103
uchun nafaqat mavjud bo‗lib turgan, balki kelajakda
loyihalashtirilishi mumkin
bo‗lgan tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini ham oldindan ko‗ra bilish masalasi
paydo bo‗ladi, deb yozgan edi. Bu bilan muallif kelajakda biosferada hosil
bo‗ladigan turli xil, biz uchun hozircha noma‘lum aloqadorliklar va holatlarni
oldindan bashorat qilish murakkab ekanligini gumon qilgan bo‗lishi mumkin.
Tabiiy-texnik tizimlar haqidagi dastlabki tushunchaning
shakllanishida
V.S.Preobrajenskiyning 1965 yilda aytgan fikrlari asosiy to‗rtki bo‗ldi. U turli xil
muhandislik-texnik inshootlarning tabiiy geografik komplekslarga ta‘siri juda
kuchayib ketsa, "tabiiy kompleks-injenerlik inshooti" tizimini hosil qiladi va u
yangi
izlanish
obekti
sifatida
agrolandshaftshunoslik
va
muhandislik
landshaftshunosligiga tegishli ekanligi hamda bunday tizimlarni o‗rganish yo‗l-
yo‗lakay emas, balki maxsus hal etiladigan masaladir, deb yozgan edi.
Tabiiy-texnik tizimlarning mavjudligi haqidagi ayrim fikrlarni biz
I.P.Gerasimov (1967), L.F.Kunitsin (1970), V.I.Bulatov (1977) kabilarning
asarlarida ham uchratamiz. Ammo ular uzuq-yuluq va nazariy jihatdan tugal
bo‗lmagan fikrlar edi.
Geotexnik tizimlar haqidagi ta‘limotning asosiy tamoyillari belgilab berilgan
hamda tabiiy va texnik tizimlarning o‗zaro aloqadorligining
asosiy shakllari
batafsilroq yoritilgan ishlardan biri A.Yu.Reteyum, K.N.Dyakonov va
L.F.Kunitsinlarga (1972) tegishlidir.
1978
yilda
"Priroda,
texnika,
geotexnicheskie
sistemi"
nomli
monografiyaning nashrdan chiqishi geotextizimlar haqidagi ta‘limotning
rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Unda tabiat bilan texnika orasidagi
aloqalarni o‗rganish, texnika va tabiat orasidagi o‗zaro munosabatlar, geotexnik
tizimlar, geotexnik tizimlarni loyihalash va bu ishda geograflarning vazifalari kabi
yirik mavzular yoritilgan. Ushbu masalalarning yoritilishida tadqiqotchilar asosan
tizimli yondashishga harakat qilganlar.
Texnika va tabiat o‗zaro aloqadorligi muammosi bilan bog‗liq bo‗lgan
masalalarni tahlil qilish uchun tizimli yondashishda texnika va tabiat bir tizimning
104
qismlari deb qaraladi. Bunda tizimning bir butunligi tushunchasi alohida ahamiyat
kasb etadi.
Geotextizimlar haqidagi ilmiy maqola va kitoblarda misol tariqasida
ko‗pincha
suv omborlari, yirik kanallar, sug‗oriladigan ekin maydonlari, turli xil
kombinat, zavod va fabrikalar, ular joylashgan landshaftlar
hamda yon atrofdagi
o‗zaro aloqada bo‗lishi mumkin bo‗lgan landshaftlar bilan birgalikda keltiriladi.
Bunday obektlar ko‗p va turli-tuman bo‗lganligi uchun tasnif qilinishi lozim
bo‗ladi. Geotexnik tizimlar tasnifi esa hali deyarlik ishlab chiqilmagan. Masalan,
F.N.Milkov (1986) landshaft-texnikaviy tizimlarning ikki xilini ajratish
mumkinligini aytadi. Bular: 1) faol bo‗lmagan landshaft-texnikaviy tizimlar o‗z
faoliyatiga bog‗liq holda texnogen qismlarining ta‘riflari o‗zgarib turadi.
A.Yu.Reteyum va I.Yu.Dolgushin (1978) ham geotizimlarni bajaradigan
vazifasiga qarab ikki katta guruhga bo‗lishni tavsiya etadilar. Bular: 1) u yoki bu
xildagi tabiiy resurslarni boshqarishga mo‗ljallangan geotextizimlar va 2) umuman
tabiiy muhitni boshqarish uchun mo‗ljallangan geotextizimlardir.
Tabiiyki,
geotextizimlarning tasnifi batafsilroq bo‗lishi uchun geotextizimlarning ko‗pgina
xususiyatlari e‘tiborga olinishi kerak bo‗ladi. Masalan, geotextizimdagi o‗zaro
ta‘sir va aloqalarning xarakteri, tizimning qo‗shni tabiiy va geotextizimlarga ta‘sir
etish kuchi, geotextizimlarning barqarorligi, ularning o‗z faoliyatini bajarishidagi
natijaliligi va h.k.
Geotextizimlar (F.N.Milkov bo‗yicha landshaft-texnikaviy tizimlar) asosan
ikki qismli (yoki ikki kichik tizimdan tuzilgan) tizimlar bo‗lib, ularning taraqqiyoti
asosan ikki xil, ya‘ni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyatlarga bo‗ysunadi.
Geotextizimlarning mavjudligi va rivojlanishida texnika qismi yetakchi
ahamiyatga ega bo‗lib, inson
tomonidan nazorat qilinib, boshqarilib turiladi.
Shuning uchun geotextizimlarni boshqariladigan tizimlar deb hisoblash mumkin.
Shuning uchun geotextizimlarni boshqariladigan tizimlar deb hisoblash mumkin.
Geotextizimlarning boshqarilmaydigan va boshqariladigan xillarining
modelini A.Yu.Reteyum va I.Yu.Dolgushinlar (1978) quyidagicha tasavvur
qilishadi (9.1-rasm).
105
1
2
3
4
5
A
B
6
7
A-boshqarilmaydigan geotextizim; B-boshqariladigan geotextizim.
1-suvlar; 2- organik modda; 3-havo; 4-mineral modda; 5-texnik inshoot;
6-komponentlar orasidagi o’zaro aloqalar; 7-boshqarish aloqalari.
Do'stlaringiz bilan baham: