Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Viruslarning oxirgi suyulish darajasini aniqlash.
Umumiy ma’lumot: Tabiatda har xil o’simliklarning madaniy va yovvoyi turlari tarqalgan bo’lib, ularda ham viruslar unga ixtisoslashishiga qarab yovvoyi tur o’simlik shu virusga sezgir bo’lishi, uning madaniylashgan navlarining joylari bu virusga turg’un bo’lishi mumkin. Bu tur ichidagi har xil navlar virus turi va shtammlariga nisbatan har xil reaksiya bilan javob berishi mumkin. Tabiatda, masalan, arpa o’simligi bir vaqtning o’zida ikki virus bilan arpa chiziqli mozaikasi va yaltirbosh mozaikasi viruslari bilan kasallanishi mumkin. Arpani yoki tamaki kasallantiruvchi arpa chiziqli mozaikasi viusini shu virusini shu o’simlikdagi yaltirbosh mozaikasi virusidan ajratish uchun esa jo’xori o’simligini kasallantirilsa, jo’xori faqat yaltirbosh mozaikasi virusigina ko’payadi.
Ishning maqsadi: Viruslarning oxirgi suyulish darajasini aniqlagich o’simlik- lar yordamida aniqlash.
Kerakli jihozlar: virusli namuna, korund yoki karborund yoki selit, 0,1M fosfor buferi,7,5, 20 ml lik probirkalar110-15 dona, pipetkalar 1,2,5,10 ml ( 3—6 donadan), havoncha, 50 mllik 2ta kolba, voronka, doka, 2 ta eksikator, vazelin, ip (№-!0-) etiketkalar (2x2)sm2, suv(0,5l), xloroform(5ml).
Ishning borishi: Arpa va tamak mozaikasi virusining arpa shtammini (AMV-ASH) oxirgi suyulish mivdorini (OSM) aniqlash uchun shu virus bilan kasallantirilgan o’simlik barglaridan 50-60g 0,05Mfosfat buferi ishtirokida (olingan virusli material vazniga teng miqdorda 1:1 nisbatda bufer olinadi va suyultirilgan vaqtda hisobiga olinishi kerak) havonchada ezib maydalanadi. So’ngra 3-4 qavatli dokadan suziladi va bu virusli suyuqlik sentrifugada 10 minut davomida minutiga 5-6 ming aylanishi tezligida aylantiriladi. Chunki usti suyuqligidan qator probirkalarga 10.
10-210-3 10-410-510-610-7 marta suyultirilgan virus eritmalari tayyorlanadi hamda (Nicotiana glutinosa yoki N. Sylvestris barglarining korund sepilib tayyorlangan o’ng tomoniga 4-5 tomchi tomizilib ohista barmoq bilan surtiladi. Bargining chap tomoniga esa suyultirilmagan o’simlikning shirasi tomiziladi va surtiladi. Har biri suyultirilgan probirkadagi virusli eritma 5-6 bargga yuqtiriladi. Etiketkalar bog’langandan so’ng nam kamera hosil qilingan eksikatorga osib qo’yiladi. Eksikatorga bakteriyalarga qarshi 3-4 tomchi xloroform tomizib qo’yiladi.
Kasallik alomatlari 48-72 soatlardan so’ng paydo bo’lganidan so’ng natijalar hisobga olinadi, ya’ni hosil bo’lgan nekrozlar soni hisolanadi. Nazorat va tajribadan olingan nekrozlar ayrim –ayrim qilib jadvalga tushiriladi, 5-6 bargning o’ng tomonidan olingan nekrozlarining o’rtatasi hisoblanadi.
Natijalarini grafik ravishda tasvirlash uchun ordinata o’qiga nekrozlar soni kontrolga nisbatan foyiz hisobida, absitsaga esa suyulish darajasi ao’yiladi. Olingan natijalar nuqtalari birlashtirilsa suyulish darajasi oshishi bilan, egri chiziq 0 ga intiladi. Olingan natijalaridagi eng oxirgi kasallik alomatlari hosil bo’lgan suyulish miqdori shu virusning oxirgi suyulish darajasi deb hisoblanadi.
Suyulish darajasi har bir virusi identifikatsiya qilishdi ahamiyatga ega bo’lib, ularni qirus turiga va shtammiga qarab har xil bo’ladi.
Har xil shaklli viruslarning oxirgi suyulish miqdori
Virus yoki uning shtammi
|
Oxirgi suyulish miqdori
|
AMV
|
10-6
|
AMV-ASH
|
10-7
|
Juxorining pakana mozaikasi
|
10-3
|
Sholg’om mozaikasi
|
10-3
|
Redis mozaikasi
|
10-3
|
Bodiring mozaikasi
|
103
|
Gulkaram mozaikasi
|
105
|
G’o’za mozaikasi
|
-
|
Adabiyotlar:
1. A.X.Vaxabov, T.X.Rasulova, Ya.F.Nizametdinova, M.I.Mansurova, I.A.Muzafarova. Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma (lotincha).”Universitet” nashriyoti, 2009 yil.
2. Vaxabov A.X. Umumiy virusologiyadan amaliy mashgulotlar. 2004 y.
3. Nazarov O Mikrobiologiya (Ma’ruzalar matni). 2000. y
4. Nazarov, Sh.Samatova “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar” T-2007 y(44-46b)
5. Mustaqimov.G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslaridan amaliy mashg’ulotlar. T. “O’qituvchi”, 1990yil
Do'stlaringiz bilan baham: |