"Layli va Majnun"



Download 1,42 Mb.
Sana28.06.2022
Hajmi1,42 Mb.
#715971
Bog'liq
Layli va Majnun (Hojyev Hasan)


Layli va Majnun - Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan folklor hamda yozma shakldagi adabiy yodgorlik. Dostonning ilk kurtaklari 7-asr 2-yarmida paydo boʻlgan. Ayrim manbalarning maʼlumotiga koʻra, doston qahramonlari tarixiy shaxslardir. Ularda Majnun Bani Omir qabilasidan chiqqan, asl ismi Qays ibn Mulavvah yoki Qays ibn Muod boʻlgan yigit, deya taʼkidlanadi. Qays Layli ismli oʻz qabiladoshini sevgan hamda oʻz sevgisi va hijron alamlari haqida mungli sheʼrlar bitgan. Bunday maʼlumot, jumladan, ibn Qutaybaning (889) "Kitob ush-sheʼr va shuaro" ("Sheʼr va shoirlar haqida kitob"), Abul Faroj al-Isfahoniyning "Kitob ul-agʻoni" ("Qoʻshiq kitobi") asarlarida keltirilgan. Lekin boshqa manbalar bu maʼlumotlarni inkor etadi. Mas, arab olimi Avon ibn Hakim al-Qalbiy (764) va arab tarixchisi Hishom al-Qalbiy (819) Majnun tarixiy shaxs emas, degan fikrni ilgari suradi. 7-asr 2-yarmidayoq arab sheʼriyatida Majnun taxallusi ostida koʻplab mungli sheʼrlar vujudga keladi, bunday sheʼrlar tobora koʻpayib boradi, toʻplamlarga kiritiladi. Ammo Majnun nomi zikr etilgan sheʼrlarning barchasi ham yolgʻiz bir kishiniki emas. Arab olimlari al-Johiz (9-asr) va ibn al-Muʼtaz (908)ning aytishicha, kishilar Layli nomi bilan bogʻliq barcha sheʼrlarni Majnunga nisbat beraverganlar. 11-asrda shoir Abul Bakr al-Volibiy tomonidan Majnunga nisbat berilgan barcha sheʼrlar toʻplanib, "Devoni Majnun" tuziladi. Devonda sheʼrlarga sharhlar beriladi hamda sheʼrlar Majnun haqidagi rivoyatlarning syujetiga kiritiladi.
“Layli va Majnun”
Layli va Majnun haqida ilk bor 1188-yilda ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy doston yaratgan. Ammo u asarni Xusrav va Shirin deb nomlagan va hikoya ular haqida so`zlaydi. Nizomiy "L. va M." dostonini ham gʻoyaviy, ham badiiy jihatdan har tomonlama yuksak darajaga koʻtardi va hamsachilik anʼanalari qatoriga qoʻshdi. Undan soʻng "L. va M." dostoniga koʻplab shoirlar murojaat qilishdi. Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Fuzuliy, Alisher Navoiy qalamlariga mansub "L. va M." dostonlari mashhur. Garchi ushbu dostonlar bitta nom bilan atalsa va ulardagi voqealar tizimi bir-biriga juda oʻxshash boʻlsada, har bir muallifning "L. va M."i oʻziga xos va betakror asardir. Hozirgacha mazkur dostonning oʻzbek, arab, fors, ozarbayjon, turk, turkman, tojik, gruzin, panjob, kurd, urdu tillaridagi koʻplab variantlari mavjud. "L. va M." dostoni xalq ogʻzaki ijodi ravnaqiga ham beqiyos ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Jumladan, oʻzbek xalq ijodiyotining "Tohir va Zuhra", "Oshiq Gʻarib" kabi dostonlariga "L. va M."ning taʼsiri borligi eʼtirof etiladi
"Layli va Majnun" - Alisher Navoiy "Hamsa"sining uchinchi dostoni (1484). U 3622 baytdan iborat boʻlib, shu mavzudagi dostonlarga xos aruz vaznining "hazaji musaddasi axrabi mak,buzi mahzuf" baxrida yozilgan. Navoiy ushbu dostonni turkiy tilda yaratgan birinchi muallifdir. Alisher Navoiy Layli va Majnun sarguzashtlarining anʼanaviy syujet chizigʻini saqlab qolgan holda voqealarga yangicha ruh va mazmun baxsh etdi hamda dostonga yangi timsollar kiritdi. Alisher Navoiy Layli va Majnun afsonasidan libos sifatida foydalanib, doston mazmuniga oʻz falsafiy qarashlarini sing-dirib yuborishni maqsad qilganini taʼkidlaydi. Doston Sharq mumtoz adabiyotining anʼanalariga muvofiq ikkita: zohiriy (ochiq) va botiniy (yashirin) maʼnolarga ega. Zohiriy maʼno oddiy oʻquvchiga ham tushunarli boʻlib, unda ikki yosh muhabbati oʻz ifodasini topgan. Botiniy maʼno esa ramziy-majoziy tasvirlarga oʻralgan boʻlib, unda muallifning falsafiy qarashlari aks etgan.
Navoiy dostonning ilk bobidayoq oʻquvchiga oʻz ramzlarining kalitini taqdim etadi. Yaʼni u Laylining manzar (ilohiy husn aks etgan) ligini, Majnun esa Iloh ishqida aqldan ajraganini taʼkidlaydi. Bundan Alisher Navoiy "Layli va Majnun"ining botiniy mazmunida majoziy ishq sinoatlari aks etganligi anglashiladi. Alisher Navoiy "Layli va Majnun"ni nafaqat mazmunan, balki badiiy jihatdan ham ushbu mavzudagi dostonlarning sarasiga aylantirdi. Navoiyning "Layli va Majnun"idan soʻng xalqimizda ushbu dostonning koʻplab folklor variantlari ham vujudga keldi. Xalqning dostonga boʻlgan qiziqishi natijasi oʻlaroq, 19-asrda Umar Boqiy tomonidan "Layli va Majnun"ning nasriy muxtasar bayoni yaratiddi. "Layli va Majnun" dostoni asosida sahna asarlari va videofilm ham bor.
Layli va Majnun” ko‘p asrlik tarixga ega. Uning ildizlari, mashhur adabiyotshunos-matnshunos akademik I.Krachkovskiy ta’kidlaganidek, VII asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. “Layli va Majnun” nomi ostidagi sujet XII asrgacha arab xalq adabiyotida ertak shaklida namoyon bo‘lgan. Keyinchalik bu mavzudagi asar Bobil (Iroq) adabiyotida nomi keltirib o‘tilsa-da, lekin asar haqidagi ma’lumotlar saqlanmagan. Yozma shakldagi dostonlarning ko‘pligi hamda asar g‘oyasining yetukligidan dostonlar xususiyatini va kelib chiqish genezisini o‘rganishga doir Yevropa adabiyotida XX asr o‘rtalarida yaratilgan tadqiqotlar ham alohida yangilik sifatida vujudga keldi. Badiiy adabiyotda bu qissa doston shaklida ilk bor Nizomiy Ganjaviy tomonidan 1188-yilda vujudga keldi.
Nizomiy xalq orasida tarqalgan rivoyatlardan ijodiy foydalangan holda “Layli va Majnun” qissasini g‘oyaviy jihatdan mukammal va badiiy jihatdan yuksak asar darajasiga ko‘tardi. Keyinchalik Nizomiy an’anasini davom ettirgan bir qancha, Sharq adabiyotida, salaflar paydo bo‘ldi.Ushbu maqolada “Layli va Majnun” turkumidagi dostonlarning kelib chiqish tarixi, undagi obrazlarning tarixiy jihatlari, genezisi haqida mulohaza yuritiladi. Majnun obrazining tarixiyligi, u real hayotda mavjud inson bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar maqolada keltiriladi. Shuningdek, “Layli va Majnun” turkumidagi dostonlarni o‘rgangan olimlarning ishlari ham tahlilga tortilgan.
"Layli va Majnun" ko'p asrlik tarixga ega. Uning ildizlari, mashhur adabiyotshunos-matnshunos akademik I.Krachkovskiy ta'kidlaganidek, VII asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Ayrim arab manbalarining ma'lumotiga ko'ra, Majnun tarixiy shaxs. U Bani Omar qabilasidan chiqqan, uning asl nomi Qays ibn Mulavvah (yoki Qays ibn Muod ) bo'lgan. U qabiladoshi Laylini sevgan va o'z sevgisi, hijron azoblari haqida mungli she'rlar bitgan. Bunday ma'lumot ibn Qutaybaning "Kitobutshe'r va shuaro" asarida ham keltiriladi. Shu bilan birga, boshqa manbalar bu ma'lumotlarni rad etadi. Jumladan, arab olimi Avon ibn Hakim al-Qalbiy (764 yilda vafot etgan), arab tarixchisi Hishom al-Qalbiy (819 yilda vafot etgan)lar Majnun tarixiy shaxs emas, uning nomi majoziy, sevgi, hijron she'rlari esa umaviy xonadoniga mansub bir oshiq yigit tomonidan bitilgan va asl nomini oshkor etmaslik uchun Majnun taxallusini qo'llagan, deyishadi. Shu tariqa VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab arab poeziyasida Majnun taxallusli mungli she'rlar ko'payib, keng tarqalib boradi. Vaqtlar o'tishi bilan ko'plab afsonalar, rivoyatlar to'qiladi va ular turli manbalardan joy ola boradi.
Badiiy adabiyotda bu qissa doston shaklida ilk bor Nizomiy Ganjaviy tomonidan 1188-yilda vujudga keldi. Nizomiy xalq orasida tarqalgan rivoyatlardan ijodiy foydalangan holda "Layli va Majnun" qissasini g'oyaviy jihatdan mukammal va badiiy jihatdan yuksak asar darajasiga ko'tardi. Keyinchalik Nizomiy an'anasini davom ettirgan bir qancha, Sharq adabiyotida, salaflar paydo bo'ldi. Bular: Amir Xusrav Dehlaviy ("Majnun va Layli"), Jamoliy ("Mahzun va Mahbub" nomi ostida "Layli va Majnun" dostoniga tatabbu'), Ashraf Marog'iy ("Ishqnoma" nomi ostida 1438-yilda yaratilgan bo'lib, bu ham tatabbu'), Abdurahmon Jomiy, Kotibi Turshiziy ("Layli va Majnun"), Abdulloh Xotifiy ("Layli va Majnun"), Badriddin Hiloliy ("Layli va Majnun"), Shahobiddin Jomiy ("Layli va Majnun"), Shayxim Suhayliy, Ali Ohiy, Xoja Imod Loriy, Xoja Hasan Xizrshoh, Nosirxoja valadi Mansurxoja va yana bir qator ijodkorlar yuzdan ortiq bu dostonga javob tariqasida o'z asarlarini yaratishadi. Alisher Navoiy o'zining "Mahbub ul-qulub" asarida o'z davrigacha 12 ta "Layli va Majnun" dostoniga javob yozganlarning ism sharifini keltirib o'tadi5. Bu ijodkorlarning asarlarida Qaysning nomi o'zgartirilgan bo'lsada, Nizomiy Ganjaviy an'anasi asosida yozilgan va hamohang yaratilishi odat tusiga aylangan

Dastlabki o'zbek adabiyotida "Layli va Majnun" qissalarining tarixiy taraqqiyoti, genezisi va ijodkorlar asarlarining tahliliy jihatdan o'rganilishi quyidagi ijodkorlar tomonidan amalga oshirilgan:

Dastlabki o'zbek adabiyotida "Layli va Majnun" qissalarining tarixiy taraqqiyoti, genezisi va ijodkorlar asarlarining tahliliy jihatdan o'rganilishi quyidagi ijodkorlar tomonidan amalga oshirilgan:

Natan Mallayev. 8 Olim Sharq adabiyotida yaratilgan "Layli va Majnun" asarlari genezisiga to'xtalar ekan, I.Yu.Krachkovskiy va boshqa ijodkorlar tomonidan keltirilgan ma'lumotlarni umumlashtirishdan tashqari, xamsanavistlar ijodiga ham alohida to'xtalib o'tadi. Dastlabki yozma "Layli va Majnun" dostonini yaratgan Nizomiy Ganjaviy an'anasidagi o'ziga xoslik, Xusrav Dehlaviy va boshqa xalaflarning asar voqealar rivojidagi ta'sir masalari haqida fikr yuritiladi.


Abduqodir Hayitmetov. Ijodkor Navoiy ijodida "Layli va Majnun" dostonining o'rni haqida gap yuritar ekan, davr tazyiqlarini inobatga olishga, ishq-muhabbat mojarolarini davr voqealariga moslashtirishga (Navoiy davrini XX asrning 70-yillariga qiyosan o'rganishga) majbur bo'lganligiga guvoh bo'lamiz: "Alisher Navoiy o'z qahramonlaarining ayanchli taqdiri orqali o'z davridagi ezilgan xalq ommasining taqdirini ham aks ettirgan va bunday o 'rinlarda xalq ommasining keskin noroziligini ham ifoda etgan..."
4. Olim Sharafiddinov.13 Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida fikr yuritgan ijodkor, shoir hayot yo'li bilan birgalikda, asarlarining tahliliga ham alohida boblar ajratadi. "Layli va Majnun" nomi ostidagi bobda quyidagi fikrlarni bayoniga guvoh bo'lamiz: "Layli va Majnun" mashhur arab afsonasi sujetida yozilgan dostondir. Shoir unda bir-birini sevgan oshiq-ma'shuqning boshidan kechirgan qayg'uli voqealarni, ularning halokatga uchrashlarini ... yozadi“

Hojiyev Hasan
Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish