Aim.uz
Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar, kimyoviy moddalar, jihozlar bilan ishlash va ularni saqlash. Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish
1-slayd: 0.5min
2-slayd: 1min
--Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, hamkasblar. Men Turdiyeva Dilfuza Qodirovna Toshkent shahar Yunusobod tumani 288-maktabning kimyo fani o‘qituvchisiman. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kimyo fani eksperimental fan bo‘lganligi sababli bevosita amaliyot bilan bog‘langan.
O‘quvchilarni bilim samaradorligini oshirishda ta’lim sifati monitoring natijalariga ko‘ra aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish hamda dars jarayonining sifatini oshirishda albatta, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining roli katta.
3-slayd: 1min
Ko‘rinib turibdiki,o‘quv darslarini sinf kesimida laboratoriya va amaliy ishlari foizi 25-35% gacha tashkil etmoqda. Bu bilim samaradorligini25-35% gacha oshirishini ko‘rsatmoqda
4-slayd: 1min
Amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining bajarishdagi asosiy talablar belgilangan Davlat ta’lim standarti rejasi asosida o‘tkazish, texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda bajarilishi kerak. Shuningdek, kimyoviy jihozlar va reaktivlardan unumli foydalanishimiz kerak.
5-slayd: 1min
6-slayd: 20 s
O‘z pedagogik faoliyatim va tajriblarimga asoslanib, amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlarining bajarilishda asosiy kamchiliklarimni aniqlab oldim. Ya’ni amaliy va laboratoriya tajribalarini to‘liq bajarmaslik, reaktivlarning yetishmasligi, zamonaviy ta’lim omillaridan foydalanmaslik va kundalik hayotga bog‘liq tajribalar ko‘rsatmaslik.
O‘z faoliyatimda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda olib borgan pedagogik faoliyatim va ishlarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
7-slayd: 1min
Texnik xavfsizlik qoidalarini o‘quvchilarga tushuntirish eng asosiy ishlarimizdan biri. Ammo o‘quvchilarga bu ma’lumotlarni darslik asosida, ketma-ketlikda tushuntirish kam samara bermoqda. O‘quvchilarga ma’lumotlarni (Yuqorida so‘zga chiqqan hamkasbim fikriga asosan) kompetensaviy yondashuv asosida berish samaraliroq. Bunga illustratsimon rasmlar, hayotiy misollar, tajribalarni misol qilish mumkin.
8-slayd: 1min
9-slayd: 1min
7-sinfda 14-laboratoriya ishi , kislota eritmalarini indikatorlarga ta’siri. Bu laboratoriya ishida kimyoviy kislotalardan ko‘ra hayotda, kundalik turmushda ishlatildigan kislotalar bilan ko‘rsatish ancha samarali va o‘quvchilar uchun juda qiziq. Masalan, limon, olma , sirka kislotalar misolida ko‘rsatish mumkin.
8-sinf 1-laboratoriya ishi (9-sinfda 13-labortoriya ishi) bajarishda o‘quvchilar bilan birgalikda jumboqli masalalar berib bajarib ko‘rsatganimizda laboratoriya ishi aniq va samarali bo‘ladi.
10-slayd: 1min
11-slayd: 20s
9-sinf 18-laboratoriya ishi. Cho‘yan va po‘lat namunalari bilan tanishish. Ushbu laboratoriya ishini bajarishda kundalik hayotda ishlatiladigan jihoz na’munalarini tarqatma materiallar sifatida foydalanib o‘quvchilardan cho‘yan va po‘lat mahsulotlari va ularning farqini tushuntirishimiz mumkin.
Ya’ni o‘quvchilar ko‘rib farqini o‘zlari aniqlab o‘rganadilar.
12-slayd: 1min
Chorak davomida o‘tkazilgan amaliy va laboratoriya ishlarining o‘quvchilarning baholari va oddiy darslarda olingan o‘quvchilarning baholaridan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining samaradorligi natijalari kelib chiqdi.
13-slayd: 1min
Amaliy va laboratoriya ishlarida ayrim tajribalar hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Masalan, kaliy permanganatdan kislorodning olinishi, ammiakning olinishi, oltingugurtning yonishi bunday tajribalarni videofilmlar, virtual laboratoriyalar orqali tushuntirish ham yaxshi natija beradi. Ushbu na’munlardan foydalanib, darslaringizni yanada samaraliroq bo‘lishiga tilakdoshman.
14va 15-slaydlardagi videoroliklar
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |