2. Hazm qilish organlari orqali ovqat o’tishini tartib bilan ko’rsating. A. Qizilo’ngach. B. Og’iz-halqum. V. Yo’g’on ichak. G. Kloaka. D. Og’iz bo’shlig’i. E. Ingichka ichak. J. Oshqozon. Z. To’g’ri ichak.
3. Baqaning nafas olish harakatlarini tartib bilan ko’rsating: A. Og’iz tubi pastga tushadi. B. Havo o’pkaga o’tadi. V. Og’iz teshigi yopiladi. G. Burun klapanlari ochiladi. D. Og’iz tubi ko’tariladi. E. Burun klapanlari yopiladi. J. Havo og’iz bo’shlig’iga o’tadi.
4. Baqa nafas olish organlari qanday tuzilgan? A. Nafas olishda jabra qatnashadi. B. Asosiy nafas olish organi o’pka va teri. V. Hiqildoq-taraxeya hosil bo’lgan. G. CHo’michsimon tog’aylarda ovoz bog’ichlari hosil bo’lgan. D. O’pkasi toq. E. Burun teshigi nafas yo’liga qo’shilmaydi. J. Alьveolalar hosil bo’ladi. Z. O’pkasi sodda xaltachalardan iborat.
5. Baqa qon aylanish sistemasida baliqlarnikiga nisbatan qanday o’zgarishlar sodir bo’lgan? A. YUragi uch bo’lmali. B. YUragi uch kamerali. V. Bitta qon aylanish doirasiga ega. G. Ikkita qon aylanish doirasiga ega. D. O’pka – teri arteriyasi hosil bo’ladi. E. O’pka–teri venasi hosil bo’ladi. J. O’mrov osti arteriyasi va venasi hosil bo’ladi. Z. Buyrak qopqa sistemasi yo’q. I. YUrakda arterio–ventikulyar teshiklarda va arterial konusda klapanlar mavjud. K. O’pka va teri venalari o’zaro qo’shilgan.
6. Baqa jinsiy organlari va ular funktsiyasini juftlab yozing: A. Sariq tana. B. Urug’don. V. Tuxumdon. G. Urug’ nayi. D. Tuxum yo’li. E. Urug’ pufakchasi. J. Bachadon; 1-spermatozoidlar hosil qiladi. 2-spermatozoidlarni o’tkazadi. 3 - urug’ hujayralarini saqlaydi. 4 - jinsiy hujayralarini etilishi uchun oziq hisoblanadi. 5 - tuxum hujayralar hosil qiladi. 6 - tuxum hujayralarni o’tkazadi. 7 - tuxum hujayralarni saqlaydi.
12 – mashg’ulot. Ildam kaltakesakning tashqi tuzilishi va skeleti. (S= 37)
1. Amniotalarga xos belgilarni ko’rsating: A.Tuxumida sariqlik kam. B.Lichinkasiz rivojlanadi. V. Urug’lanishi tashqi. G. embrionida amnion (murtak) parda hosil bo’ladi. D. Hayoti suv bilan bog’liq. E. Terisi quruq, muguz bilan qoplangan.
2. Kaltakesakning tashqi tuzilishi va teri qatlamiga tegishli tushunchalarni belgilang? A. Terisi yalang’och. B. Barmoqlarida tirnoqlari bor. V. Ter bezlari bo’lmaydi. G. Terisi tangachalar bilan qoplangan. D. Qovoqlari harakatsiz. E. Oyoqlari tana ostida joylashgan.
3. Kaltakesak umurtqalari qanday tuzilgan? A. Umurtqalari protsel tipda. B. Umurtqalari amfitsel tipda. V. Atlant disk shaklida. G. Bel umurtqalari beshta. D. Dumg’aza umurtqalari ikkita. E. Kukrak-bel umurtqalariga qovurg’alar birikadi. J. Dumg’aza umurtqalari chanoq kamari bilan qo’shilmaydi. Z. Bo’yin umurtqasi bitta.
4. Kaltakesak miya qutisi skeleti qanday suyaklardan iborat? A. ensa. B. Burchak usti. V. Asosiy ponasimon. G. Tepa. D. Birikuvchi. E. Tish. J. Jag’oldi. Z. Ustki jag’. I. Oldingi quloq. K. Kvadrat. M. Tanglay. N. Manglay. O. Burun.
6. Kaltakesak oldingi oyoq va elka kamari suyaklarini ko’rsating: A. YOnbosh. B. Quymich. V. Kurak. G. Korakoid. D. Katta boldir. J. Oyoq kafti. Z. Tovon. I. Elka. K. Tirsak. L. Bilak. M. Bilaguzuk. N. Kichik boldir. O. O’mrov. P. Son.
7. Kaltakesak orqa oyoq va chanoq kamari suyaklarini belgilang: (6 – topshiriq).
13 – mashg’ulot. Ildam kaltakesakning ichki tuzilishi. (S=30)
1. Kaltakesakning bosh miyasi baqanikidan qanday farq qilai? A. Bosh miya katta yarim sharlar rivojlangan. B. Ta’m bilish yakobson organidan iborat. D. Miyacha rivojlanmagan. E. Bosh miya nervlari 10 juft. J. Hidlov bo’limi ixtisoslashgan. V. Xid bilish organi nafas yo’li bilan tutashmaydi. G. Uzunchoq miya bukilgan. Z. Tepa organi yaxshi rivojlangan.