Latent jinoyatlarni miqdoriga ko‘ra, quyidagicha tasniflash mumkin:
Jinoyat faktlari tasdiqlangan har bir ma’lumotlarga maxsus hisobot kartochkalari to‘ldirilib, jinoyatlarning hisobini olib boruvchi axborot markaziga yuboriladi.
latentligi yuqori jinoyatlar (masalan, haqorat qilish, valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish);
latentligi o‘rta jinoyatlar (masalan, jinoiy ravishda homila tushirish (abort));
latentligi past jinoyatlar (masalan, bosqinchilik).
Latent jinoyatlarni aniqlash jinoyatchilikka qarshi kurash borasida g‘oyat muhim ahamiyatga ega vazifalardan biridir. Latent jinoyatchilikni aniqlash va uning darajasini imkon qadar pasaytirish fuqarolar huquqiy ongining o‘sishi va mustahkamlanishiga hamda jinoiy jazodan ko‘zlangan maqsadga erishishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Latent jinoyatchilikni aniqlashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
kuzatuvlar olib borish;
hujjatlarni tahlil qilish;
qilmishlarni tahlil qilish;
so‘rovlar o‘tkazish;
mutaxassislar bahosi;
tergov, tezkor-qidiruv usullari;
jamoatchilik fikrini o‘rganish va boshqalar.
Ta’kidlash joizki, latent jinoyatlarning tuzilishi bir xil emas. Shuning uchun latent jinoyatlarni aniqlash usullarini ularning turlariga qarab ishlab chiqish kerak. Masalan, talon-toroj qilish jinoyatlaridagi latentlikni aniqlashda quyidagilarni samarali usullar deb hisoblash mumkin: texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni iqtisodiy tahlil qilish; jinoyat sodir etishning tipik usullarini qo‘llashga tabaqalashtirilgan holda yondashish; mantiqiy modellashtirish; iqtisodiy tahlil qilish usuli.
Quyidagilarni latent jinoyatchilikning salbiy oqibatlari sifatida baholash mumkin:
jinoyatchilikning haqiqiy holati, darajasi, tarkibiy tuzilishi, dinamikasi, jamiyat, davlat va fuqarolarga yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararning miqdori va xususiyati haqida noto‘g‘ri tasavvur beradi;
jinoyatlar sodir etilishiga imkoniyat yaratuvchi barcha holatlarni aniqlash, jinoyat uchun jazoning muqarrarligi prinsipini ro‘yobga chiqarish qiyinlashadi, jinoyatchilarda va aholining boshqa qatlamlarida jazosizlik tuyg‘usi shakllanadi va jazolanmay qolishiga ishonchi yuzaga keladi;
davlat va jamiyatning turli mintaqalarda va butun davlat miqyosida jinoyatchilikni bashorat qilish imkoniyati cheklanadi, bu esa jinoyatchilikning oldini olish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jinoyatlarni yashirish jinoyatchilikka qarshi kurash ishiga, eng muhimi, javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga jiddiy zarba beradi. Buning natijasida ayrim kishilarning ongida qonunning kuchiga ishonmaslik, jamiyatda qonunlarning adolatli ekanligiga ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Jinoyatchi qilmishi uchun jazo olmas ekan, ayrim fuqarolarda jinoyatchilikka qarshi kurashning o‘zlari xohlagan usullarini qo‘llashga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |