Laboratoriya mashg‘ulotlari


Spirt quvvatini xaydash usuli bo„yicha aniqlash



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet513/731
Sana26.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#156435
1   ...   509   510   511   512   513   514   515   516   ...   731
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua(1)

Spirt quvvatini xaydash usuli bo„yicha aniqlash. 

Agar suyuq ekstrakt 20% gacha bo‗lgan spirtda tayyorlangan bo‗lsa tekshirish uchun 75 

ml, agar 20% dan 50% gacha bo‗lgan spirtda tayyorlangan bo‗lsa 50 ml, agar 50% va undan 

yuqori bo‗lgan spirtda tayyorlangan bo‗lsa 25 ml suyuq ekstrakt xaydash usuli bo‗yicha spirt 

quvvatini aniqlash uchun namuna sifatida olinadi. 

Hajmi  200-250  ml  bo‗lgan  yassi  shaklli  kolbaga  aniq  o‗lchab  olingan  miqdordagi 

frangula suyuq ekstrakti solinib (25 ml), 75 ml bo‗lgunga qadar tozalangan suv solinadi. 

Idishdagi  ekstraktni  bir  me‘yorda  qaynashini  ta‘minlash  maqsadida  unga  chinni  yoki 

shisha bo‗laklari solinadi. Agar ekstrakt qaynaganda ko‗piradigan bo‗lsa, unga 2-3 ml fosfor 

yoki    sulfat  kislota,  2-3  g  kalsiy  xlorid,  parafin  yoki  mum  qo‗shiladi.  Ekstrakt  solingan 

idishning  og‗zi  maxkam  yopilib,  shisha      naylar  yordamida  sovutgich  va  xaydalgan  spirt 



296 

 

yig‗iladigan idish bilan  ulanadi.  Xaydalgan spirt  yig‗iladigan idish sifatida 50 ml li o‗lchov 



kolbasidan  foydalaniladi  va  u  o‗z  navbatida  sovuq  suv  solingan  idishga  botirib  qo‗yiladi. 

So‗ngra   preparat solingan idish toshpaxtali to‗r ustiga qo‗yib qizdiriladi. Bunda preparatdagi 

spirt  va  suv  bug‗i  sovutgichga  o‗tib,  suyuqlikka  aylanadi  va  o‗lchov  kolbasida  48  ml 

bo‗lguncha yig‗iladi. 

Olingan suyuqlikning harorati tekshiriladi, agar kerak bo‗lsa 200S ga etkaziladi  va 50 

ml  ga  etguncha  suv  qo‗shiladi.  Keyin  xaydab  olingan  suyuqlikning  zichligi  piknometr 

yordamida aniqlaniladi.  

Buning  uchun  toza,  quruq  piknometr  0,0002  g  aniqlikda  tortib  olinib,  belgisigacha 

tozalangan suv quyiladi. Qopqog‗i berkitilib, 20 daqiqa 200S li termostatda saqlanadi. So‗ng 

piknometr  termostatdan  olinib,  analitik  tarozida  10  daqiqa  qoldiriladi  va  0,0002  g  aniqlikda 

tortiladi. Keyin piknometrdagi suv to‗kib tashlanadi va spirt-efir aralashmasi bilan chayiladi. 

Piknometrdagi  efir  qoldig‗i  havo  puflash  bilan  yo‗qotiladi.  Quritilgan  piknometr 

tekshirilayotgan  suyuqlik  bilan  belgisigacha  to‗ldiriladi  va  suv  bilan  bajarilgan  jarayon 

takrorlanadi. Zichlik (

20) quyidagi tenglama yordamida xisoblanadi: 



 

Bu erda   

m  - bo‗sh piknometrning massasi, g. 

m1  - suv solingan piknometrning massasi, g. 

m2  - piknometrni suyuqlik bilan massasi, g. 

0,0012   - 760 mm simob ustuniga teng bo‗lgan bosimda, 20oS     haroratdagi havoning 

zichligi. 

0,99703 - 200S haroratdagi xavo zichligi xisobga olingan suvning zichligi. 

Topilgan natija orqali XI  DF ning birinchi  alkogolometrik  jadvali  yordamida spirtning 

hajmiy foizi topiladi. 

So‗ng quyidagi tenglama yordamida preparatdagi spirt miqdori topiladi: 

 

 



bu erda  x  - preparatdagi spirtning hajmiy foiz miqdori

  50- xaydab olingan suyuqlik miqdori, ml. 

   

a  - distillyatdagi spirtning xajmiy  foiz miqdori. 



  v  - tekshirish uchun olingan suyuq ekstrakt miqdori, ml 


Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   509   510   511   512   513   514   515   516   ...   731




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish