Leksikografiya asoslari



Download 265,54 Kb.
bet9/33
Sana21.01.2022
Hajmi265,54 Kb.
#395633
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
LEKSIKOGRAFIYA O\'MK 1

Yiglamaq lafziga hay-hay ni ham qo‘shib aytadilar va bu ham turkiy uslubdir. Bayt:

Navayi, ul gul ucun hay-hay yiglama kop,

Ki “hay” degunca ne gulbun, ne gunca, ne gul bar.

Yana turk alfozida qimsanmaq va qizganmaq - ikki g‘arib lafzdirki, uning adosi bu baytda bor. Bayt:

’Uzarigni acarga qimsanur-men,

Vale el kormakiga qizganur-men.

Forsiygo‘y shoirlar bunday xo‘b mazmun adosidan bebahradirlar.

Oshiqning oyog‘iga tikan kirmakka ular (ya’ni forsiygo‘ylar) xar lafzi bilan arz qilibdurlar. Ammo cokur unga qaraganda og‘rituvchidir, ularda bu lafz yo‘qdir. Turkchada bu shunday ado topibdi:

Cokurlar-kim, senig yolugda tewralmis ayagimga,

Cekip ul koy gardin surma tartar-men qaragimga.

“Abushqa” lug‘atida cokur so‘zining talaffuzi va ma’nosi to‘g‘risida yaxshi ma’lumot berilgan: cokur - kaf kaf-i ’arabidur, dikan ma’nasinadur (DDT,249).

Yana ishq yo‘lida mahbubning nazari muyassar bo‘lsa, oshiqning niyoz yuzidan telmurmagi so‘ng munosib ishdir. Bu lafz ularda yo‘qdir va buningdek lafzlari ham yo‘qdir. Turkchada bu bunday deyilibdi. Bayt:

Tokadur qanimni har dam kozlarig baqip turup

Kim, neca yuzumga baqqay-sen yiraqdin telmurup.

Yana turk lafzining suyukligi yasanmagi muqobalasida sart lafzida arasta va arayis lafzi bor. Ammo bezanmak muqobalasida biror so‘z demaydilar va u yasanmag ning mubolag‘asidir. Bayt:

Erur bas cu husn-u malahat saga,

Yasanmaq, bezanmak ne hajat saga.

Yaxshilarning ko‘z va qoshlari orasini qabag derlar. Forsiyda bu uzvning oti yo‘qdir. Masnaviyda bir jamoat go‘zallar ta’rifida bunday deyilibdi, bayt:

Megizlari - gul-gul, mijalari - xar,

Qabaglari - keg-keg, agizlari - tar.

Yana ishq izhorida ask vayiglamaq muqobalasida ah va issig dam fursatidir. Turklar “dam”ni caqin ga va “oh”ni ildirim ga nisbat berib debdurlar, bayt:

Firaqig icra ulus ortamakka, ey mahim,

Caqin durur damim-u ildirim durur ahim.

Sart tilida caqin va ildirim dek tayinlangan va mo‘tabar ikki narsaga ot qo‘ymaganlar. Arab tilidagi barq va sa’iqa lafzlari bilan ado qilibdurlar.

“Abushqa” lug‘atida caqin so‘zining ma’nosi “chaqmoqning shu’lasi” (caqmaqdan ciqqan su’laya derlar) deya izohlangan (DDT,233).

Husn ta’rifida “ulug‘roq xol”ga turklar meq ot qo‘yibdurlar, ular esa ot qo‘ymaydilar. Turk bu ta’rifni bu nav ado qilibdur, bayt:

Anig-kim, al eginda meg yaratti,

Boyi birla sacini teg yaratti.

Agar bir-birini lafzlar va’zida ular qisqa qilibdurlar, arz qilingudek bo‘lsa, so‘z uzayib ketadi.

Navoiyning ta’kidlashicha, omonim so‘zlar ham badiiy san’atga yo‘l ochadi. She’rda tajnis-u iyham [misralar oxirida jinsdosh, shakldosh so‘zlar ishlatib, turli ma’nolar chiqarib, so‘z o‘yini qilish] qoidasi bor. Chiroyli ibora va go‘zal belgilarda forsiydan ko‘ra turkchada ko‘proq tajnisni bildiruvchi so‘z va iyhomni anglatuvchi nuktalar borki, bu nazmni bezantiradi va san’atli qiladi. Masalan: at so‘zini olaylik: bir ma’nisi “ot, ism”dir, yana bir ma’nosi “minadigan ot” va yana bir ma’nosi “amr”dirki, tasniya oqni at deb buyurg‘aylar. Misol:

Cun pari-vu hurdur atig, begim,

Sur’at icra dev erur atig, begim.

Har xadagi-kim, ulus andin qacar,

Natavan janim sari atig, begim.

Ushbu tuyuqda kechgan birinchi at - “ot, ism”; ikkinchisi - “ot, hayvon”; uchinchi at- esa fe’l, buyruq ma’nosidadir.

Bu ikki bayt tajnis-i tam [to‘liq tajnis]dir hamda turk shoirlariga xos bo‘lib, sartda yo‘qdir. Buni tuyug derlar.

Yana it lafzi, unda ham uch ma’ni bor. Misol:

Ey raqib, ozni aga tutsag ham it,

Bizga rahm aylap anig koyidin it.

Garci bar dozaxca ’isqig su’lasi,

Bizni oz ilgig bila ul sari it.

Ushbu tuyuqning birinchi sartidagi it - “it, ko‘ppak”, ikkinchisi - “yo‘qot”, so‘nggi satridagisi esa “elt” ma’nosidadir.

Yana <>> tus so‘zida ham yuqoridagidek uch ma’no bor. Yanayan so‘zida vayaq so‘zida ham shundaydir. Bu xildagi uch ma’noli so‘zlar turkiyda ko‘p topiladi.

Va shunday so‘zlar topilurki, to‘rt ma’nosi bo‘ladi. Masalan, jb bar so‘zi: bir ma’nosi - “mavjudlig‘” (ta’kid), bir ma’nosi - “boruvga amr”, bir ma’nosi - “yuk”dir, bir ma’nosi - “samar” (meva)dir.

Shunday so‘z ham topilurki, undan besh ma’no anglashiladi. Masalan, sagin so‘zi: bir ma’nosi - “yod qilmoqqa buyruq”, biri - “surli qo‘yning oti”dir, “ishq mastligi”yu “majnunligi” va “xastaligi” muqobilida sagin desa bo‘ladi va har birining o‘rnida ishlatsa bo‘ladi.

Yana andoqki, j> tuz so‘ziki, undan bir necha ma’noni anglash mumkin. Biri tuz - “o‘q yoki nayzaga o‘xshash narsa”ga aytiladi, yana tuz - “tekis dasht”ni derlar, yana tuz - “to‘g‘ri kishi”ni aytadilar, yana tuz - “cholg‘uni sozlamoqqa buruq”dir, yana tuz - “ikki kishi orasida muvofaqat solmoq (kelishtirish, yarashtirish)”. Yana tuz - “biror majlis (o‘tirish) anjomlari”ni aytish ham mumkin.

Yana ^jS kok so‘zini ham bir necha ma’noda ishlatadilar. Biri kok -“osmon”ni deydilar, yana kok - “ohang”dir, yana kok - “tikarda ko‘klamak, ko‘klab tikish”, yana kok - “qadag‘(bo‘yoq)”ni ham derlar, yana kok - “sabza va o‘lang”ni ham derlar.

Bu xildagi uch, to‘rt va undan ortiqroq ma’no anglashiladigan so‘zlar ko‘p, forsiy so‘zlarda bunday narsalar yo‘qdir.

Yana yeyiladigan oziq-ovqatni yeguluk deydilar. Sart elining ko‘pi, balki barchasi yemakni ham, ichmakni ham xordan so‘zi bilan aytadilar.

Ulug‘ qardosh va kichik qardoshning har ikkisini baradar deydilar, turklar ulug‘ni - aga, kichikni - ini deydilar. Ular ulug‘ va kichik qiz qardoshni ham xahar deydilar. Bular ulug‘ni - egaci va kichikni - siqil deydilar. Bular otaning og‘a-inisini - apaga, onaning og‘a-inisini - tagayi deydilar. Ular hech biriga ot belgilamaydilar, arab tili bilan em va xal deydilar. Kokaltas ni turkcha aytadilar, ataka va enaga ni ham bu til bilan aytadilar.

Bir aniq nimakim, aq uy dir, unga xirgah deb ot qo‘yganlar. Ammo uning bo‘laklarining ko‘pini turkcha aytadilar, andoqki, tuqluk-u uzuk va torlug-u basrug va cig-u qanat va kozanak-u uwug va bagis-u bosaga va erkina va shuning singari.

Ovda asosiysi kiyikdir, turk uning erkagini - huna, tishisini (urg‘ochisini) qilcaqci deydi. Yana suyqunning erkagini - bugu, tishisini - maral deydi, sart esa ahu va gavazn deydi, xolos.

To‘ng‘izning erkagini - qaban, tishisini - megajin, ushog‘ini - corpa derlar. Sart esa barchisini xuk va guraz deydi.

Qushlarga kelganda, bular ichida aniq va mashhuri ilbasan ordak bo‘lib, bu ovlanadigan o‘rdak, degani. Hozirgi o‘zbekchada ilvasin, ilvasingina so‘zlari ham ishlatiladi. Navoiy so‘zida davom etadi: sart el ilbasun ning o‘zini bilmaydi. Turk o‘rdakning erkagini - sona, tishisini borcin deydi. Sart bularga ham ot qo‘ymasdan, nar va moda ikkalasini murgabi deb ataydi. O‘rdakning xillarini yaxshi biladigan qushchilar qoshida, masalan, corka, erka, suqsur, almabas, caqirqanat, temurqanat, alalaga, alapoka, bagcal va bu yo‘sinlig‘ ot bilan aytaydilarki, ular yetmish xilga boradi, sart esa barchasini faqat murgabi deydi. Agar bir-biridan ajratmoqchi bo‘lsa, turkcha ataydi.

Yana dasht qushlaridan togdaq, togdari, cagruq, qilquyrug, qulapurga, yapalag, quladu, laglak, caylaq, qaraqus, telbaqus, ciqcig dek qushlarning otlari yo‘qdir, ko‘pini turkcha ayturlar. Tog‘ va tuzda cilga, soqmag, dos, argadal, qiresma, burtag-u segritma, sirt, ucma, esma, ilat, qiralaq, toqay, kol, koylak, saq, sayaq, caqil, say, sortaq dek nimalarning ko‘piga ot tayin qilmaydilar.

Jonivorlarning dovushidan bir otning kishnamagi[kisnamak]ga siha deb ot qo‘yibdilar. Tuyaning bo‘zlamog‘iga[bozlamaq]yu sigirning mungramagi[muqramak]ga va eshakning ingramog‘iga[iqramaq]yu itning tegishmagi[tegismak]ga va uvlamog‘i[uwlamaq]ga forschada so‘z yo‘qdir.

Yana otning tabucaq, argumaq, yaka, yabu, tatu yo‘sinliq xillarining barini faqat turkcha ayturlar. Otning yoshini ham ko‘pragini turkcha aytadilar. Yolg‘iz qulunni kurra derlar, boshqalarini: tay, gonan, donan, tulan, cirga, langa singarilarni so‘zga chechanlari turkcha aytadilar, ko‘pchiligi buni ham bilmaslar.

Ot egarini garchi zin desalar ham, ko‘p jabduqlarini, misli jibilgir, hana, toqum, jazlig, olaq, qom, olarcag, ganjuga, j'ilbur, qusqun, qantar, tufak, toqa yo‘sinlig‘ turkcha ayturlar. Qamchini tazyana desalar ham, ammo buldurga sini va cupcurga sini turkcha aytadilar.

Yanajiba, jawsan, koha, qangalduruq, qarbici, kecim, aha singari urush asbobini ham turkcha aytadilar.

Ma’lum kiyimlardan, misli dastar, qalpaq, navrozi, topp'i, sirdag, dakala, yelak, yaglig, terlik, qur singari narsalarning barini turkcha aytadilar.

Yeguliklardan garchi qo‘y a’zolaridan ba’zisiga ot qo‘ygan bo‘lsalar ham, ammo arqa, asuglug ilik ni va yan soqak, qaburga, ilik, orta ilik va boguzlagu ni turkcha aytadilar. Yana ba’zi yemaklardan qaymag, qatlama, bulamag, qurut, ulaba, mantu, quymag, urkamac ni ham turkcha aytadilar. Q'im'iz, suzma, baxsum, bozani ham turkcha aytadilar. Yana tutmac, umac, kumac, talgan ni ham turkcha aytadilar. Bu xil mayda narsalar juda ko‘p topiladi.


Download 265,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish