Laboratoriya mashg`uloti № 03
Bir fazali transformatorning xarakteristikalar va parametrlarini tadqiq qilish
Ishdan maqsad:
1. Bir fazali transformatorni salt yurish (salt yurish tajribasi) va qisqa tutashuv (qisqa tutashuv tajribasi) metodlari bilan tadqiq qilish
2. Yuklamalarning turlicha tiplarida transformatorning tashqi xarakteristikasini olish
Laboratoriya ishini bajarish natijasida talabada injenerlik izlanishlarini o`tkazish metodiga ko`nikma, faoliyat profili bo`yicha vatan va xorij tajribalaridan ilmiy-texnik axborotlarga ega bo`lish tushunchasi shakllanadi.
Nazariy asoslar
Transformator ─ bu bir xil chastotali o`zgaruvchan tok kuchlanishini boshqa boshqa kuchlanishdagi o`zgaruvchan tokga o`zgartirishga mo`ljallangan statik elektromagnit qurilmadir.
Transformatorlar elektr energiyani uzatish va taqsimlash uchun, turli texnologik maqsadlarda, radioelektron, hisoblash va televizion apparaturalarda, aloqa, avtomatika va telemexanika qurilmalarida va shu kabilarda keng qo`llaniladi.
Funktsional vazifasi bo`yicha transformatorlar turlicha bo`ladi:
─ kuchlanishni pasaytiruvchi,
─ kuchlanishni orttiruvchi,
─ izolyatsiyalovchi,
─ moslashtiruvchi,
─ chiqish transformatorlari va shu kabilar.
Konstruktiv jihatdan transformator odatda ferromagnit materialdan tuzilgan magnitoprovodga o`ralgan umumiy magnit oqimi bilan qamrab olingan bitta chulg`amdan (avtotransformator) yoki bir nechta izolyatsiyalangan chulg`am (g`altaklar)dan tuzilishi mumkin. Bir va uch fazali transformatorlar farqlanadi.
Rasm 2.1 ─ Ikkita chulg`amli transformatorning sxemasi
A ─ X kuch transformatorining tarmoqqa ulanishida (Rasm 2.1) birlamchi tok i1 uning chulg`amlari w1 orqali o`tayotganida o`zakda sinusoidal magnit oqimi Φ-ni qo`zg`aydi.
Φ = Φm·sin(ω·t)
bunda Φm ─ oqim amplitudasi, ω ─ oziqlantiruvchi kuchlanish u1 ning burchak chastotasi.
Birlamchi chulg`amdagi w1 o`ramlar va ikkilamchi chulg`amdagi w2 o`ramlarni kesib o`tib, magnit oqimi ularda EYuKlar hosil qiladi.
bunda ─ dΨ1, dΨ2, mos ravishda birlamchi va ikkilamchi chulg`amlarning oqim ilashuvchanligi.
Bu EYuKlarning ta’sir etuvchi qiymatlari
Ikkilamchi chulg`amdan u2 kuchlanish olinadi, olingan kuchlanish elektr energiyaning iste’molchisi Zyu-ga uzatiladi.
Transformatorning yuklama o`chirilgan hol (Zyu=∞)dagi birlamchi chulg`amidan oqayotgan tok uning salt yurishdagi toki I0 hisoblanadi. Salt yurish tokini birlamchi chulg`am nominal toki I1n-ning foizlarida ifodalaydilar. Salt yurish toki kuch transformatorlarida nominal toki I1n-ning (2…5) %-ini, kam quvvatli transformatorlarda (10…20) %-ini tashkil etadi.
Transformator birlamchi chulg`ami EYuKining ikkilamchi chulg`am EYuKiga nisbati, tegishlicha chulg`amlar o`ramlari sonining nisbatiga teng bo`lib, transformatorning transformatsiya koeffitsiyenti deyiladi.
Transformatorning transformatsiya koeffitsiyenti k-ni, almashuv sxemasining parametrlarini va transformatordagi isroflarni aniqlash uchun salt yurish va qisqa tutashuv tajribalari o`tkaziladi.
Rasm 2.2 ─ Transformatorni salt yurish
rejimida tadqiq qilish sxemasi
Rasm 2.3 ─ Transformatorni qisqa tutashuv
rejimida tadqiq qilish sxemasi
Rasm 2.4 ─ Transformatorning tashqi xarakteristikalari
Laboratoriya ishini bajarish uchun stend yoki maket platasi, qarshiliklar, batareyalar (EYuKlar), LATR, volьtmetrlar, ampermetrlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |