Amaliy tilshunoslik. Tilshunoslikning lingvistik masalalarni (mas., mashina tarjimasini) hal etishni hisobga olgan holda amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohalari (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika kabi).
Elektron lug'atlar - odatdagi lug'atlar asosida leksikografiya sohasiga kompyuter texnologiyalarining tatbiq etilishi natijasida yaratilgan, multimedia vositalari bilan boyitilgan dastur.
Ikki tillilik - ikki tilda bemalol fikrlay olish; ikki tilni bir xilda egallaganlik; zullisonaynlik.
Ikki tilli lug‘at - bir tilning lug‘aviy birliklarini boshqa tilga tarjima qilib beriladigan lug‘at. Mac., ruscha-o‘zbekcha lug‘at, o‘zbekcha-ruscha lug‘at.
Izohli lug‘at - lug‘aviy birlik ma'nolari keng izohlanadigan, grammatik, uslubiy va bошқа belgilari ham qayd etiladigan lug‘at. Mac., 2006-2008 yillarda nashr etilgan besh jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati».
Kompyuter Leksikografiyasi (elektron lug'atlar tuzish) - muayyan til leksikonida-gi so'zlarning ma’lurnotlar bazasi va maxsus programmalashtirish tillari yordamida ishlash tizimiga ega bo'lgan dasturlar (kompyuter lug'atlari) yaratish bilan shug'ullanuvchi soha.
Do'stlaringiz bilan baham: |