Mikrobiologik tozaligi.Tekshirilishlarni DF RB, 2.6.12, 2.6.13, 5.1.4 talablariga mos
ravishda o‗tkaziladi. Kategoriya 2.
1 g dori moddasiga nisbatan aerob bakteriyalar va zamburug‗larning bo‗lishi umumiy
soning 10
2
dan ko‗p bo‗lmasligi, enterobakteriya va boshqa gram musbat bakteriyalarni
umumiy soning 10
1
dan ko‗p bo‗lmasligi, Pseudomonas aeruginosa, Starnlococcus aureus
bo‗lmasligiga ruxsat beriladi.
Dori vositasini tekshiruv mobaynida antimikrob ta‘siriga ega ekanligi aniqlandi.
Antimikrob ta‘sirini yo‗qotish uchun oziqa muhitiga inaktivator – polisorbat 80 R
qo‗shiladi.
Aerob bakteriyalar va zamburug‗larning umumiy sonini 10 g dori moddasini 40 g/l
polisorbat 80 R100 ml bufer eritmasi bilan emulgirlanadi va oziqa muhitini №1 va №2 ga
ekiladi.
Enterobakteriya va boshqa gram musbat bakteriyalarni miqdorini aniqlash uchun: 10 g
dori moddasini 40 g/l polisorbat 80 R bilan 100 ml №11muhitidaemulgirlanadi, 2-5 saot
davomida 30-35°S haroratda inkubirlanadi va 10 ml shu eritmadan oziqa muhitiga №3 ga
solinadi.
Pseudomonas aeruginosa, Starnlococcus aureus aniqlash uchun 10 g dori moddasini 40
g/l polisorbat 80 R bilan 100 ml №8 muhitidaemulgirlanadi.
Qadoqlash.15 g alyumin tubalarga TU 9467-004-32807885-2008 bo‗yicha
qadoqlanadi.
Har bir tubani yo‗riqnoma bilan birga xrom-erzats kartondan yasalgan qutilarga TU
05509659-008-2000 yoki TU 13-0281020-97-90 bo‗yicha joylashtiriladi.
Guruh qadoqni va transport tarani DST 17768-90 bo‗yicha mos kelishi kerak.
Yorliqlash. Tuba va qutida ishlab chiqaruvchi korxona nomi, mahsulot belgisi va
manzili, dori moddasining nomi, halqaro patentlanmagan nomi, dori modda formasi, 1 g dori
vositasining ta‘sir etuvchi moddasining TB tarkibi, fasovka birligining tarkibi, dori
vositasining grammalardagi massasi, saqlash sharoiti, ―Bolalar olaolmaydigan joyda
saqlansin‖, ―Tibbiyot xodim ko‗rsatmasi bo‗yicha qabul qilinsin‖, seriya raqami, yaroqlilik
muddati ko‗rsatiladi.
227
Karton qutilarda qo‗shimcha shtrix kodi, farmakod va grafik bezatishlarning raqami
ko‗rsatiladi.
Guruh etiketkasida ishlab chiqaruvchi korxona nomi, mahsulot belgisi va manzili, dori
moddasining nomi, halqaro patentlanmagan nomi, dori modda formasi, 1 g dori vositasining
ta‘sir etuvchi moddasining TB tarkibi, dori vositasining grammalardagi massasi, saqlash
sharoiti, qadoqlar soni, seriya raqami, yaroqlilik muddati, va grafik bezatishlarning raqami
ko‗rsatiladi.Transport tarani markirovkalash DST 14192-96 bo‗yicha mos bo‗lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |