoki dasturlash rejimiga kirish uchun ishlatiladi.
Call back- Telefon liniyasi bandligi sababli chiquvchi qo'ng'iroq qabul qilinmagan raqamga qayta qo'ng'iroq qilish uchun foydalaniladi
Hands-free - balan tovushli suhbat rejimida mikrofonni faollashtiradi
Sektor Menyu- Menyu bandlari va variantlarini tanlash uchun foydalaniladi
Telefon korpusi-old va orqa qismdan iborat bo’lib mustahkam plastikdan tayorlangan. Korpusning vazifasi ichki qismlarni tashqi tasirdan himoyalash.
So’zlashuv trubkasi-mikrofon va dinamikdan iborat bo’lib, mikrofon tovush signalini elketr signaliga aylantiradi, dinamik elektr signalini tovush signaliga aylantiradi.
Ko’p funksiyali tugmali raqam tergich tugmalari- Qisqa raqam terish, balan tovushli suhbat rejimini faollashtirish,Qo'ng'iroqlarni uzatish yoki dasturlash rejimiga kirish, Menyu bandlari va variantlarini tanlash, boshqarish tugmalari va boshqa ko’plab funksiyalarni bajaradi.
LSD display-3 ga 24 satr va ustunga ega bo’lib, terilgan raqamlar va kiruvchi raqamlarni, abonent liniyasining holati va turli xabarlarni ko'rsatadi
Asosiy elektron plata-bu platada telefonni ishlashi uchun kerakli radioelimentlar joylashgan plata bo’lib unda mikroprotsessor, mikrosxema, transistor, kondensator, resistor, kiruvchi va chiquvchi interfeyslar joylashgan
Tugmali raqam tergich elektron platasi- Tugmali raqam tergichdan buyruqlarni qabul qilish va asosiy plataga yuborish vazifasini bajaradi.
Akustika qurilmalari dinamik va mikrofon- baland tovushli suhbat rejimida gaplashish uchun ishlatiladi. Mikrofon tovush signalini elketr signaliga aylantiradi, dinamik elektr signalini tovush signaliga aylantiradi.
RJ11 konnektorli so’zlashuv trubkasi kabeli- So’zlashuv trubkasini telefonga elektr bog’lanishni ta’minlaydi. Kabel 4 simdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |