Laboratoriya mashg’uloti №25
Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish metodikasi;.
Ishdan maqsad: mustaqil ta’limda qo’llaniladigan eng muhim metodlari, talabaning mustaqil ishidan maqsad va vazifalari, mustaqil ishlarini tashkil etish o’ziga xos jihatlari , mustaqil ishlash va izlanishning asosiy shakllarini o’zlashtirish.
Tajriba mashg’ulotining tashkiliy tuzilishi va xronometraji
Talabalarning davomati va darsga tayorlanish darajasini
aniqlash - 5 daqiqa
O’qituvchi tomonidan mavzu bo’yicha bajariladigan
ishlarni tushuntirish - 10 daqiqa
Mashg’ulotda talabalarning mustaqil shug’ullanishi - 20 daqiqa
Bajarilgan amaliy ishlarining natijalarining nazorati - dars davomida
Mazkur mavzu bo’yicha talabalarning o’zlashtirish
darajasini yakuniy nazoratdan o’tkazish - 40 daqiqa
Keyingi tajriba mashg’uloti uchun uyga vazifa - 5 daqiqa
Mustaqil tayyorlash uchun savollar
O’quv jarayonida mustaqil ishlarning tutgan o’rni qanday?
Nima sababdan mustaqil ta'limga alohida e'tibor qaratilayapti?
Mustaqil ta'limning asosiy maqsadi nima? U qanday vazifalarni bajaradi?
Talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning qanday asosiy prinsiplarini bilasiz?
1 - ilova
Kеys 1. Talabalarni kitob ustida ishlashlarini faollashtirish «muallifdan so’rang» metodi o’rganib, uning bosqichlarini izoxlang.
Kеys yеchimi uchun taklif etilgan g’oyalar taqdimoti uchun chizma namunasi
Muammo (asosiy va kichik muammolar)
|
Yеchim
|
Natija
|
|
|
|
Kеys 2. Kеysdagi muammoni, ya'ni farmakognoziya fanidan “ _____________________” va “ _____________________________” mavzular bo’yicha kurs ishini bajarish bo’yicha kеltirib chiqargan asosiy sabablar va hal etish yo’llarini jadval asosida izohlang (individual va kichik guruhda).
Muammo turi
|
Kеlib chiqish sabablari
|
Hal etish yo’llari
|
|
|
|
Kеysni bajarish bo’yicha topshiriqlar:
1. Kеys mohiyatini yеtarlicha anglab oling.
2. Manbalar asosida muammoning yyеchimini toping.
3.Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko’proq daxldor
bo’lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.
4. Ana shu omillar asosida yеchimni asoslashga harakat qiling.
5. Yеchimni bayon eting.
2-ilova
«Bumеrang» trеningi
Talabalar kichik guruhlarga bo’linadi va vazifa yozilgan matеrial tarqatiladi. Har bitta guruh o’z fikrini bayon qiladi va guruhlar orasida savol-javob o’tkaziladi.
1 - guruh vazifasi
Mustaqil ishlarini tashkil etish o’ziga xos jihatlari
Kurs ishidan maqsad nima?
2 - guruh vazifasi
Talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning tamoyillari sanab o’ting. Mustaqil ishlash va izlanishning asosiy shakllari
3- guruh vazifasi
Mustaqil ishlarni individual - didaktik maqsadlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan ham necha guruhga ajratish mumkin?
Bosqich ishlarini bajarishning ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |