Latifboyev Xurshid
O‘RTA OSIYONING QADIMGI AHOLISI HAQIDA XITOY MANBALARI
Xitoy manbalarida O’rta Osiyo haqidagi ma’lumotlar milloddan avvalgi 2-asrda uchraydi.Bu ma’lumotlar Xitoy elchisi Jang Chyan(mil.avv.?-114) sayoxatidan so’ng uchraydi.Xitoylik tarixchilar O’rta Osiyoning Davan va Qang’ davlati haqida yoritishgan.
Farg’onaliklar savdo bilan shug’ullanganligi sababli Xitoy bilan munosabalatlari qadimdanboshlanganligi asos bo’lib xizmat qiladi.farg’ona davlati haqidagi dastlabki ma’lumot “24 tarix”asarinig 1-jildi Si Machyanning “Tarixiy xotiralar”idan,Jang Chyanning Xitoy Xoqoniga bergan axborotidan olingan.Jang Chyan bergan axborotida shunday yozilgan; Farg’ona Xan sulolasidan 10ming “li” olisda bo’lib, xunlarning janubi g’arbiga, Xan sulolasining aynan g’arbiga to’g’ri keladi.
Farg’onaliklar avloddan avlodga o’troq dehqonchilik bilan shug’ullanadi va sholi, bug’doy ekadi. Uzum sharobi chiqaradi .Fargʻonada asl otlar koʻp boʻlib,mazkur otlarning hammasi tulpordir .Fargʻonada shahar, qalʼa, uy-imoratlar bor, hammasi boʻlib 70dan koʻp shahar qal'a mavjud.Bu.davlatda 1 necha yuz ming aholi istiqomat qiladi. Bu davlat askarlari oʻq-yoy, nayza ishlatib va ular otga minishga, oʻq-yoydan foydalanishda mohir . Shimolda Qangqa, gʻarbda Ulugʻyuzjilar, janubi gʻarbida Baqtiriya, shimoli sharqida Usun, shaeqda Dadan o'yliq, Udun bilan chegaradosh..."- deb dastlab xabar beradi.
Xitoy manbalaridan "Xannoma"da: "Farg'na davlati markazi Guyshan,bu joydan Chang angacha 12250 li, axolisini 60ming oila, 300 ming kishi, lashkarlikka yaraydigan 60 ming nafar, bir nafar noibxon, bir yordamchi xoni bor. Shimolidan Qang‘qaning Bitgan shahrigacha 1510 kishi, janubi g‘arbdan Ulug‘yuzjilar mamlakatiga 690 li keladi. Shimolidan tomoni Qang‘qa, janubiy g‘arb tarafi Ulug‘yuzjilar xonliklari bilan tutashgan. Farg‘ona davlatining yeri, iqlimi, boyligi, urf-odatlari Ulug‘yuzjilar va Arshak bilan o‘xshash. Boylari 10 ming ku‘bdan ortiq miqdorda sharob saqlaydi. Farg‘onaliklar sharobxumor bo‘ladi. Otlari beda yeydi.
Mazkur ma‘lumotlarda Farg‘ona vodiysida dehqonchilik bilan birga chorvachilik ham rivojlangani va uning shaharlari kamida 2500 yillik tarixni qamrab olganligi ko‘rsatiladi. Farg‘ona-Xitoy munosabatlarida Xan sulolasining Farg‘onaga harbiy yurishlari Xitoy tarixida katta ahamiyat kasb etadi.
Rus olimlari xitoyliklar Farg‘onaga 2 marta (mil. avv. 104 va 102 yillarda) yurishlar qilgani haqida takidlashgan.
Yurishlar davomida "Farg‘ona tulporlari"ga ega bo‘lganligi, lekin ushbu yurishlar ularning to‘la- to‘kis mag‘lubiyati bilan tugagan. Yoshlarning asosiy sababi ko‘pchilikning fikricha farg‘onaliklar xitoyga asl zotli otlar yubormaganligi bilan sodir bo‘lgan. Xitoy manbalarida miloddan avvalgi 2-asrda Farg‘ona Dayyuan (Davan) deb nomlanib, Dayyuan davlati (Farg‘ona mamlakati) deb yilga olinadi. Qadimgi Farg‘ona davlatiga oid manbalar asosan mashhur "24 tarix" asarining 1-2-jildi Shiji(Tarixiy xotiralar) va "Xan Shu"(Xan sulolasi tarixi yoki Xannoma)da beriladi.
Ulug‘ yuzjilar mamlakatiga otlangan Jang Chyan yo‘lda xunlar tomonidan asir olinadi. To u yerga borib- kelib vataniga qaytguncha 13 yil o‘tadi. "Xannoma"ning Jang Chyan tazkirasida:"Jang Chyan Farg‘ona, Ulug‘ To‘xiriylar(Ulug‘yuzjilar), Baqtriya, Qangqaga boradi. Ularning atroflaridagi 5-6 katta xonliklarning ahvoli haqida boshqalardan ma‘lumot olib,ularning boyligi va hududi to‘g‘risida Xoqon Udiga ma‘lumot beradi. Udi Farg‘ona, Qangqa, Arshak(Parfiya) katta davlat ekanligini, ularda ajoyib narsalar ko‘p chiqishini, urf-odatlari xitoyliklar bilan o‘o‘xshashligi, lekin lekin harbiy kuch jihatidan ojizligi, Xan sulolasining mollarini qadrlashini, ularning shimolida Ulug‘yuzjilar bilan Qangqa davlatining borligi, harbiy kuch jihatidan ularning kuchliroq ekanligini, mol va boylik taqdim qilish usuli qo‘llansa, ular o‘z foydasini ko‘zlab, ziyoratga keladiganligini eshitib ularni buysundirish fikri Xoqon Udida tug‘ilgan.
Tarixda mashhur Farg‘ona otlari boqiladigan Farg‘ona davlatining markazi hisoblangan Qarshi shahrining hozir qaysi hududda joylashgani haqida turli qarashlar mavjud. Sababi Farg‘ona viloyatida bir necha qadimgi shaharlarning tuzilishi xitoyliklar yozib qoldirgan manbadagi Ershi shahri haqidagi manbalar bilan o‘xshash kelishi sababdir.
Xitoy olimlariningbir qismi, rus va boshqa olimlarning (E. Shavan) tahliliga asosan "Xannoma. G‘arbiy el tazkirasidagi joylashgan nomlarini tekshirish " Ershi shahri O‘ratepa va Jizzaxda deb ko‘rsatiladi. Balki xitoy olimlari esa, A.N. Berinshtam bboshliq bir guruh olimlarning qadimiy shahar qoldiqlariga asoslanib Ershi shahri Andijon viloyati Marhamat shahrining yonida joylashgan Mingtepa deb ko‘rsatiladi.Shuningdek Ershi atamasi qadimda Sutrishina(Ustrishina) shahrining xitoy tilida talaffuz etilishi deb tasdiqlashdi.
Farg‘ona viloyatida maxsus qidiruv ishlarini olib borgan qadimshunos olimlardan B.X Matboboyev A.N. Berinshtamning fikrinito‘g‘ri deb topadi. U miloddan avvalgi 2-1-asrlarda gullab yashnagan Mingtepaning Farg‘onaning sharqida joylashgani, uning yaqinidagi tog‘larda tulporlar tasvirlanganini hisobga olib bu yodgorlikni Ershi bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Dayyuan atamasi qanday ma‘noni anglatishi va uning qanday paydo bo‘lgani barchani qiynaydi. 18-asrda ushbu atamaning paydo bo‘lishi masalasiga Yevropa olimlari ham qiziqgan. 1756-175-yillarda fransuz olimi Degin Davan atamasining kelib chiqishi Farg‘ona tomonini bilan bog‘liqligini aytgan. Biroq u bog‘liqlikni qanday yuz berganligini haqida izoh bermagan. Dayyuan (Davan) tomonini birinchi marta Sim Syan qalamiga mansub "Shiji"(Tarixiy xotiralar)da uchraydi. Ushbu manba 104-91-yillarda bitilgan.
Qadimiy Xitoy adabiyotida Farg‘ona-Xitoy munosabatlariga oid masalada Farg‘onaga nisbatan ishlatilgan siyosat yumshatishga holda yozilgan. Bunda elchilar Sharqiy Turkistondagi bir necha davlatlar va Farg‘ona davlatining harbiy quvvatining ojizligini , ozgina harbiy kuch bilan ularni osongina mag‘lub etish mumkinligi haqidagi axborot berganligi yoziladi. Farg‘onaga borgan Yang Dingxan kabi elchilar: "Farg‘ona harbiy kuch jihatidan ojiz. Agar 3000 askar yuborilsa, kuchli o‘q yoylar yordamida Farg‘onani tor-mor qilsa bo‘ladi. " degan takliflarni berib, Xan sulolasining xoqoni Udini ishontirishga harakat qiladi. Farg‘onaga qarshi urushga Li Guanglini bosh qo‘mondon etib tayinlaydi. Unga shuningdek "Ershi sangun"(Ershi qo‘mondoni) degan nom beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati :
“Qadimgi Farg‘ona tarixi” Abduholiq Abdurasul o‘g‘li
“Farg‘ona tarixiga oid ma‘lumotlar” Ablat Xo‘jayev
“Vatan tarixi” R.shamsutdinov
Do'stlaringiz bilan baham: |