Essen atom soatining zamonaviy
modifikatsiyalaridan biri
, aynan u ishlagan
laboratoriyada joylashgan CsF2 atom soatlari bo‘lib, u quyidagi tamoyil asosida
ishlaydi: avvaliga lazer yordamida Seziy atomlarining harakati sekinlashtiriladi
va Seziy buluti hosil qilinadi. Tashqi ko‘rinishidan mutlaqo soatga
o‘xshamaydigan ulkan laboratoriya qurilmasida, Seziy buluti maxsus
mikroto‘liqnli konteynerdan o‘tkaziladi. Og‘irlik kuchi ta'sirida pastga
tushayotgan Seziy atomlari, mikroto‘lqinlararo o‘tib boradi. Bir energetik
darajadan ikkinchisiga o‘tish vaqtida Seziy atomlari ma'lum bir aniq chastota
bo‘yicha tebradani va aynan shu chastota, vaqtni hisoblash uchun sanoq birligi,
ya'ni, soniya sifatida qo‘llanadi. Bunday tebranish davriyligi, Seziy atomining
faqat o‘zigagina xos bo‘lgan alohida xususiyati bo‘lib,
yuqorida aytilganidek
,
uning qiymati, butun olamda universial va doimiydir. Ya'ni, har bir Seziy atomi,
koinotning istalgan joyida, soniyasiga bir xil ravishda tebranadi. Bu tamoyilga
asoslanib tayyorlangan CsF2 atom soatining xatolik darajasini 138 million yilda
bir soniyaga adashadigan darajaga keltirdi. Bunday katta aniqlik darajasi
haqida, ajdodlarimiz tasavvur ham qilishmagan bo‘lishsa kerak...
Essen g‘oyasining tarixi shu bilan tugab qolmadi. Uning asosida olimlar boshqa
bir asosiy birlik - metrga qayta murojaat qildilar va uning aniqlanishi va ta'rifini
ham, soniyaning
atom tebranishlariga asoslangan ta'rifi asosida ko‘rib chiqishni maqsad qildilar:
1983-yilda, dunyoning ko‘zga ko‘ringan bir necha laboratoriyalarining
hamkorlikda olib borilgan
yirik xalqaro loyiha asosida
, olimlar, tarixda ilk bora,
atom soatlari yordamida yorug‘lik tezligining misli ko‘rinmagan aniqlikdagi
qiymatini o‘lchashga muvaffaq bo‘ldilar. Uning asosida esa, metrning mutlaqo
yangi - yorug‘likning soniyaning kichik bir ulushi davomida bosib o‘tadigan
yo‘liga asoslangan ta'rifi qabul qilindi. Shu tarzda, vaqt va uzunlik o‘zaro
chambarchas bog‘liqlikka ega bo‘ldilar...
Ma'lumot o‘rnida shuni ta'kidlab o‘tish joizki, SI da qabul qilingan vaqt birligi
soniya, vaqtning insoniyat faoliyati va ongiga singib ketgan boshqa an'anaviy
va
qadimiy birliklari - daqiqa
, kun, hafta, oy, yil, asr kabilar ichida, o‘nli kasr
shaklida, yuzlik birliklari bilan ifodalanishi mumkin bo‘lgan yagona vakilidir.
Sport musobaqalarida e'tibor bergan bo‘lsangiz, marra hamda, foto-finishlarda,
soniyaning yuzdan va xatto mingdan bir ulushlari haqida bahs boradi. Soniya
haqidagi so‘zimizni, uning xalqaro atamasi "sekunda" so‘zining etimologiyasi
bilan yakunlaymiz. Sekunda, vaqt o‘lchov birligi sifatida ingliz tilida XVI-asr
so‘ngida keng tarqalgan. U, soatning 60 daqiqaga bo‘linishini birinchi bo‘linish
deb olingach, daqiqaning o‘zini ham 60 soniyaga bo‘linishini
Do'stlaringiz bilan baham: