20 – mashg’ulot. Sutemizuvchilar ichki tuzilishi. (S=39)
1. Sutemizuvchilarning hazm qilish organlariga tegishli tushunchalarni belgilang. A. Og’iz oldi bo’shlig’i hosil bo’lgan. B. Tishlari kurak, qoziq, soxta oziq va oziq tishlarga istisoslashgan. V. So’lak bezlari 5ta. G. So’lak bezlari 4 juft. D. Tishlari bir xil. E. Ko’r ichak hosil qiladi. J. Oshqozoni pilorik va kardial bo’limlari bor. Z. CHuvalchangsimon o’simtasi bor. I. Yo’g’on va to’g’ri ichak bo’ladi. K. Ichak analь teshik bilan tugaydi. L. To’g’ri ichagi uzun. M. Ko’pchiligida o’t pufagi bo’lmaydi.
2. Kavsh qaytaruvchilar egan ovqatini hazm qilish sistemasi bo’ylab o’tishini tartib bilan ko’rsating. A. To’r qorin. B. SHirdon. V. Halqum. G. Qat qorin. D. Ingichka ichak. E. Katta qorin. J. Qizilo’ngach.
3. Kavsh qaytaruvchilarning oshqozoni qanday bo’limlarni hosil qiladi? A. Murakkab qarta. B. Oddiy qarta. V. To’r qorin. G. Katta qorin. D. Siqma qorin. E. Qat qorin. J. SHirdon. Z. O’rta qorin.
4. Sutemizuvchilarning nafas olish organlariga tegishli tushunchalarni belgilang. A. Hiqildoq qopqog’i bor. B. Hiqildoqda qalqonsimon tog’ay joylashgan. V. Hiqildoqda cho’michsimon tog’ay joylashgan. G. Nafas yo’li alьveolalarga ochiladi. D. Hiqildoq tepaligi bor. E. Bronxlar hosil bo’lgan. J. Nafas olishda diafragma ishtirok etadi. Z. Nafas olishda qavurg’alararo muskullar ishtirok etadi.
5. Sutemizuvchilarning qon aylanish sistemasi qushlarnikidan qanday farq qiladi? A. O’ng aorta yoyi hosil bo’ladi. B. Aorta yoyidan nomsiz arteriyalar boshlanadi. V. CHap aorta yoyi hosil bo’ladi. G. O’ng va chap toq vena hosil bo’ladi. D. O’ng juft vena hosil bo’ladi. E. Ba’zan chap o’mrov osti arteriyasi aorta yoyidan mustaqil ajraladi. J. Venoz sistemasi asimmetrik. Z. Venoz sistemasi simmetrik. I. Buyrak qopqa sistemasi qisman saqlangan. K. Buyrak qopqa sistemasi yo’q.
6. Sutemizuvchilar buyragining tuzilishiga tegishli tushunchalarni belgilang. A. Mag’iz va po’stloq qismga ajraladi. B. Periferik va markaziy qismga ajraladi. V. Piramidalar hosil qiladi. G. Boumen kapsulasi hosil qiladi. D. Boumen koptokchasi hosil bo’ladi. E. Malьpigi kapsulasi hosil qiladi. J. Malьpigi tugun hosil bo’ladi. Z. Trapitsalar hosil qiladi. I. Jom va kosalari bor. K. Siydik yo’li qovuqqa ochiladi.
7. Urg’ochi sutemizuvchilar va ularning jinsiy organlari tuzilishini juftlab yozing: A. Kenguru. B. Maymun. V. Quyon. G. CHo’chqa; 1- juft tuxum yo’li, 1ta bachadon, 1ta jinsiy qin qin. 2- juft tuxum yo’li, juft bachadon, juft jinsiy qin. 3- juft tuxum yo’li, 2 bo’lmali bachadon va 1ta jinsiy qin. 4- juft tuxum yo’li, qo’sh bachadon va 1ta jinsiy qin.
8. Sutemizuvchilarning nerv sistemasi va sezgi organlari sudralib yuruvchilarnikidan qanday farq qiladi? A. Xidlov bo’limi yaxshi rivojlangan. B. Miya yarimsharlari po’stlog’i rivojlangan. V. Miya yarimsharlari po’stlog’i bo’lmaydi. G. Oraliq miya kuchli rivojlangan. D. Miya po’stlog’i egatchalar hosil qiladi. E. Miyacha yirik va bir necha bo’limdan iborat. J. O’rta quloq rivojlangan. Z. Quloq suprasi paydo bo’lgan.