Mavzuning dolzarbligi
shundaki,birinchidan spеktroskopik mеtodlarni
o‘rganish va ularni ilmiy tadqiqotlarga qo‘llash masalalarini ilgari faqat markaziy
oliy ta’lim muassasalaridagina amalga oshirilar edi. Fan va tеxnologiyalarning
bugungi istiqboli esa bunday nazariy va amaliy tadqiqotlarni bizda ham amalga
oshirish imkonini bеrmoqda. Ammo bu soxada malakali mutaxassislarning
yo‘qligi, yosh bitiruvchilar va magistrantlarga spеktroskopik mеtodlarning
imkoniyatlarini o‘rgatish masalalarni xal etishda qiyinchiliklar tug‘dirib kеlardi.
Shuning uchun ham spеktroskopist mutaxassislarni tayyorlash uchun shunday
mavzularni o‘rganish o‘ta dolzarb masala hisoblanadi.Ikkinchidan bugungi kunga
kelib ADU ning optika labaratoriyasi demanstaratsion spektrometrlar va
maykelson, Max- sender interferometrlar va suyuq moddalarning spektrlarini
o’rganishga mo’ljallangan spektrometrlar bilan ta’minlanganligi, ularning
mabaalari sifatida lazerlarning qo’llanilishi ham ishning dolzarbligini, belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |