Latent jinoyatchilik turlari Reja


Sodir etilgan jinoyatlarning latent bo‘lib qolishining sabablaridan kelib chiqib, ularni quyidagicha tasniflash mumkin



Download 71 Kb.
bet2/5
Sana01.07.2022
Hajmi71 Kb.
#721823
1   2   3   4   5
Bog'liq
Latent jinoyatchilik

Sodir etilgan jinoyatlarning latent bo‘lib qolishining sabablaridan kelib chiqib, ularni quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. obyektiv xususiyatga ega sabablarga asosan rasmiy hisobga olinmagan jinoyatlar (yuqorida keltirilgan 1–4-sabablarning oqibatida latent bo‘lib qolgan jinoyatlar);

  2. subyektiv xususiyatga ega sabablarga asosan rasmiy hisobga olinmagan jinoyatlar (yuqorida keltirilgan 5–6-sabablarning oqibatida latent bo‘lib qolgan jinoyatlar).

Shu o‘rinda, sodir etilgan jinoyat vakolatli davlat organining tegishli xizmat vazifasi yuklatilgan shaxsi tomonidan hisobga olishdan qasddan yashirilishi oqibatida latent bo‘lib qolgan jinoyatlar haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tish zarurati mavjud.
Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish, ya’ni qonun hujjatlariga muvofiq jinoyatlar to‘g‘risidagi ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ko‘rib chiqish yuzasidan xizmat vazifasi yuklatilgan shaxsning bunday ma’lumotlarni qabul qilishni rad etishi yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirmasligi yoxud ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarning jinoyatlar to‘g‘risida ekanligini bilgani holda ularni bekitish, o‘zida saqlash, qabul qilishni rad etish, belgilangan tartibda ro‘yxatga olmaslik hamda ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarda ifodalangan tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlarga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishiga har qanday usulda to‘siq yaratishi.
Quyidagilarni jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish holatlari sifatida baholash mumkin:

  • jinoyatlar haqidagi ariza va xabarlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chora ko‘rmaslik, ya’ni sodir bo‘lgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqida ariza va xabarlarni qabul qilmaslik yoki ro‘yxatga kiritmaslik;

  • jinoyatlar haqidagi ariza va xabarlar yuzasidan tekshirish materiallarini soxtalashtirish va bildirgilar asosida tasdiqlanmagan fakt sifatida nazoratdan chiqarish;

  • tekshirish materiallaridagi hujjatlarni soxtalashtirib, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish qarori chiqarish;

  • jinoyat ishining bir qismini alohida yurituvga ajratib, keyinchalik bu ajratilgan qismi yuzasidan axborot markazlariga dastlabki hisobot kartochkalarini taqdim etmaslik va ajratilgan qism bo‘yicha protsessual qaror chiqarmaslik;

  • jinoyatlar haqida ariza va xabarlarni asossiz boshqa organga hududi bo‘yicha tegishli deb yuritish yoki jinoyat haqidagi ariza va xabarlar bo‘yicha materiallarni hududiy tegishlilik bo‘yicha yuborilgan deb soxta belgi bilan nazoratdan chiqarish;

  • ichki ishlar idorasi navbatchilik qismi navbatchisi jinoyat haqidagi arizani turli bahonalarni ro‘kach qilib qabul qilishni rad etishi yoki qabul qilib olsa-da, uni belgilangan tartibda bu turdagi xabarlarni qayd qilish bo‘yicha maxsus yuritilgan kitob yoki jurnalga ro‘yxatga olmasligi;

  • tergovchi arizani shaxsan qabul qilib olib, mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atgan bo‘lsa-da, ammo jinoyatlar sonini kamaytirish yoki tezkor vaziyat ko‘rsatkichini yaxshilash maqsadida tegishli tartibda statistik kartochkani qasddan to‘ldirmaslik yoki jinoyat ishini tergov qilish jarayonida aniqlangan jinoyat bo‘yicha qo‘shimcha ayb e’lon qilib jinoyat ishini sudga yuborsa-da, bu haqda tegishli ravishda navbatchilik qismi orqali xabarni me’yoriy hujjatlar asosida tegishli organga taqdim etmaslik yoki Axborot markazining sodir etilgan jinoyatlarni jamlash va hisobot yuritish bo‘yicha vakolatli xodimlari tomonidan hisobot kartochkalari qabul qilib olinib, bu kartochkadagi ma’lumotlarni qasddan hisobga kiritmaslik holatlari;

  • jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan davlat idoralarining o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsiz xodimlari aybi bilan jinoyatlar hisobga olinmagan boshqa holatlar (asossiz ravishda jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik, jinoyat ishini harakatdan to‘xtatish, «oqlash» hukmini chiqarish; huquqni muhofaza qilish organlarining ayrim mansabdor shaxslari tomonidan turli motivlar asosida, masalan, o‘zi boshqarayotgan yoki xizmat qilayotgan organning jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatining ahvolini yaxshilab ko‘rsatish, g‘arazli va boshqa shunga o‘xshash maqsadlarda amaldagi qonunlarni buzgan holda jinoyatga oid statistikaga kiritmagan jinoyatlar, ochilmay qolgan jinoyatlar miqdorining ko‘payib ketmasligi uchun jinoyatni ro‘yxatga olmasligi; jinoyatchilik darajasini sun’iy ravishda kamaytirib ko‘rsatish; ayrim xodimlar malakasining pastligi tufayli, qilmishga noto‘g‘ri yuridik baho berish kabilar).


Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish