Lentasi toʻkma, donali, boʻlak-boʻlak yuk yoki buyumlarni, asosan, qisqa, baʼzan uzoq, masofaga uzluksiz va bir xil maromda tashiydigan mashina



Download 15,74 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi15,74 Kb.
#446099
Bog'liq
Konveyer lentasi


Konveyer lentasi — toʻkma, donali, boʻlak-boʻlak yuk yoki buyumlarni, asosan, qisqa, baʼzan uzoq, masofaga uzluksiz va bir xil maromda tashiydigan mashina. Vazifasiga koʻra, transport (yuk tashiydigan) va texnologik (texnologik operatsiyalarni oʻzaro bogʻlaydigan) xillarga boʻlinadi. Tortish organi boʻlgan va tortish organi boʻlmagan turlari bor. Elektrik yuritma bilan harakatlanadigan mexanik Konveyer keng tarqalgan. Bunday Konveyerlarning tortish organlari lenta, zanjir va kanatdan iborat boʻlib, ular yordamida buyum yoki yuklar tashiladi. Yuk tashish organlarining turiga koʻra, dasturli boshqariladigan lentali, koʻraqli, plastinkali, osma, shuningdek, kovshli, aravachali va boshqa turlarga; tortish organi boʻlmagan vintli (shnekli), inersion (chayqaluvchi, tebranma), rolikli (rolgang), odimlovchi (quymachilik, yigʻuvchi) va boshqa turlarga boʻlinadi. Lentali K. bilan, asosan, donali yuklar tashiladi. Zanjirga biriktiriladigan moslamaning tuzilishiga qarab, zanjirli K. lar plastinkali, koʻrakchali, ksvshli va aravachali boʻladi. Plastinkali K. lar, asosan, boʻlak-boʻlak materiallarga moʻljallangan boʻlib, yukni qiya yunalishda tashishga imkon beradi, mayda koʻmir va rudalarni surish uchun ishlatiladi. Kovshli va aravachali K.lar ayrim korxonalarda (metallurgiya va kimyo kombinatlarida), asosan, toʻkma yuklarni tashish uchun ishlatiladi. Bugʻdoy, un, sement, shagʻal, qum, mayda koʻmir qabilarni yaqin masofaga tashish uchun vintli Konveyerlar qoʻllaniladi. Toʻp qilib yigʻilgan yoki yashiklarga joylangan yuklarni pastga tushirish uchun rolikli (gravitatsion) K. dan foydalaniladi. Bunday K.larda yuk oʻz ogʻirligi bilan pastga toʻshadi. Inersion Konveyer toʻkma kjni gorizontal va qiya yoʻnalishda qisqa masofaga tashish uchun moʻljallanadi. Bunday K. da yuk inersiya kuchi hisobiga harakatlanadi. Boʻlardan tashqari, yuklar suyuqliklar bilan birga nasoslar yordamida quvur yoki novlarda harakatlanadigan gidravlik, yuklar yoki buyumlar ventilyatorlar yordamida hosil qilinadigan bosimlar farqi hisobiga quvurlarda harakatlanadigan pnevmatik K.lar bor. Maxsus ishlarga moʻljallangan K.lar elevator va eskalator deb ataladi

Mashinasozlik korxonalarida konveyerlar ko`p ishslastiladi. Konveyerlar lentali va zanjirli bo`ladi. Lentali konveyerlar eng ko`p tarqalgan tur xisoblanadi va xalq xo`jaliginig xamma soxalarida ishlatiladi. Lentali konveyerlar reduktor, mufti, stamina, tortuvchi va taranglovchi barabanlar, tekis yoki tarnovsimon tayanch roliklar, roliklar o`rnatiladigan tayanchlar, yukni yuklovchi va tushiruvchi qurilmalar va cheksiz aylanuvchi lentadan iborat. Lenta konveyerda asosiy organ bo`lib u xam tortuvchi xam ishchi vazifasini bajaradi. Lentali konveyerlar uzunligi lentaning mustaxkamligga bogliq. Bitta tortuvchi baraban va tekstil lenta bo`lganda 25…100 m ni tashkil qiladi. Ko`p tortuvchi barabanli konveyerda 2 km gacha boradi. Tezligi 1… 5 m/sek. Ish unumdorligi 10000 t / soatga boradi . Gost 21 01 – 78 bo`yicha umumiy axamiyatga ega konveyerlar ishlab chiqariladi. Konveyerning asosiy ko`rsatkichi –lentaning eni, tezligi va tortuvchi barabaning diametri xisoblanadi . Lentalar materiali-rezina ip mato va po`lat sim-rezina . Rezina ip matoli lanta tayyorlash uchun bir necha ip mato (belting) rezina bilan birlashtiriladi va tagi, usti, yonboshlari xam rezina bilan qoplanadi . Qoplama lentani yeyilishdan, mexanik ta`sirdan, xo`llahishdan saqlaydi. Lenta bo`ylama cho`zuvchi kuchlarga ishlaydi. Po`lat sim rezinali lentada xam simlar rezisna bilan birlashtiriladi va ustlari qoplanadi . Umumiy axamiyatga ega bo`lgan lentalar 65 gradus issiqlikda ishlay oladi. Maxsus lentalar 100 gradusgacha chidaydi. Lentalarning eni 300-400-500-650-800-1000-1200-1400-1600-1800- 2000 bo`ladi. Lentalar GOST 20-85 bo`uyicha tayyorlanadi. Xozirgi paytda sun`iy toladan qilingan lentalar ko`plab tayyorlanmoqda .



Download 15,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish