2.O‘zbek tilining murakkab dialektal tarkibi
Prof. E.D.Polivanov “O‘zbek dialektologiyasi va o‘zbek adabiy tili” nomli asarida (1933) o‘tgan asming birinchi choragidayoq o‘zbek tili o‘zining ko‘p shevaliligi bilan boshqa turkiy tillardan ajralib turishi haqida ma’lumot bergan edi. Keyingi tadqiqotlar buni tasdiqlagan. Uning tub sabablari bir necha omillarga bog‘liqdir. Prof. V.V.Reshetov o‘zbek tili dialektal kartasining rang-barangligini uning etnogenezisidan qidirish lozimligini uqtiradi. Tariximizga oid adabiyotlar qadimda turkiy urug‘ va qabilalar miqdori ancha ko‘p bo'lganligi to‘g‘risida xabar beradi. Ular ichida o‘zbek tili va uning shevalari shakllanishida qarluq, chigil, uyg‘ur, qipchoq, urug'lari, qangli, qatag‘on urug‘ va qabilalari b(irlashmalarining tarixiy taraqqiyoti katta rol o‘ynagan.O‘zbek tili dialektal o‘ziga xosligiga qadimgi urug‘ va qabilalar tilining turli territoriyada alohida-alohida mustaqil yashashlari muhim ahamiyat kasb etgan. Ijtimoiy hayot tarzi, territorial mustaqilligi, kasbkori, etnografik xususiyatlari ulaming tilida aks etmay qolmas edi va bu holat tilda umumiylikni saqlab qolgan holda, boshqa territoriyada yashovchi o‘zbeklar tilidan ko‘pgina xususiyatlari bilan farqlanishiga olib kelgan, bu esa shevaning o‘ziga xosligini keltirib chiqargan. Sheva va 6 dialekt xususiyatlarining tobora qat’iylashishiga aholi punktlarining birbiridan uzoq joylashishi muhim rol o‘ynagan. Shu tariqa bir til ichida turli shevalaming shakllanishiga olib kelgan. Tarixchi olim K. Shoniyozovning ko'rsatishicha, qarluqlar va ularga qon-qardosh bo‘lgan chigil, xalaj qabilalari lie daryosi havzasida, Sirdaryoning janubiy oqimlari, Isfijobda va Farg'ona vohasiga tarqalgan keng territoriyada yashaganlar. Turgesh qabilalari ittifoqi Yettisuvni egallagan. 766-yilda bu territoriyalar qarluqlar tomonidan ishg‘ol qilingan. IX-X asrlarda o‘g‘uzlar Sirdaryoning quyi va o‘rta havzalarini hamda Orol bo‘ylarini ishg‘ol qilgan. Qipchoq qabilalari esa, asosan, Oltoy o‘lkasida, Irtish bo‘ylarida yashaganlar va keyinchalik ular Sibir, Gurjiston, Volga, Dunay daryolari bo‘ylari hamda Markaziy Osiyoga tarqalganlar.O‘zbek tilida sheva va dialektlaming kuchli farqlanib qolgarlligiga o‘zbek tili boshqa tillardan ajralib mustaqil taraqqiy eta boshlagan davrdan boshlab, unga turkiy va eroniy tillaming kuchli ta’siri ham sabab bo‘lgaa. Jumladan, Qoraqalpog‘istondagi o'zbek shevalariga qoraqalpoq va qozoq tillarining, Toshhovuz o‘zbek shevalariga (Xorazm shevalariga) turkman tilining, shimoliy o‘zbek shevalariga qozoq tilining, Qirg‘izistondagi o‘zbek shevalariga qirg‘iz tilining, Samarqand, Buxoro, Namangan, Sariosiyo va Tojikistondagi o‘zbek shevalariga tojik tilining ta’siri kuchlidir. Shu tufayli ham bu shevalar boshqa shevalardan farqlanib qolmoqda va o‘ziga xoslikni vujudga keltirmoqda. Avvalgi satrlarda aytilganidek, o‘zbek tili yirik uchta lahjani qamrab dlgan, lekin har bir lahja orasiga ba’zan qat’iy chegara qo‘yib bo‘lmaydir ya'm aksariyat shevalar ayni bir til qonuniyatlariga amal qffishi mumkin, masalan^ singarmonizm har uchala lahjada uchraydi, shuningdek, unlilaming birlamchi cho‘ziqliklari qarluq va o‘g‘uz lahjalarida ham qayd qilinadi.
LAHJA, dialekt — umumxalq tilining muayyan chegaralangan hududda joylashgan kishilar jamoasida bevosita aloqa vositasi sifatida qoʻllanuvchi va nisbatan yaxlit lisoniy tizim bilan ajralib turuvchi koʻrinishi. Lahja bir qator kattaroq til tuzilmasi tarkibiga kiradi, ushbu butunlikning boshqa qismlariga, boshqa Lahja lariga qarshi qoʻyilib, taqqoslanadi va ular bilan umumiy xususiyatlarga ega boʻladi. Hududiy Lahjalar tovushlar tarkibi, grammatika, soʻz yasalishi, leksika nuqtayi nazaridan muayyan tafovutlarga ega boʻladilar. Bunday farqlar sezilmas darajada boʻlib, aniq, bir tilning turli Lahja larida soʻzlovchilar bir-birini yaxshi tushunishadi ( mas, oʻzbek tili L. va shevalari), boshqa tillarning Lahja lari bir-biridan kuchli farq qilib, bunda turli Lahja larda soʻzlovchilarning oʻzaro aloqasi qiyinlashadi yoki mumkin boʻlmaydi (mas, nemis, xitoy tillari Lahjalari). Lahja umumxalq tilining quyi bosqichi hisoblanadi, u shevaga nisbatan keng maʼnoga ega boʻlib, shevalar yigʻindisidan tarkib topadi. Mas, etnogenetik jihatdan koʻp tarkibli boʻlgan oʻzbek tilida 3 ta asosiy Lahja farqlanadi: qorluq-chigil-uygʻur Lahjasi — Fargʻona vodiysidagi, Toshkent va Zarafshon vohalaridagi shaharlar va ularga yaqin aholi maskanlari shevalarini oʻzi ichiga oladi; qipchoq Lahjasi — Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Shim. Xorazmdagi hamda Fargʻona va Ohangaron vodiylaridagi «j»lovchi oʻzbek shevalarini oʻz ichiga oladi; oʻgʻuz Lahjasi — Jan. Xorazm (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp va b.) va Turkmanistondagi oʻzbek shevalaridan iborat. Mazkur Lahja larning fonetikasi, grammatikasi va lugʻat tarkibida bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlar mavjud, lekin bu farqlar ularni birbiridan keskin ajratmaydi. Bu L. lar oʻzbek xalqi va tilining paydo boʻlishi va rivojlanishida yetakchi oʻrin egallab, qoz. oʻzbek adabiy tilining shakllanishi va undagi ayrim lisoniy hodisalarning barqarorlashishida ishtirok etgan. Qorluq Lahja sining Toshkent va Fargʻona tip shevalari hoz. oʻzbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. Oʻzbek adabiy tili hozir ham Lahja lardagi eng ifodali, koʻp maʼnoli soʻzlar va iboralar, maqbul grammatik shakllar hisobiga boyib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |