9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga
oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar.
Davlat inspektori:
- xo‗jalik faoliyati sub‘ektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan
tartibda kirish; (O‗zR 10.10.2006 y. O‗RQ-59-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
- xo‗jalik faoliyati sub‘ektidan davlat nazoratini o‗tkazish uchun kerakli hujjatlar va
ma‘lumotlarni olish;
- davlat nazoratini o‗tkazishda xo‗jalik faoliyati sub‘ektining texnika vositalaridan
foydalanish va mutaxassislarni jalb etish;
- standartlashtirish bo‗yicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning
majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari hamda
nusxalarini tanlab olishni o‗tkazish, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va
sinovlarni (tahlillarni, o‗lchovlarni) o‗tkazish xarajatlari tekshirilayotgan xo‗jalik faoliyati
sub‘ektlarining ishlab chiqarish chiqimlariga kiritiladi;
- mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizasiya qilish
(etkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va
chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining
aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‗g‗risida ko‗rsatmalar berish;
- xo‗jalik faoliyati sub‘ekti tekshiruvdan bo‗yin tovlagan taqdirda mahsulotni
realizasiya qilishni man etish huquqiga ega.
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‗lchovlarning yagona birlikda
bo‗lishini ta‘minlash bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni
tekshirish va nazorat qilish hamda o‗lchovlarning yagona birlikda bo‗lishini ta‘minlash
bo‗yicha Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat
inspektorlari bundan tashqari: (O‗zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi),
(Oldingi tahririga qarang)
- standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun xo‗jalik faoliyati sub‘ektlariga
nisbatan jarimalar qo‗llash to‗g‗risida qarorlar qabul qilish;
- standartlar buzilishida aybdor bo‗lgan xo‗jalik faoliyati sub‘ektlarining mansabdor
shaxslarini ma‘muriy javobgarlikka tortish;
12
- tekshirilgan mahsulotni u standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‗lgan
hollarda realizasiya qilishni (‗etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni)
taqiqlash yoki to‗xtatib qo‗yish to‗g‗risida ko‗rsatmalar berish; (O‗zR 26.05.2000 y. 82-II-son
Qonuni tahriridagi xat boshi)
- tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‗lgan hollarda
uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizasiya qilishni (‗etkazib berishni, sotishni),
undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‗xtatib qo‗yish to‗g‗risida ko‗rsatmalar berish.
Davlat inspektorlarining mahsulotni realizasiya qilishni (etkazib berishni, sotishni) man
etish yoki to‗xtatib qo‗yish to‗g‗risidagi ko‗rsatmasini buzganlik uchun xo‗jalik faoliyati
sub‘ektlari O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima
to‗laydilar.
Jarima solish sud tomonidan, xo‗jalik faoliyati sub‘ekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi
aybiga iqror bo‗lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‗lagan taqdirda esa, O‗zbekiston
Respublikasi Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent
shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi. (O‗zR 10.10.2006 y. O‗RQ-59-
son Qonuni tahriridagi qism)
O‗zR 10.10.2006 y. O‗RQ-59-son Qonuniga muvofiq beshinchi va oltinchi qismlar
tegishincha oltinchi va ‗ettinchi qismlar deb hisoblansin
Xo‗jalik faoliyati sub‘ektlari berilgan ko‗rsatmalar va qarorlarni bajarmagan taqdirlarida
davlat inspektorlari zarur materiallarni prokuratura organlariga yoki sudga oshiradilar.
Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim
darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun hujjatlarida
belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |