Lean ishlab chiqarish tarixi, vositalari va usullari. Reja


Kan so`zi “kuzatish“ va  ban



Download 427,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana18.03.2023
Hajmi427,2 Kb.
#920220
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-MAVZU. LEAN ISHLAB CHIQARISH TARIXI, VOSITALARI VA USULLARI.

Kan
so`zi “kuzatish“ va 
ban
“karta“ degan 
ma’noni anglatadi. Kanban “kuzatish kartasi” ham deganidir.
Kanban 
quyidagi holatlarda qo`llaniladi: 

to`ldirilishi lozim bo`lgan, bo`sh turgan konteynerlarni belgilash; 

to`la holdagi konteynerlardagi detallarni miqdorini belgilash; 

talab etilayotgan (qilinayotgan) detallarni belgilash; 

mahsulotni, kelgusi operatsiyani amalga oshirish uchun, o`tkazish zarurligini 
belgilash; 

ortiqcha mahsulot ishlab chiqarishini nazorat qilish; 
2
В.В.Глухов, Е.С. Балашова, ПРОИЗВОДСТВЕННЫЙ МЕНЕДЖМЕНТ АНАТОМИЯ РЕЗЕРВОВ LEAN 
PRODUCTION, учебное пособие, Санкт-П. Москва. Краснодар. 2008. 




tartib-intizom va havfsizlikka rioya etishni ta’minlash; 

ishlab chiqarishni umumiy madaniyatini oshirish. 
Kanban tizimi yana bir maqsadi zaxirani kamaytirishga intilib, ishlab 
chiqarishdagi muammoni hal qilish va ko`rsatish usulidir. 
Yaponchadan 
Andon
so`zini tarjima qilganimizda “cho`ntak fonari” degan 
ma’noni anglatadi. Qadimiy Yaponiyada andon mayoq olovi sifatida hizmat qilgan. 
Lekin hozirgi kunga kelib andon ishlab chiqarishda kuzatuv (vizual) nazorat va signal 
yuboruvchi uskuna sifatida ishlatilib kelinmoqda. Bu maqolani o`qish chog’ida 
sizlarda savol tug’ilishi turgan gap: nima uchun oddiygina qilib “signalizatsiya tizimi” 
yoki “signal yuborish vositasi” deb qo`yaqolmasdan andon deyiladi? Shu kabi 
savollarga quydagicha javob beramiz: bu termin butun jahonda qabul qilingan. Har 
qanday chet ellik boshqaruvchi yoki mutaxasis andon deyilsa signal tizimi deb 
tushintirishdan osonroq tushinib oladi. 
Boshqa manbaada andon – bu rahbariyatni habardor etish, texnik – ta’mirlash 
hizmatini taminlash va ish jarayoni paytidagi sifat buzilishi yoki boshqa nuqsonlar 
yuzaga kelganda ishchilarni habardor qilinishiga aytiladi. 
Barcha tashkilotlar tejamkor ishlab chiqarishni tanlagan yoki lean uslubini 
qo`llaganlar bitta umumiy maqsadni ko`zlaganlar: ularning barchasi muammolarni 
topish maqsadida qo`llaydilar. Ular tushinishadiki aniqlangan muammogina bartaraf 
qilinishi mumkin. Bir muammoni hal etgandan so`ngina keyingisiga o`tish lozim. 
Doimiy takomillashtirish (yaxshilanish) tejamkor ishlab chiqarishning bir bo`lagidir. 
Andon tizimi doimiy yaxshilanib borish uchun xizmat qiladi, bu esa uning asosiy 
maqsadi. Andon tizimining ishlash jarayoni judaham oddiy. Moammo, nosozlik 
yuzaga kelgan zahoti ishchi tugmachani ezish, ipdan tortish, lampochkani yoqish kabi 
usullardan foydalanib signal beradi. Usta, tuxtatuvchi, logistik xizmat vakili yoki 
bo`lmasa boshqa bir inson signalga qarab zudlik bilan yetib keladi va ishchiga 
muammoni hal qilishda yordam beradi. 
Shulardan kelib chiqib Andon - bu….. 
1. Oddiygina vizual qaytargich. 
2. Ishlab chiqarishni qo`llab turuvchi omil. 
3. Muammolarni hal qilish uskunasi. 
Lekin shu baravarda andon quydagilar hisoblanmaydi: 
1. Shu kabi ma’lumotlarni yuborish vositasi. 
2. Umumiy malumotlar displeyi. 
3. Sexrli tayoqcha emas, u shunchaki qurulma. 
To`g’ri ishlatilishi va yaxshi javob qaytarilganda andonning avzalligini 
quyidagilar misolida ko`rishimiz mumkin. 
1. Muammolar tez aniqlanadi va tezlik bilan javob qaytariladi. 



2. Qaytalanuvchi muammolar erta aniqlangani uchun tezda bartaraf qilinadi va 
kerakli choralar qo`llaniladi. 
3. Ishchilar muammo yuz berganda jarayonni to`xtatishi uchun ruxsat beriladi. 
4. Nosozlik boshqa joylarga tarqalishini va tuzatib bo`lmas holatga tushishini 
oldini oladi. 
5. Muammolar hal etilishi mumkin holida qoladi. 
6. Ish vaqti va sifat yanada oshadi. 
7. Muammo hal qilingach ishchilarda ishlash g’ayrati ortadi. 
Shunday qilib andon tizimining funktsiyalanish usullari negizida quyidagi uch 
kalit so`z yotadi: “to`xtatish, xabar qilish va kutish”. Ya’ni ishchi muammo bilan 
to`qnash kelganda harakatlanishdan to`xtaydi va signal yuborib unga yordam 
ko`rsatilmaguncha kutadi. 
Andon tizimining bekami ko`stsiz ishlashi uchun quyidagilar talab qilinadi. 
1. Jarayonning har bir bosqichida sifatning nazoratini o`rnatish kerak, chunki 
oddiy va tez hal qilinadigan muammolarni hal qilishda muhum o`rin tutadi. 
2. Jarayondagi nozik bo`lgan joylarni topib ayniqsa sifatga ta’sir etuvchi, ko`p 
xatolik yuz beradigan, nuqson yuzaga keladigan bo`lganda u yerda andon tizimini 
o`rnatish kerak bo`ladi. 
3. Muammolar ko`rinib turishi lozim, shu boisdan ularga bosim berish kerak. Bu 
esa muammoni tez hal qilinishi uchun birinchi qadam bo`ladi. Biz muammoni 
ko`rmagunimizcha uni hal eta olmaymiz. 
4. Ishchilar o`rtasida o`z huquqlarini belgilab berish kerak, sababi bu ularda 
javobgarlik hissini ortiradi. Jarayondagi nosozlikni tuzatishlari uchun to`htatishga 
ruxsat berish kerak. 
5. Birinchi navbatda sifatni yaxshilang. Diqqatingizni sifat muammolariga 
qarating, sababi eng muhim omillar shular hisoblanadi. 
6. Tohta, habar qil va kut qoidasi butun tashkilotga tegishli bo`lishi shart faqatgina 
bitta bo`limgagina emas. 
7. Boshqarma yo`nalish va yordam berish bilan ta’minlangan bo`lishi lozim. 
8. Shuningdek boshqarma ishchilarni muammolarini hal qilishda ruhlantirib 
turishi kerak. 
Andon ishlab chiqarish jarayonini boshqaruvi haqida ma’lumotlar berib turadi. 
Agarda ishlab chiqarish paytida tizimda qandaydur nosozlik yuz bersa u darhol vizual 
va ovozli tovushlar chiqarib xabar beradi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonini asosiy 
qonun qoida asosida amalga oshirishning muhum instrumenti hisoblaniladi. Dzidoka 
(Jidoka) – maxsulotning sifatini yuqori qilish maqsadida jarayonni to`xtatishga 
aytiladi. Bu kabi ma’lumotli vositalar turiga quyidagilarni kiritish mumkin: rangli 
chiroqlar, monitorlar, rangli tablolar va axborot panellari. 



Buni Toyota ishlab chiqarish jarayoni (TPS-Toyota Production system) misolida 
ham ko`rishimiz mumkin (1-rasm). Toyotaning yig’uv liniyasi quyidagi tartibta ish 
olib boradi. Agarda ishchi nosozlik yoki muammoni sezguvdak bo`lsa, unda u “fal”ni 
tortadi, fal esa Toyota firmasining butun yig’uv konveyri orqali o`tgan bo`ladi. So`ng 
signal yangray boshlaydi va indekator tablosida sariq rang yonadi. Bu qaysidur 
hududda muammo yuzaga kelganidan habar beradi. SHundan so`ng u yerga katta 
ishchi darhol yetib keladi va ma’sul ishchi bilan muammoni o`rganishib uni bartaraf 
qilishadi. Bu vaqt oralig’ida ish joyida qizil rang yonib turadi, buning ma’nosi 
muammo ustida ishlashayotganini anglatadi. Qolgan liniyalarda ma’lum bir vaqt ish 
davom etirilaveradi. 

Download 427,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish