Qadoqdagi modda miqdori. Qadoqdagi modda miqdori TST 64-492-85 ga asosan
aniqlaniladi. 3 ta tuba yoki banka olinib, ichidagi dori moddasi bilan alohida-alohida 0,01 g
aniqlikda tortiladi. Tubani uzunasiga qaychi bilan kesiladi. So‘ng tuba (banka) ichidagi
modda yaxshilab bo‘shatiladi. Preparat qoldiqlari issiq suv bilan yuvib tozalanadi, namlik esa
filtr qog‘ozi yordamida bartaraf qilinadi. Tuba (banka) yana tortiladi. Qadoq ichidagi modda
miqdori dori vositasining tuba bilan birgalikdagi og‘irligi va tara og‘irligi orasidagi farq
yordamida topiladi.
Iste‘mol tarasi 20 g dan 50 g gacha bo‘lgan qadoq uchun og‘irlikdan farq ±4% ga
teng. Tekshirish natijalari qoniqarsiz bo‘lsa tekshiruv ikki barobar ko‘p miqdordagi
namunada o‘tkaziladi.
228
Do'stlaringiz bilan baham: |