Ishning maqsadi: Kimyoviy reaksiyada haroratning muvozanatga ta’sirini o‘rganish. Kraxmalga yod ta'sir ettirganda, kо'k rangli, murakkab tarkibli barqaror modda hosil bo‘ladi. Bu issiqlik ajralishi bilan boradigan ekzotermik reaksiyadir. Sistemaning muvozanatini shartli ravishda quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
kraxmal + yod = rangli modda + Q
Kerakli asbob va reaktivlar: stakan, yod, shisha tayoqcha, mikroshpatel, distillangan suv, katta probirka, spirt lampasi, shtativ.
Ishning borishi: Ikkita probirkaning har biriga 2 - 3 ml dan kraxmal eritrnasi ustiga 2 -3 ml dan yodli suv qo‘shing. Ko‘k rang paydo bo‘lishiga ahamiyat bering. Probirkaning birini qizdiring, qizdirilganda eritma ranging o‘zgarishini yoki butunlay yuqolishini Le-Shatele printsipi asosida tushuntiring.
Mavzu yuzasidan savol va masalalar.
1.Kimyoviy kinetika nima?
2.Moddalar konsentratsiyasini kimyoviy muvozanatga ta’sirini tushuntiring?
3.Reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillarni tushintiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |