Nazorat savollari 1. "Ishga tushirish" knopkasini bosilganda kontaktor va relelarning ishlash ketma-ketligini bayon eting.
2. Agar "Ishga tushirish" knopkasini L kontaktlari bilan shuntlanmasa, sxema ishlaydimi?
3. L kontaktining tormozlash kontaktori zanjiridagi 21-23 kontaktlarining vazifasi nima?
4. B kontaktori va R4 rubilnigi nima uchun o‘rnatilgan?
5. Elektr dvigatelini to`rtta bosqichda yurgizish uchun boshqarish sxemasiga kanday o`zgartirishlar kiritish kerak?
16-Laboratoriya mashg‘uloti.
Operatsion kuchaytirgich asosida yig`ilgan intertirlamaydigan va intertirlaydigan kuchaytirgich sxemasini o‘rganish.
Ishning maqsadi. Operatsion kuchaytirgich asosida yig‘ilgan intertirlamaydigan va intertirlaydigan kuchaytirgich sxemasini o‘rganish.
Ishning dasturi. 1. Laboratoriya stendi bilan tanishish, elektr dvigatellarining, magnit kuchaytirgichning va tiristorning ko‘rsatkichlari bilan tanishish kerak.
2. 5.1-rasmdagi o`zgarmas tok dvigatelini kontaktsiz boshqarish sxemasini yig‘ish va uni o`qituvchi tekshirib bergandan so`ng, qurilmani ishlatib qurish, undan keyin elektr yuritmasining rostlash xarakteristikasini nuqtalarini olish va uni qurish.
3. 5.2-rasmdagi o`zgarmas tok dvigatelini kontaktsiz boshqarish sxemasini yig‘ish va uni o`qituvchi tekshirib bergandan so`ng, qurilmani ishlatib qurish, undan keyin elektr yuritmasining rostlash xarakteristikasini nuqtalarini olish va uni qurish.
4. Bajarilgan ish bo`yicha xisobot tayyorlash va xulosalar qilish.
Ishga tayyorgarlik ko`rish. 1. Quyidagi nazariy materialni qaytarish kerak: magnit kuchaytirgichni va tiristorni ishlash prinsipi; o`zgarmas va o`zgaruvchan tok dvigatellarini kontaktsiz boshqarish prinsiplari; ikki fazali asinxron dvigatelni magnit kuchaytirgichi orqali kontaktsiz boshqarish va o`zgarmas tok dvigatelini tiristorli ventil uzaytirgich qo`llab kontaktsiz boshqarish.
2. Tajribalar natijalarini va grafiklar qurish uchun koordinat turlarini yozish uchun ishchi daftarida jadvallar tayyorlash.
Ishni bajarish tartibi. Umumiy ma’lumotlar. Hozirgi zamon avtomatlashtirilgan elektr yuritmasi kontaktsiz boshqarish qurilmalarini keng ishlatirilishi bilan xarakterlanadi. Bunday qurilmalarda elektr dvigatelini boshqarish asosiy (ishchi) tok zanjirini o`zmasdan amalga oshiriladi. Ilgari ko‘rib chiqilgan elektr dvigatellarini kontaktli boshqaruvchi sxemalarda dvigatel ishini boshqarish asosiy (ishchi) tok zanjiridagi kuch kontaktlarini yopish yoki ochish bilan amalga oshirilgan. Masalan, asinxron dvigatelning stator cho‘lg‘ami zanjirida yoki o‘zgarmas tok dvigatelining yakor zanjirida kontaktsiz boshqarish qurilmlarining kontakli qurilmalardan afzalligi shundaki, kontaktsiz qurilmalarning ishlash muddati cheklanmagan va eksimuatatsiya jarayonida ularga karab turish shart emas.
Ushbu ishda 2 xil kontaktsiz boshqarish qurilmasi magnit kuchaytirgichi va tiristorli ventilli o`zgartirgich ko`rib chiqiladi.
Magnit kuchaytirgich. Magnit o`tkazgich (o`zak) va cho`lg‘amlardan tuzilgan statik (qo`zg‘olmas) elektromagnit qurilmasi iborat. 5.1-rasmda eng sodda magnit kuchaytirgichning konstruktsiyasi ko`rsatilgan.
Bunda magnit o`tkazgichi sterjenlarida wish ishchi va wb - boshqarish cho`lg‘amlari joylashtirilgan. Agar ishchi cho`lg‘amga ketma-ket gyu yuklamasi ulansa, bu zanjirdagi I1 toki kichik qiymatga ega bo`ladi.
I1 = U1/(zyu + zish) (5.1)
chunki u ishchi chulg‘amning kattaligini qarshiligi bilan cheklanadi.
zish xish = 2f1 · lish (5.2)
bu yerda f - tarmoqdagi tokning chastotasi; lish - ishchi cho`lg‘amining induktivligi.
Po`lat o`zakda o`ramlar soni wish bo`lgandagi induktivlik
Lish = µw2ish S/l (5.3)
Ishchi cho`lg‘amning wish o`ramlar soni, po`lat o`zakning ko`ndalang kesimining yuzasi S va uning uzunligi l doimiy parametrlar bo`lib, magnit kuchaytirgichning konstruktsiyasiga bog‘liq. Magnit utkazgichning magnit o`tkazuvchandan kuchlanganligi N ga bog‘liq (N ortishi bilan magnit o`tkazuvchanligi µ kamayadi).
(
Do'stlaringiz bilan baham: |